Mavzu. Kashta turlari


Download 137.5 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1499953
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KASHTA TURLARI

Gazlama va ip tanlash.
Kashta tikish uchun gazlama bilan ip buyumning nimaga mo’ljallanganligiga, bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Masalan, vladimiricha choklar bilan sochikka kashta tikish uchun zich gazlama, masalan, lavsanli zig’ir tola gazlama bilan bir necha qavat xar xil rangli iplar kerak, blо‘zkani oq tekis chok bilan tikish uchun esa, yupkaroq gazlama (markizet, chit va x. k.) bilan 1 – 2 qavat bir xil rangli mo’line ip kerak.
Iplarni sanab tikiladigan kashta uchun polotno usulida tukilgan gazlamalar: zig’ir va yarim zig’ir tolali (okartirilmagan, oq va rangli), markizet, rogojok, shtapel va shoyi polotno, siyrak (pishitilgan zigir tola ipdan siyrak tukilgan) gazlama olinadi.
Polotno usulida tukilgan gazlamalarining asos (polotnoning buyiga yunalgan) iplari bir ip oralab chalishadi, shuning uchun asos ipi bir gal arqoq ipining ustidan; bir gal uning tagidan o’tadi. Polotno usuli eng oddiy tikish usulidir. Iplari shunday usulda tukilgan gazlamalar pishik, kam chо‘ziladigan va kam kirishadigan o’ngi va teskarisi bir xil bo’ladi.
Baxyasimon chokli kashta tikish uchun asos va arqoq iplarning yug’onligi bir xil gazlama kerak. Iplarnineg yug’onligi bir xil bo’lmasa, ish qiyinlashadi, chunki asos va arqoq iplarini sug’urib olishda sanaladigan iplar soni xar xil bo’ladi. Bunday kashtani tikishda gazlamaning asosiy ip tola, arkogi zigir tola bo’lgan yarim zig’ir tolali polotno ishlatib bo’lmaydi.
Chizilgan kontur bo’ylab tikiladigan kashtalar uchun zig’ir tolali gazlamalar xam, shoyi xam, movut, yul-yul yoki katak gazlamalar xam, shuningdek, bo’rtgan yuli yoki katagi kashtaning guli va strukturasiga о‘zviy mos kelsa, yirik strukturali gazlama xam to’gri kelaveradi.
Kashta tikish uchun merserlangan (yaltillatish, mayin kilish uchun kuyuk ishkor eritmasida ishlov berilgan) zig’ir va oddiy ip va turli rangdagi leningrad mulinesi ishlatiladi. Leningrad muline ipning buyog’i chidamli, jilvali va pishiqligi yetarli darajada bo’ladi. Shuningdek, jun, shtapel, ipak, sintetik (kashmilon, lavsan, kapron) iplar, ola-bula pishik ip, ip va jun garus xam yaraydi. Tayyorlov ishlari uchun (asosiy polotnoga gazlama parsachini kuklash), buyum chetlarini buklab tikish, rangli oddiy 40-, 50-, 60- nomerli galtak ipi, ok tekis chokning tortimlarini tikish uchun esa 80- nomerli ip ishlatiladi. Iplar pishik, bir tekis buyalgan, yoruglik va suvga chidamli bulishi kerak. Ipning pishikligi kul bilan tortib tekshiriladi: yaxshi ip darrov о‘zilmay chо‘zilish lozim. Ip buyogining chidamliligini tekshirish uchun ipni kuyoshga kuyib kuriladi: bunda ip okarmasligi kerak.
Muline ip kalavasini ochib, tuguncha bir joyidan kirkiladi. Kalavada 14 ta livit, xar livitda 6 tadan ingichka ip buladi. Kashtadagi iplarning rangini moslab tanlash uchun ip namunalari uralgan kartonchalar yasab olish tavsiya etiladi. Buning uchun о‘zunligi 15-20 sm, 4 sm karton tasmachalari kirkib olinadi. Tasmachaning о‘zun tomoni buylab xar 1 sm oralikda nuktalar kuyib chikiladi. Kaychi bilan karton xar ikki santimetrida oldin bir tomonida, keyin ikkinchi tomonida yarim aylana yoki uchburchak shakli kirkib chikiladi. Kirkilgan joylar bir-biriga rupara bulishi kerak. Kalavadan bitta livitni adratib olib, kartonning kirkilgan joyiga urab kuyiladi. Bitta karton tasmachaga bir necha tusdagi ipni och rangidan tuk rangiga uta boradigan kilib joylashtiriladi.
Xar xil rangli iplarni sochdek kilib urish yaramaydi. Bunda bir xil rangdagi ip ikkinchi ip rangi bilan korishib ketadi-da, boshka tusga kirib, tanlab olishni kiyinlashtiradi.

Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling