Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


Mavzuning oʻrganilganlik darajasi


Download 144.43 Kb.
bet2/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Ushbu bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida korxona, tashkilot va muassasalardagi kassa va bank muomalalari auditini toʻgʻri tashkil qilishda ularni takomillashtirish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar mashhur iqtisodchi olimlaridan R.Entoni, B.Nidlz, R.Dodj, P.Fridman, V.F.Paliy, A.F.Aksenenko, A.Sheremet, S.Nikolayevalar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bu olimlar tomonidan kassa va bank muomalalari auditini tashkil qilishni nazariy va ilmiy asoslari atroflicha oʻrganilgan.
Respublikamizdagi yirik iqtisodchi olimlardan esa
M.Sharifxoʻjayev, Yu.Itkin, O.Bobojonov, A.Ibragimov I.Abdukarimov, A.Sotivoldiyev, A.Karimov va boshqa koʻzga koʻringan iqtisodchi olimlar mazkur mavzu yuzasidan tadqiqotlar olib borishgan hamda oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, ilmiy maqolalar chop etishgan. Lekin mamlakatimiz iqtisodchilari bu mavzuga ilmiy yondoshar ekan rivojlangan davlatlarda kassa va bank muomalalari auditini yuritish uslubiyati bilan taqqoslangan holda mavzuga kompleks yondoshilmagan. Bu borada biz ilmiy izlanishlarimizni gʻarb iqtisodchi olimlari ilmiy asarlaridan keng foydalanib, Respublikamiz audit tizimining oʻziga xos xususiyatlaridan inobatga olgan holda yondoshdik. Bu ham oʻz navbatida ilmiy ishning ahamiyatini oshirgan. Bitiruv malakaviy ish iqtisodiyotda boʻlayotgan islohotlarni chuqur oʻrgangan holda korxonalarda kassa va bank muomalalari auditining yuritilishiga bagʻishlangan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadi turli mulkchilik sharoitida kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazishning hozirgi holatini oʻrganib, uni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, ishni bajarishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida kassa va kassa muomalalari xisobini oʻtkazishing ahamiyati va zarurligini ochib berish;

  • bank hisobvaraqlarida amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirish tartibini tadqiq qilish;

  • korxonalarda kassa ishini tashkil qilish va kassa intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;

  • kassa muomalalari xisobini oʻtkazish hozirgi holatini oʻrgangan holda uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

  • bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditining ketma-ketligini yoritib berish;

  • bankdagi pul mablagʻlari auditini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • auditorlik tekshiruvida pul mablagʻlari harakatiga baho berish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar berish.


Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling