Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


Download 144.43 Kb.
bet1/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi
XOLBOYEV QAMBARALI
«Kassa va kassa muomilalari hisobi
(Sirdaryo viloyati korxonalari misolida)
Ilmiy raxbar: Mamatqulov A.X.
GULISTON 2011
MUNDARIJA:


Kirish





I bob.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kassa va bank muomalalari auditining nazariy asoslari


1.1.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazishing ahamiyati va zarurligi


1.2.

Bank hisobvaraqlarida amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblar va uning shakllari


II bob.

Milliy standartlar asosida kassa va bank muomalalari auditini tashkil qilish


2.1.

Korxonalarda kassa ishini tashkil qilish va kassa intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish tartibi


2.2.

Kassa muomalalari auditini oʻtkazish tartibi


2.3.

Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi





III bob.

Kassa va bank muomalalari auditini takomillashtirish yoʻnalishlari


3.1.

Bankdagi pul mablagʻlari auditini takomillashtirish masalalari


3.2.

Auditorlik tekshiruvida pul mablagʻlari harakatiga baho berish va uni takomillashtirish






Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Ilovalar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil Respublikamizda yangi iqtisodiy tizim - bozor iqtisodiyotiga oʻtishning yuqori bosqichiga kelmoqda. Bu tizim sharoitida turli mulk shakllarining vujudga kelishi, davlat mulkining xususiylashtirilishi oʻtish jarayoniga xos xususiyatdir. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qoidalar asosida boshqariladigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti korxona va firmalarda mablagʻlardan samarali foydalanish talab etiladi. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasida koʻpgina ishlar qilinmoqda. Bu xususda Prezidentimiz I.Karimov fikr yuritar ekan, shunday deydi: “Maʼlumki, iktisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor infratuzilmasi, yaʼni bankmoliya tizimi, lizing, auditorlik, sugʻurta, injiniring va boshka tuzilmalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas”.1
2009-yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,0 foizga koʻpaydi, qishloq xoʻjaligidagi oʻsish 5,7 foizni tashkil etdi, chakana savdo aylanmasi 16,6 foiz, aholiga pullik xizmat koʻrsatish 12,9 foizga oshdi. 2010-yilda esa 8,5 foizni tashkil etadi. Keyingi 10 yilda, yaʼni 2000-yilga nisbatan taqqoslaganda, 2010-yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb 2 barobar,aholi jon boshiga hisoblaganda esa, 1,7 barobar oshdi.
Xarid imkoniyatlari mutanosibligini hisobga olgan holda sanaganda, yalpi ichki mahsulotning 2010-yilda 2000-yilga nisbatan oʻsishi 2,6 karrani tashkil etadi.
Joriy yilning “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan 2011-yilga belgilangan maqsadlarga erishish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni, shu jumladan, xususiy tadbirkorlik faoliyati erkinliklarini ishonchli muhofaza qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay biznes muhitini yaratish, shu asosda aholi bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligiga eʼtibor qaratildi. ».2
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida yangi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishda ularning pul va valyuta mablagʻlari harakati muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, pul va valyuta mablagʻlari harakati korxonalarning boshqa mablagʻlaridan likvidliligi yuqoriligi hamda muayyan huquqiy maqomni ifodalishi bilan keskin ajralib turadi. Bugungi kunda korxona oʻz pul va valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanishda, avvalambor, ularni auditini tashkil qilishga alohida ahamiyat qaratilishi lozim.
Iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatmoqdaki, kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazish jarayonlari amaldagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarda va ushbu sohadagi iqtisodiy adabiyotlarda hamda olimlarning ilmiy asarlari toʻliq oʻz ifodasini topmagan. Demak, bu sohada jiddiy, ilmiy izlanishlar olib borish kerakligini taqozo etadi. Bu esa dissertatsiya mavzusining naqadar dolzarb ekanligini belgilab beradi.

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling