Mavzu: Kasbiy sohalar bo’yicha web sayt yaratish Reja: Kirish I. Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari
Tizim ishlab chiqaruvchilarga ko`ra sinflash
Download 103.45 Kb.
|
Mavzu Kasbiy sohalar bo’yicha web sayt yaratish Reja Kirish I.
Tizim ishlab chiqaruvchilarga ko`ra sinflash .
Tizim ishlab chiqarishi muallif hamda dastur ishlashini nazorat qilib turuvchi hisoblanadi. Ishlab chiqarish sifatida o`zining g`oyaviy liderlariga ega ochiq hamjamiyat hamda mutahassislarni o`zida jamlagan tijoriy tashkilotlar kiradi. Qulaylik uchun 1-gruppaga hamjamiyat loyihalarini, 2-gruppaga tashkilotlar loyihalarini kiritamiz. Kimning mahsulotlari yaxshiroq ekanligini aniqlash uchun yangi CMS larning paydo bo`lishi senariysini qarab chiqamiz. 1-gruppa boshqaruv tizimlaridan boshlaymiz. Jahonda ko`plab erkin proffessional (yuqori malakali dasturchilar, dizaynerlar va boshqalar) mavjud. Ular mustaqil ravishda buyurtmalar qidirib topadi va vositalarchisiz ishlashadi. Ular o`z amaliyotida turli yechimlarini qo`llashga to`g`ri keladi. Vaqt o`tishi bilan ular mavjud yechimlar bir qator kamchiliklarga (cheklangan funksionallik, yopiqlik va boshqalar) ega ekanlini tushuniladi yoki yangi texnologiyalar muhitida noloyiq ekanligini bilgandan so`ng undan yangi va ko`p imkoniyatga ega yechimlarni qurishga imkon beradi. O`ylangan fikrni amalga oshigandan so`ng, undanda istiqbolliroq “yechim” dunyoga keladi shundan so`ng muallif barcha qilingan ishlarni ommabop qilishga intiladi va bu natijada loyiha ochiladi. Bu narsa yaqin vaqtlar ichida loyihaning davom ettiruvchilari paydo bo`lishiga olib keladi-hamjamiyat tashkilot bo`ladi. Hamjamiyatning kuchli quvvatlovi hisobiga bundan keyigi “yechim” rivojlanib boradi. Natijada bir necha yildan so`ng paydo bo`lgan to`liq tayyor bir tekis ishlovchi dasturiy “yechim” tijoriy mahsulotlarni siqib chiqara boshlaydi, yangi loyihaning o`zi esa hamjamiyat mulkiga aylanadi. 2-gruppaga kiruvchi tijoriy sinfi veb studiyalar va yirik jamlovchilar tomonidan yaratiladi. Ta`kidlash kerakki veb-studiyalar turli tipda bo`ladi. Ikki-uch kishidan iborat jamoa ham, katta tashkilotlar ham veb-studiyani tashkil qilishi mumkin. Tijoriy CMS lar 1999-2003 yillar oralig`ida paydo bo`lgan. Shu vaqtlardan bo`shlab dastlabki yillarda xususan boshqaruv tizimlarini yaratish veb-studiyalar paydo bo`ldi. Zamonaviy CMS tizim qo`shimcha dasturlashtirishga murojaat qilmasdan: sahifa mazmunini tahrirlash, grafikni qo`shish o`chirish; yangi sahifalarni qo`shish; sayt strukturasini va boshqa turli meta ma`lumotlarni o`zgartirish; ro`yxatdan o`tkazish formalarini sozlash; so`rovlar, ovoz berishlari, forumlarini boshqarish; tashrif buyuruvchilar statistikasini chiqarish; foydalanuvchilar o`rtasida saytni boshqarish huquqlarini taqsimlash imkoniyatini berishi zarur[5]. “Joomla!” asosiy xususiyatlaridan biri sayt tayyorlashda cheksiz ommaviy imkoniyatlar va moslashuvchanlikda nisbatan boshqaruvning soddaligi hisoblanadi. Joomla! MBT keng tarqalgan Mambo CMS uning bir tarmog`i hisoblanadi. Download 103.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling