Mavzu: Kassa va kassa muomilalari auditi
Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Download 90.6 Kb.
|
Kassa va kassa muomilalari auditi
4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin. Xojalik subyektlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining qarori4 bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy valutadagi turlarini ochishi mumkin. Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va depozit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan: a) schyot ochish to`g`risida ariza; b) davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha. 2) tadbirkorlik subyekti bo`lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjet tashkilotlari tomonidan: a) schyot ochish to`g`risida ariza; b) soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha. 3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan: a) schyot ochish to`g`risida ariza; b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha; 4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan: a) schyot ochish to`g`risida ariza; b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi. Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi. Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to`lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar qabul qilinishi mumkin: - AQSh dollari; - Ingliz funt sterlingi; - YEVRO; - Shveytsariya franki; - Yapon ienasi. «Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil 16 -noyabrda 1085-son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi. Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi (AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks ettiriladi»5 Bankdagi valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni tekshirish mobaynida auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (9.2-jadval). 9.2-jadval Valuta schyoti bo`yicha muomalalarni tekshirishdagi auditorlik muolajalari Valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha amalga oshiriladi. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy bankda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo`yicha ochilgan schyoti bo`lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo`la olmaydi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo`lishi lozim. Audit jarayonida, rezident bo`lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valuta tushumi qabul qilinishining to`liqligi va to`g`piligini tekshirishda, auditor vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo`yicha quyidagilarni aniqlashi kerak: - tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima to`lash yoki zararlarni qoplash, ya'ni o`zaro talablarni hisobga olish to`g`risidagi talablarni; - eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish mobaynida ham o`zaro qarz surishish hollariga yo`l qo`yilmaganligi; - O`zbekiston Respublikasiga o`tkazilishi lozim bo`lgan va xorijdagi rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o`tgan tushumdan to`lovlar amalga oshirilmaganligini. Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini tekshirish muhim masala hisoblanadi. Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish, xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshiradilar, xorijga xizmat safarlari bo’yicha sarflarni to’laydilar va O’zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish tartibi va ular bo’yicha muomalalarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar bo’yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari turlari: AQSh dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo’yicha ko’rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valyuta schyotlariga ega bo’lishlari mumkin: - tranzit valyuta schyoti - eksportdan olingan valyuta tushumini to’liq hajmda hisobga olish uchun mo’ljallangan; - maxsus tranzit valyuta schyoti - O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida chet el valyutasini so’mga sotib olish va uni yana sotishga doir muomalalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan; Joriy valyuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir qismini majburiy sotganidan so’ng uning ixtiyorida qoladigan mablag’larni va valyuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muomalalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan xorijdagi valyuta schyoti O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvofiq xorijda vakolatxonalariga ega tashkilotlar uchun ochiladi. Bankdagi valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni tekshirish chog’ida auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim: - joriy valyuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi; - valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo’lgan, vakolatli banklar orqali valyuta muomalalarini amalga oshirish; - vakolatli banklarda ayrim valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va litsenziyalarning mavjudligi; - yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo’lgan, legal kelib chiqishga ega valyuta mablag’lari chegarasida chet el valyutasidagi hisobkitoblarni amalga oshirish; - 5210-«Mamlakatimizdagi valyuta schyotlari» schyoti bo’yicha ochilgan «Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga doir muomalalar hisobi. Valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O’zbekiston korxonasining xorijiy bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la olmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi lozim. Rezident bo’lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi qabul qilinishining to’liqligi va to’g’riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi ularning valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak: - tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni hisobga olish to’g’risidagi talablarni; - eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog’ida ham o’zaro qarz surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi; - O’zbekiston Respublikasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan va xorijdagi rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o’tgan tushumdan to’lovlar amalga oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o’tkazish amalga oshirilgunga qadar faqat ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bog’liq bo’lgan bank komissiyalari va chiqimlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin. Valyuta tushumining to’liq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davomida tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi. Valyuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chog’ida valyuta sotish va sotib olishga doir muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki korxonalar buxgalterlari ko’p hollarda hisobga olish uslubiyotida ham, kurs farqlarini hisob-kitob qilishda ham valyutani so’mga hisoblab o’tkazishda ko’plab xatolarga yo’l qo’yadilar. Valyuta qonunchiligiga muvofiq valyuta sotish quyidagicha turkumlanishi mumkin: 1. Majburiy sotish; 2. Qaytarib sotish; 3. Erkin (ixtiyoriy) sotish. Valyutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intellektual faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valyuta schyotiga kirim qilingan valyuta tushumlarini, hamda bo’naklar va oldin to’lovlar sifatida olingan kirimlarni o’z ichiga oladi. Valyutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan va maxsus tranzit schyotga qabul qilingan valyutalarni sotishni o’z ichiga oladi. Bu agar sotib olingan valyuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident tomonidan xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun ishlatilmagan valyutalar maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo’yicha belgilangan muddatlarda hisobdan o’chirilmagan hollarda. Valyutani ixtiyoriy sotish valyuta tushumining majburiy sotiladigan summasidan oshgan summasini va joriy valyuta schyotidan valyuta sotishni o’z ichiga oladi. Valyutani majburiy va qaytarib sotish chog’ida qonunchilikda belgilangan, sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi. Valyutani sotishga doir muomalalarni tekshirishni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin. 1. Sotish turini aniqlash: tranzit valyuta schyotidan majburiy sotish; maxsus tranzit schyotidan qaytarib sotish; ixtiyoriy sotish. 2. Tranzit valyuta schyotiga tushgan tushum majburiy sotiladimi? 3. Majburiy sotish hajmini aniqlashning to’g’riligini tekshirish: valyuta tushumining 75%. valyuta tushumining 50%. 4. Eksportdan olingan valyuta tushumini sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish 5. Majburiy sotiladigan eksport daromadini hisob-kitob qiladigan bazani aniqlashni tekshirish 6. Maxsus tranzit valyuta schyotidan valyutani qaytarib sotish uchun zarur shartsharoitlar mavjudligini tekshirish 7. Valyutani qaytarib sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish. 8. Korxona o’zining maxsus tranzit valyuta schyotidan boshqa valyuta schyotlariga valyutani o’tkazganligi 9. Valyutani sotishga doir muomalalarning hujjatlashtirilishini tekshirish Valyuta muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tekshirish: 1. Korxonada valyuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schetini qo’llash. 2. Valyuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo’yicha bankka to’lanadigan komission to’lovni 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotining debetiga olib borishni tekshirish. 3. Valyutani majburiy sotish bo’yicha bankka to’lanadigan komission to’lovning tannarxga qo’shilishi. 4. Valyuta muomalasi bo’yicha zarar ko’rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog’ida moliyaviy natija tuzatilganligi. 5. Valyuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo’yicha chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazish sanasini belgilashning to’g’riligini tekshirish 6. Chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan valyuta kurslarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish 7. Valyuta sotishni aks ettirishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi (korrespondentsiyasi) to’g’riligini tekshirish. Xulosa Xozirgi kunda audit tashkilotlari tоmоnidan tekshirilayotgan, aniqlayotgan taklif qilayotgan (ish va xizmat)lar shakllanishini tо‘g‘ri tashkil etish va ularning axloq qoidalariga to’gri kelishi bugungi kunning dalzarb vazifalaridan biriga aylandi. Tahkilotlarning maqsadi mustaqil uchinchi shaxs tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotlarini to’gri tekshirishdan iborat. Ushbu ekspertiza bayonotlarni ob'ektiv baholash bo'lib, hisobotlar adolatli va amaldagi buxgalteriya hisobi tizimiga (masalan, GAAP yoki UFRS kabi) muvofiq taqdim etilganligi to'g'risida auditorlik xulosasini beradi. Ushbu fikr kreditorlar, kreditorlar va investorlar kabi foydalanuvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu fikrga asoslanib, moliyaviy hisobot foydalanuvchilari biznesni kredit va moliyalashtirish bilan ta'minlash ehtimoli ko'proq bo'ladi, bu esa, ehtimol, korxona uchun kapital qiymatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Yuqоridagilardan kelib chiqib, shuni aytish muminki, Biznes operatsiyalarida shaffoflikka erishish va javobgarlikni oshirish ,har bir tranzaksiya uchun audit natijalarigaega bo'lish amaliyotini ishlab chiqish va biznes qanday ishlashi va natijalarni berishi haqida mustaqil va adolatli fikrga ega bo'lishdir. Bundan tashqari moliyaviy hisobotning sifat darajasini aniqlash operatsiyalari bo'yicha 360 rejimida fikr-mulohazalarga ega bo’lishga sabab bo’ladi. Tarmoq uchun yangi va potentsial investorlarni yoki manfaatdor tomonlarni jalb qilish umumiy biznes samaradorligini oshirish va ichki manfaatdor tomonlar o'rtasida ishonch munosabatlarini o'rnatilishiga olib keladi. Korxonalarning huquqiy,axloqiy, me'yoriy va muvofiqlik talablariga javob berishi, moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan barcha muhim ma'lumotlarni mustaqil va xolis tekshirishni o'z ichiga oladi bu auditning asosiy maqsadidir. Ular rahbariyat tomonidan bildirilgan narsalarga mos kelishiga ishonch hosil qiladi. Bu juda ilmiy va biznes bilan shug'ullanadigan manfaatdor tomonlarning muvofiqlik talablariga muvofiq talab qilinishi mumkin. Download 90.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling