Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati
Download 144.43 Kb.
|
13 «Касса ва касса муомилалари исоби
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kassa va bank muomalalari auditining nazariy asoslari
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishidagi ilmiy xulosalar va tavsiyalar, kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazishning hozirgi holatini oʻrganish asosida uni respublikamiz amaliyotiga qoʻllashda imkoniyat yaratadi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalaridan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqishda hamda oliy oʻquv yurtlarida amaliy qoʻllanma sifatida foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat boʻlib, uning hajmi betni tashkil qiladi. I bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kassa va bank muomalalari auditining nazariy asoslari1.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazishining ahamiyati va zarurligiIshlab chiqarish usulining oʻzgarishi jamiyat tuzumining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, xoʻjalikka rahbarlik va nazorat qilish usulini oʻzgartirishga, shuningdek, xoʻjalik hisobining oʻzgarishiga ham olib keladi. Har bir ijtimoiy tuzumda xoʻjalik hisobi oʻzining maqsadi, vazifalari va tashkil qilish shakllariga ega. Shunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xoʻjalik hisobining oʻzgarishi va mazmunini belgilaydi. Uning mazmuni u qanday ijtimoiy tuzumda qoʻllanilayotgan boʻlsa, oʻsha tuzum xususiyatlaridan kelib chiqadi. Hozirda mulkiy birlik va munosabatlarning shunday tizimini shakllantirish lozimki, bu harakat avvalo faoliyat yakunida yuqori unum va natijaviylikni, butlik va manfaat uygʻunligini, eng muhimi bozor toʻkinsochinligi va jamiyatimiz farovonligini taʼminlasin. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ushbu jihatga bosh masala sifatida qarash lozim. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan soʻng prezidentimiz boshchiligida respublikaning oʻziga xos boʻlgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu rivojlanish modeli asosida Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy tizim - bozor iqtisodiyotiga oʻtilmoqda. Turli-tuman mulk shakllarining paydo boʻlishi, davlat mulkining xususiylashtirilishi, hissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi qoʻshma korxonalar, kichik korxonalarning vujudga kelishi oʻtish jarayoniga xos xususiyatlardandir. Bunday sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida haqiqiy raqobat hukm surishiga, korxonalar mustaqil ravishda chet el korxonalari bilan aloqa oʻrnatishga, mahsulot sotishning yangi zamonaviy usullarini rivojlantirishga, tijorat banklari, xususiy banklar, birjalar, kim oshdi savdolari faoliyatini rivojlantirishga imkoniyatlar paydo boʻla boshladi. Maʼlumki, amal qilib kelingan hisob tizimi, uning uslubiy asosi va bosh vazifasi bevosita, mulkiy butlik va uni doimiy nazorat qilib turish qoidasi asosida qurilgan edi. Natijada uzoq yillar davomida hisob tizimida bir xillik, umumiylik va muomalalar mazmunining takroriyligi amal qilib keldi. Hisob tizimining bugungi mazmuni, kuzatuv oʻrni va vazifalari esa ancha boyidi. Hisob tizimida eng katta oʻzgarish shu boʻldiki, amalda milliy hisob tizimini yaratishga kirishildi. Respublikamiz korxonalarida hisob va hisobot ishlarini halqaro standartlarga moslashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa oxirgi 4-5 yil ichida respublikamiz korxona va tashkilotlarida yuritiladigan buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyatida, uning tashkil qilinishida hamda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritishda qator oʻzgarishlar sodir boʻldi. Bir tomondan moliyaviy qoʻyilmalar va nomoddiy aktivlarning yangi-yangi turlari paydo boʻldi, ikkinchi tomondan, mahsulot tannarxi tarkibida qator oʻzgarishlar sodir boʻldi. Shu bilan birga xoʻjalik subyektlarining buxgalteriya hisobini yuritishdagi imkoniyatlari kengaydi. Ular amaldagi qonun-qoidalar va xoʻjalik yuritish xususiyatlari asosida oʻzlarida buxgalteriya hisobini yuritish texnikasi, tashkil qilish shakllari hamda aniq usullarini mustaqil ishlab chiqishlari mumkin boʻldi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash va mahsulot tannarxini aniqlash usullarini oʻzlari tanlash imkoniyatiga ega boʻldilar. Bulardan tashqari buxgalteriya hisobotini tuzish uslubiyatida va hisobot shakllarida ham bir qancha oʻzgarishlar yuz berdi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga, iqtisodiy-moliyaviy holatiga, pul mablagʻlari harakatiga eʼtibor kuchaytirildi. Buxgalteriya hisoboti tarkibidagi hamda buxgalteriya hisobi uslubiyatidagi, uni tashkil qilishdagi yuqoridagi sanab oʻtilgan va boshqa oʻzgarishlar ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Korxonalarda pul mablagʻlarining harakatini, uning xoʻjalik muomalalari jarayonida hisob-kitob va toʻlov vositasi sifatida qoʻllanilishini hisobga oladigan bulsak, kassa va bank muomalalari auditini takomillashtirish mavzusi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida xarajatlarni hisobga olish, nazoratni taʼminlash va audit uchun maʼlum axborotlarni shakllantirishda hali ham qoʻl mehnatiga asoslangan, bozor talablariga toʻliq mos kelmaydigan usullar qoʻllanilib kelinmoqda. Vaholanki, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan koʻplab farmonlar, qonunlar va maxsus qarorlar qabul qilindi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor xoʻjalik mexanizmini joriy etish, tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi, nazorat sohalarida ilmiy tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xoʻjalik yuritishning turli mulkchilikka hamda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga moslashish jarayoni jadallik bilan amalga oshirila boshlandi. Davlat mulkining markazlashgan shakli hukmronlik qilgan sharoitdagi boshqarish tizimidan mutlaqo yangi, jahon standartlariga mos raqobatbardosh, sifatli mahsulot bilan tashqi bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan korxonalar uchun yangi hisob siyosati, shu jumladan, xarajatlarning bozor talablariga toʻgʻri keladigan hisob usullarini yaratish hamda korxonalarda pul mablagʻlari harakatini optimal ravishda tashkil etish oʻta dolzarb boʻlib qoldi. Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yuritayotgan korxonalarda xoʻjalik muomalalarini hisobi, nazorati va tahlilini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonuni, “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari” va boshqa huquqiy-meʼyoriy hujjatlar muhim rol oʻynaydi. Korxonalarda pul mablagʻlari hisobining nazariy va uslubiy asoslarini toʻgʻri tashkil etish koʻp jihatdan buxgalteriya hisobining uslubiy asoslariga bogʻliqdir. Meʼyoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilishda va qoʻllashda dastlab buxgalteriya hisobini oʻrnini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. “Buxgalteriya hisobi - bu kundalik va umumiy maʼlumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xoʻjalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir”. Korxonalarda buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy hujjatlar asosida, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonuni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi Nizomga asosan tashkil etiladi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda, avvalo, tezkorlik, aniqlik, uslubiylik, tejamkorlik qoidalariga tayanmoq lozim. Shuningdek, xalq xoʻjaligida tarmoq tizimiga kiruvchi korxonalarda ham hisob tizimi, avvalo, hisob obyektiga kiruvchi har bitta birlikni, shu jumladan pul mablagʻlari va ularning harakati bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini samarali boshqarish qoidasida tashkil etilmogʻi va yuritilmogʻi lozim. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda eng muhim masalalardan biri bu hisob xizmatini, jumladan pul mablagʻlari hisobini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishdan iboratdir. Shuningdek, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Respublika Qonunining 7-moddasida ham quyidagi jihatlar xarakterlanadi. Yaʼni ushbu qonun belgilovi boʻyicha korxonada hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini, hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish va yuritish masʼuliyati bevosita korxona rahbariga va bosh buxgalteriga yuklatiladi.1 Korxonalarda buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish va yuritish, mulkning ahvoli va harakatini, shuningdek, huquq va majburiyatlarning holatini toʻliq va ishonchli tarzda aks ettirish orqali boshqaruvning samarali shaklini taʼminlash maqsadida yoʻlga qoʻyila boriladi. Uning huquqiy asosi bevosita Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida”gi Nizom va bularga asosan yangidan ishlab chiqilgan hisobvaraqlar rejasi asosida, buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarda oʻz aksini topgan. Yaʼni, buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish va yuritishning barcha jihatlari ushbu qonun hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan. Buxgalteriya hisobi uchun mavjud boʻlgan tizim, aniq xoʻjalik subyektiga moliyaviy axborotlarni qayta ishlab, solishtirib oʻrgangan holda uzatish demakdir. Bu axborotlar foydalanuvchilarga korxonaning xoʻjalik faoliyatini boshqarish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishda muqobil variantlarni tanlash imkoniyatini beruvchi qaror qabul qilishga imkoniyat beradi. Korxonalarning xoʻjalik faoliyatini boshqarishda foydalaniladigan manbalar qatoriga pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi axborotlar ham kiradi. Xoʻjalik faoliyatini samarali boshqarishda pul mablagʻlari oqimi toʻgʻrisidagi axborotlar muhim rol oʻynaydi. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barcha darajadagi biznesmenlar tomonidan xalqaro amaliyotda keng qoʻllanilmoqda, u korxonalar maʼmuriyatiga ham, tashqi foydalanuvchilarga ham zarurdir. Korxona menejerlari mazkur maʼlumotlardan foydalanib, korxona likvidliligini oʻrganishda, dividendlarni belgilashda, ish haqi taʼminoti va byudjet bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Bozor uchun ishlab chiqarish bor joyda pul mablagʻlari oʻta muhim iqtisodiy vosita boʻladi. Pul mablagʻlari ishlab chiqarishning takrorlanishiga xizmat qiladi, iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashadi. Pul shaklidagi mablagʻlar bozor orqali resursga aylanadi, resurslar ishtirokida tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pul olinadi. Shunday harakatning qaytarilib turishi iqtisodiy jarayon yuz berganini bildiradi. Har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻzining iqtisodiy jarayonini muntazam ravishda davom ettirishi uchun maʼlum miqdorda pul mablagʻlari boʻlishini taqozo etadi. Download 144.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling