Mavzu. Kashta turlari


Kashta tikish asboblari va moslamalari


Download 137.5 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1499953
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KASHTA TURLARI

Kashta tikish asboblari va moslamalari.
Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr, o’tkir uchli dukcha, kergi; bundan tashqari, millimetrlangan qog’oz, kalka, kopirovka qog’ozi.
Kashta tikish uchun chо‘zinchoqroq kо‘zli kalta (1- va 2-nomerli kashta tikadigan hamda turlanadigan) ignalar tanlangani ma’qul. Ignaning kо‘zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish shuningdek, vladimiricha chokli kashtalarni tikishda ishlatiladi. Bu ignalar ipni sanash va ajratib olish uchun juda qulay.
Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun sotuvdagi ignalar komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin. Uni bir qatim ipak yoki ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi. Ipakni ikki qavat qilib, xosil bo’lgan petlya ichiga jun ip bilan birga tortib olinadi.
Zich va yupka (markizet, polotno, shoyi, batis) gazlamaga kashta tikishda, kо‘zi kichkina ingichka igna kerak buladi. Yugon igna sanchilgan joylarda teshik koladi., katta kо‘zda esa ingichka ipni yaxshi tutib bulmaydi.
Buyumlarni biriktirib ko’klash uchun 1- va 3-nomerli ignalar ishlatish qulayroq.
Kashtani kergisiz tikishda, bir necha qavat gazlamaga igna sanchishda, buyumlar chetini buklab tikish va xokazolarda ignani gazlamadan o’tkazish uchun angishvona kerak bo’ladi. U barmoqni igna qirishidan saqlaydi. Angishvona o’ng qo’lning o’rta barmog’iga taqiladi, uning barmoqning yug’onligiga qarab tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qolmasligi kerak.
Ishlash uchun uch xil: uchni ingichka kichkina qaychi – kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi – gazlama va kalava iplarni kirkish uchun.
Qaychilar yaxshi charxlangan, tig’larining uchi to’la yopiladigan bo’lishi kerak.
Santimetrli lenta tikish ishlarida buyum o’lchamlarini aniqlash, gazlamaga bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi.
Uchli dukcha (suyakdan, yog’ochdan yoki plastmassadan) oq tekis chokli kashta tikishda teshikchalar xosil qilish uchun ishlatiladi. Dukchaning diametri taxminan 5 mm, uzunligi 6-8 sm bo’lishi lozim.
Kergilar gazlamani tarang tortib turish va deformatsiyalanishdan saqlash uchun ishlatiladi. Kergilar to’g’ri burchakli yoki doira shaklida bo’ladi. Doira shaklidagi yog’och kergi juda qulay. Kergilar diametri 20 – 40 sm li ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir-birining ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak, u juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa, atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin.
Kashta tikiladigan gazlamani keragiga tortishda uni kichik gardish ustiga qo’yib, iplarini qiyshaytirmaydigan qilib to’g’irlanadi. Katta gardishni uning ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi. Kergiga tortilayotgan yupka gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi kergining diametridan kichikroq doira qilib uyilgan boshqa gazlama qo’yiladi.
Kergilar stolga maxkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin.
Millimetrli kog’oz naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tо‘zishda kerak bo’ladi.
Kashta gulni gazlamaga kuchirishga tayyorlashda kalka ishlatiladi. Naqsh avval originaldan kalkaga ko’chiriladi, keyin kalkadan gazlamaga ko’chiriladi.
Kashta gulini gazlamaga ko’chirish uchun kopirka qog’ozi ishlatiladi.

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling