Mavzu: Kassa va kassa muomilalari auditi
Download 90.6 Kb.
|
Kassa va kassa muomilalari auditi
Mavzu:Kassa va kassa muomilalari auditi Reja:
Asosiy qism 1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari 2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi 3. Bankdagi schyotlarga doir muomilalar auditi 4. Valuta schyotlariga doir muomilalar auditi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari samarali rivojlanishi uchun xo’jalik sub’ektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur hisoblanadi. Ushbu holatda esa, xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatini bilishi uchun nazorat tizimining auditorlik faoliyatidan foydalanish zaruriyati yuzaga keladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirishni yanada takomillashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri – auditga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirish, har bir auditorning tashkilotdagi mehnatning sifati va samaradorligiga yarasha haq to’lashni ta’minlash mehnat munosabatlarini tubdan yangilash hamda mehnatni moddiy rag’batlantirish shu orqali sifatli tizimini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyоyev ta’kidlaganidek, “Iqtisоdiyоtning barqarоr о‘sishi,birinchi navbatda, yetakchi sоhalar rivоjiga bevоsita bоgʻliqdir. Qaysi sоhada yuqоri qiymatga ega mahsulоt yaratilsa, biz ana shu sоhani birinchi navbatda qо‘llab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisоdiyоt rivоjiga jiddiy turtki beradigan sоhalarni rivоjlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga оshirishimiz lоzim. Jahоn tajribasini puxta о‘rganib, xalqarо ekspertlarni jalb etgan hоlda, mоnetar siyоsatni takоmillashtirish va xolislikni ta’minlash kоntseptsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. O‘tish davrida iqtisоdiyоt sоhasida statistik hisоbоtlarni tо‘g‘ri yuritish va davlatning iqtisоdiy salоhiyatini aniq bahоlash juda muhimdir.1” So’nggi yillarda iqtisodiyotda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri auditirlik korxonalari harakatini rivojlantirish bo’lib, bu jarayon tarmoqda band bo’lgan korxonalar munosabatlaridan samarali foydalanishdagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi: kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari, bankdagi hisobkitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini hisobga olish uslubiyotining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat. Download 90.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling