Mavzu: Kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirishning asosiy tushunchasi sifatida
Download 0.83 Mb.
|
Mohinur PSIXOLOG MUTAXASSISLIGIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umuman olganda, kasb tushunchasi quyidagilar bilan tavsiflanadi
- Y.B.Gippenreyter bo`yicha ommaviy va ilmiy psixologiyaning farqlari
Psixolog- ilohiy kuch egasidir!
Psixolog- insonlar uchun ularning muammolarini hal qilib beradi! Psixolog insonlarni kim ekanligini oldindan aytib beradi! Psixologning o’z muammolari bo’lishi mumkin emas! Psixolog xizmati psixik nosog`lom insonlar uchun ko’rsatiladi! Psixologlar har qanday vaqtda, har qanday insonga o’z yordamini ayamaydigan mehribon insonlardir! Kasb –bu E.A.Klimovning fikricha, “kasb fenomenining negizida umumiy va ijtimoiy psixologiyaning predmeti yashiringan”. Tabiiyki, kasb madaniy-tarixiy rivojlanish negizida o’zgarib boradi. S.M.Bogoslovskiyning fikricha, shunday faoliyatki, shaxs u orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etadi va uning uchun moddiy manba vazifasini bajaradi va kasb orqali shaxs o’zini o’zi namoyon etadi. E.A.Klimov “kasb” ning turli jihatlarini ko’rib chiqadi Кasb insonlarni birlashtiruvchi omildir, ya`ni bir xil muammo va bir xil hayot tarzini olib boruvchi Kasb psixologning kasb faoliyatida ob`ekt va predmetni ajratib olish bilan bog`liq kuch sohasidir Кasb shaxsning o’zligini namoyon qiluvchi sohasidir Kasb tarixiy rivojlanuvchi tizim Кasb reallik sifatida sub`ekt mehnatida ijodiy shakllanadi Umuman olganda, kasb tushunchasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:BU - MEHNATNING ALOHIDA TURI BO’LIB, PSIXOLOGDAN QATOR MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIK QILISHINI TALAB ETADI BU - DOIMIY TAYYORGARLIKNI TALAB ETUVCHI MEHNAT BU - BAJARILGAN ISHGA RAG`BAT TALAB ETUVCHI MEHNAT BU - IJTIMOIY FOYDALI MEHNAT BU - SHAXSGA JAMIYATDA MUAYYAN MAVQE BERUVCHI MEHNAT Y.B.Gippenreyter bo`yicha ommaviy va ilmiy psixologiyaning farqlariОmmaviy psixologiya muayyan hayotiy vaziyatga bog`liq, ilmiy psixologiya esa inson hayoti va faoliyatining umumiy qonuniyatlari asosida aniqlangan umumiy bilimlar tizimidir. Ommaviy bilimlar intuitiv xarakterga ega, ilmiy psixologiya esa, psixologik hodisani aqliy izohlashga intiladi, aniqrog`i voqelikni chuqur tushuntiradi va prognozlaydi. Ommaviy bilimlarning muqobil variantlari kam, ilmiy bilimlar esa muayyan tajribaga tayanadi. Ommaviy psixologiyada kuzatish, mushohada, hayotiy tajriba asosida bilimlar to’planadi. Ilmiy psixologiyada esa yangi bilimlar, tasavvur va ilmiy tafakkur, aniq eksperiment natijasidir. Ilmiy psixologiya keng qamrovli, ishonchli va rang-barang faktlarga, ma`lumotlarga asoslanadi. Ilmiy bilimlarning umumiy tavsifnomasi - uning tizimliligi, tartibliligi, ilmiyligi. 1) Inson faoliyati sohalarida ijtimoiy tan olingan “psixolog” degan tushunchaning mavjudligi - xoh u ilmiy soha bo’lsin, xoh amaliy soha. Ushbu soha o’zining predmeti , metodlariga ega bo’lishi, falsafa, tibbiyot, pedagogika fiziologiya bilan bog`liq bo’lishi darkor. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling