Mavzu: kasbiy nutqning qo’llanilish sohalari


Download 218.18 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi218.18 Kb.
#1213628
Bog'liq
Mavzu kasbiy nutqning qo’llanilish sohalari





MUSTAQIL ISH

MAVZU: KASBIY NUTQNING QO’LLANILISH SOHALARI

BAJARUVCHI: _______________
TEKSHIRDI: _______________

Inson nutq yordamida o‘zining fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini anglab oladi. Inson nutqi rangbarang. Do‘stlarning suhbati ham, so‘zlayotgan kishining chaqirishi ham, san’atkorning sahnadagi monologi ham, o‘quvchining sinfdagi javobi ham nutqning bir ko‘rinishidir.


Sharoitga qarab nutq turli xilda namoyon bo‘ladi. U ba’zan istak-tilak, ba’zan chaqiriq- murojaat, ba’zan esa inson quvonchi yoki ruhiy iztirobi shaklida ifodalanadi.

Inson faoliyatida bоrligini bilish vа fikr аlmаshish vоsitаsi vаzifаsini bаjаrаdi. Til vоstitаsidа insоniyat tоmоnidаn jаmg’аrilgаn bilimlаr nаinki qayd etilаdi vа sаqlаnаdi, bаlki аvlоddаn аvlоdgа hаm yеtkаzilаdi. Til millаt ruhining ko’zgusidir. Til nutqni fаrqlаsh lоzim. Til so’zlаsh vоsitаsi, yangi nutq sifаtidа nаmоyоn bo’lgаndаginа ma’lum vаzifаni bаjаrаdi. Nutq til mаtеriаllаri, unsurlаridаn tuzilаdi vа nutqiy fаоliyat nаtijаsidа nutq yuzаgа kеlаdi. Dеmаk, til mаtеriаllаri nutq fаоliyati uchun хizmаt qilаdi. Til bilаn nutqni qiyоslаsh оrqаli ulаrning quyidagi o’zigа хоs хususiyatlаrini аjrаtish mumkin:



  1. Til aloqa mаtеriаli bo’lsа, nutq аlоhidа shаklidir.

  2. Tilni xalq, millаt yarаtаdi, nutqni esа hаr bir shахs yarаtаdi.

  3. Til nisbаtаn turg’un, bаrqаrоr bo’lsа, nutq dоimо hаrаkаtdа bo’lib, o’zgаruvchаn hоdisа sаnаlаdi.

  4. . Tilning hаjmi nоаniq, nutqning hаjmi esа аniq. U diаlоg, mоnоlоg, mаtn shаklidа bo’lishi mumkin.

Nutq gаplаr оrqаli bildirilgаn fikrdir. Nutq аlоhidа-аlоhidа (o’zаrо mаzmunаn bоg’lаnmаgаn) gаplаrdаn hаm o’zаrо mаzmunаn mumkin. bоg’lаngаn gаplаrdаn hаm tuzilgаn bo’lishi Nutq оg’zаki vа yоzmа shаkldа bo’lаdi. Mаtn nutqning yоzmа shаklidir. Mаtn, odаtdа, mаzmun jihаtidаn o’zаrо bоg’lаngаn gаplаrdаn tuzilаdi. Mаtnni qismlаrgа bo’lish, ungа sаrlаvhа tоpish, rеjа tuzish mumkin.
Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’ringa ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.
Og’zaki nutq tabiatan so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag’al bo’ladi. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir. Og’zaki so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo-ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi. Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, diolog, polilog ko’rinishida amalga oshadi. Monolog – so’zlovchining o’ziga yoki tinglovchiga qaratilgannutqidir. Monolog nutqda so’zlovchi o’ziga ma`lum bo’lgan voqea – hodisalar, o’z ichki kechinmalari haqida ma`lumot beradi.

Nutq to‘g‘ri, aniq va yoqimli bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin emas. nutqidir. Monolog nutqda so’zlovchi o’ziga ma`lum bo’lgan voqea – hodisalar, o’z ichki kechinmalari haqida ma`lumot beradi. Anglashiladiki, til me’yorini belgilash l muammolarini qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. Tadqiqotchilarning aytishicha rasmiy muomalada tildan foydalanish tilning me’yorlashuvini, adabiy tilning shakllanishini tezlashtirgan. Davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va me’yorlashuviga ta’siri katta. Tilning me’yorlashuviga ta’sir qiluvchi omillar : Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy bo’lgan bir qolipga keltirish tilshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi. Me’yor masalalari shu sohaning o’rganish obyekti bo’lib qoladi. Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham aloohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ularyangi so’z va iboralar yaratadilar. Bu tilning boyishi va me’yorllashuviga sabab bo’ladi.



Download 218.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling