Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti. Reja
Download 5,51 Kb.
|
Mavzu Kasbiy psixologiya fanining predmeti-azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy psixologiya fani o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan
- Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i.
- 3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;
- 5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya‘ni shaxsning deformasiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti.REJA:1)Kasbiy psixologiya fanining maqsad va vazifalari.2)Kasbiy psixologiya fanining predmeti.3)Kasbiy psixologiya fanining sub'ekti va ob‘ekti.Kasbiy psixologiya fanini o‘rganish davomida mutaxassislar mehnat jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning psixologik mexanizmlarini anglash bilan birga umuman olganda shaxslararo munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o‘rganishga erishadilar.Kasbiy psixologiya fanining maqsad va vazifalari. Kasbiy psixologiya fani o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilanqurollantirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishi lozim.Buning uchun kasblarga doir qo‘llanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlashlozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik,ziddiyat, to‘siqlarni oldini olgan holda o‘quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbgayo‘llash imkoniga ega.Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvular zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish. Fanning vazifalari: Talabalarini ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish: Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liklikni asoslash; Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish; Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalarini; Kasb psixologiyasi o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba: -kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak; Kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash, hamda kasbga yo‘naltirishga doir malakalariga ega bo‘lishi shakllantiriladi. Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi.Kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin. Kasb psixologiyasining ob‘ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega. Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i.E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub‘ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir.Kasb psixologiyasining predmetining ta‘rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash; 2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish; 3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya‘ni shaxsning deformasiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestasiyadan o‘tkazish; 7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash; 8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma‘lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitasiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. http://azkurs.org Download 5,51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling