Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


II bob. Milliy standartlar asosida kassa va bank muomalalari auditini tashkil qilish


Download 144.43 Kb.
bet6/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

II bob. Milliy standartlar asosida kassa va bank muomalalari auditini tashkil qilish

2.1. Korxonalarda kassa ishini tashkil qilish va kassa intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish tartibi


Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha yuridik shaxslar oʻz pul mablagʻlarini bank muassasalarida saqlashlari shart.
Yuridik shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, fuqarolar ishtirokidagi, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq hisob-kitoblar faqat naqdsiz tartibda bank muassasalari orqali amalga oshiriladi.
Bank muassasalaridan tashkilotlar olgan naqd pullar ular qanday maqsad bilan olingan boʻlsa, oʻsha maqsad uchungina sarflanadi.
Tashkilotlar oʻz kassasida kassadagi naqd pullar qoldigʻi limitlari doirasida naqd pullarga ega boʻlishlari va meʼyorlar doirasida tushumdan ularni ishlatishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldigʻi limitlari va tushumni ishlatish meʼyorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno, (oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1998-yil 6-iyunda 9/2-son bayonnoma bilan tasdiqlagan 397-son qoʻshimchaga binoan).
Zarurat tugʻilganda koʻrsatilgan limitlar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar toʻlashga foydalanishlari man etiladi.
Kelib tushgan tushum pullarini sarflash huquqi bu narsa Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan nazarda tutilgan tashkilotlarga beriladi.
Kassada naqd pullar qoldigʻining belgilangan limitlaridan ortiqcha boʻlgan barcha naqd pulni tashkilotlar bank muassasasi bilan kelishilgan tartib va muddatlarda hisobvaraqlarga yozish uchun topshirishlari shart. Naqd pullar:
a) bank muassasalarining kunduzgi va kechki kassalariga;
b) keyin bank muassasalariga topshirish uchun inkassatorlarga;
v) keyin bank muassasalariga topshirish uchun tashkilotlar qoshidagi
birlashgan kassalarga;
g) bank muassasalaridagi hisobvaraqlarga oʻtkazish uchun aloqa
korxonalariga topshirilishi mumkin.
Tashkilotlar oʻz kassalarida ular tomonidan belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalarni toʻlash uchun va bank muassasasida pul olingan kunni hisoblaganda, faqat 3 ish kunidan oshmagan muddatga (bank muassasalaridan ancha olisda joylashgan tashkilotlar uchun - 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga egalar.
Xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlar uchun hisobot beriladigan naqd pullarni berish mazkur hududda amal qiladigan tartibga muvofiq ana shu maqsadlar uchun xizmat safarlariga yuborilgan shaxslarga beriladigan summalar doirasida amalga oshiriladi.
Hisobot beriladigan sarflanmagan naqd pullar ular berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirmay tashkilot kassasiga qaytarilishi kerak. Hisobot beriladigan naqd pullarni olgan shaxslar tashkilot buxgalteriyasiga yoki markazlashtirilgan buxgalteriyaga sarflangan summalar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishlari shart. hisobot beriladigan naqd pullarni berish ilgari hisobot berish sharti bilan berilgan summalar boʻyicha toʻliq hisobot berilgach amalga oshiriladi.
Kassa operatsiyalari namunaviy shakllarini Makroiqtisodstat vazirligi tasdiqlaydigan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va idoraviy boʻysunishi hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda oʻzgarishsiz qoʻllanishi kerak.
Tashkilot rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin har chorakda kamida bir marotaba, har bir tashkilotda kassada boʻlgan barcha pullarni varaqma-varaq qayta sanab chiqish va boshqa boyliklarni tekshirish bilan birga kassa kutilmaganda taftish qilinadi. Kassada taftish qilish uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tayinlanadi, u dalolatnoma tuzadi. Taftish vaqtida kassada kamomad yoki ortiqcha boyliklar aniqlanganda dalolatnomada kamomad yoxud ortiqcha summa va ularning paydo boʻlish holatlari koʻrsatiladi.
Kassa daftari avtomatlashtirilgan tarzda yuritilgan taqdirda kassa hujjatlariga ishlov berish dasturiy vositalari ishining toʻgʻriligini tekshirish amalga oshiriladi.
Yuqori tashkilotlar hujjatli taftishlarni amalga oshirish vaqtida oʻzlariga boʻysunuvchi barcha tashkilotlarda majburiy tartibda kassani taftish qiladilar va kassa intizomiga rioya etilishini tekshiradilar. Taftish oʻtkazilishi paytida pul va boyliklar butligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor berilishi kerak.
Aksiyadorlik, kooperativ (shu jumladan, shirkatlar), jamoat korxonalari va bunday taftishlar ularning ustavida nazarda tutilgan boshqa korxonalarda ular taftish komissiyalari yoki jalb etilgan auditorlar yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.
Kassa intizomini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlar bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Kassa intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik tashkilotlar rahbarlari, bosh buxgalterlari, moliyaviy xizmatlar rahbarlari va kassirlar zimmasiga yuklanadi.
Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning kassa faoliyati sohasini qamrab oladi, mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatadigan bank muassasalari bundan mustasno.
Respublika hududida mijozlarga kassa xizmatini amalga oshiradigan bank muassasalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Bank muassasalari kassa operatsiyalarini yuritishning amaldagi qoidalariga korxonalarning rioya qilishlarini tekshiradilar.
Byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari yuritilishini tegishli moliya organlari tekshiradilar.
Ichki ishlar organlari kassa va kassa punktlarining texnik jihatdan mahkamlanganini, pul va boyliklar butligi uchun shart-sharoitlar taʼminlanganini oʻz vakolatlari doirasida tekshiradilar. Ularning oʻgʻirliklar sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalari albatta bajarilishi kerak.
Tashkilotlar rahbarlariga kassa operatsiyalarini yuritish, qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalariga xizmat koʻrsatish, pul mablagʻlarini qoʻriqlash va tashish bilan bogʻliq ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashda yoki yuqorida koʻrsatilgan ishlarga shaxslarni vaqti-vaqti bilan jalb etishda ushbu shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish uchun ichki ishlar organlari va tibbiyot muassasalariga murojaat qilish tavsiya etiladi, bunda shuni nazarda tutish kerakki, kassa operatsiyalarini yuritish, qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalariga xizmat koʻrsatish, pul mablagʻlarini qoʻriqlash va tashishga:

  • ilgari qasddan qilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlanganligi kechib yuborilgan yoki belgilangan tartibda olinmagan;

  • surunkali kasalliklarga chalingan;

  • jamoat tartibini muntazam buzadigan;

  • spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qiladigan yoki shifokor tayinlamasada giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiladigan shaxslar qoʻyilmaydi.

Tashkilot rahbari kassirga zarurat tugʻilganda pul mablagʻlari va boyliklarni bank muassasalaridan tashish yoki ularga topshirish uchun militsiya soqchisini, shuningdek, transport vositasini berishi shart.
Pul mablagʻlarini tashish paytida kassir, unga hamrohlik qilayotgan shaxslar va transport vositasining haydovchisiga:

  • harakat yoʻnalishini va olib borilayotgan pul mablagʻlari va boyliklar summasi hajmini oshkor etish;

  • transport vositasining saloniga tashkilot rahbari tomonidan ularni yetkazib berish uchun tayinlanmagan shaxslarni olish;

  • piyoda, yoʻlovchi mashina yoki jamoat transportida borish;

  • doʻkonlar, bozorlar va boshqa joylarga kirish;

  • qandaydir topshiriqlarni bajarish va har qanday boshqacha tarzda pul va boyliklarni belgilangan joyda yetkazishdan chalgʻish man etiladi.

Mavjud pul mablagʻlari va boyliklarning puxta saqlanishini taʼminlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi shart:
Boshqa xizmat va yordamchi xonalardan ajratish.
Koʻp qavatli binolarning oraliq qavatlarida joylashish. Ichki ishlar organlari, inkassatsiya xizmatlari bilan kelishgan holda kassa xonalarini koʻp qavatli binolarning 1-qavatida joylashtirishga ijozat beriladi.
Baquvvat devorlarga, mustahkam pol va shiplarga, ishonchli ichki devor va toʻsiqdevorlarga ega boʻlish. Ikkita eshik bilan yopilishi:
a) tashqariga ochiladigan, taxtadan yasalgan, bir tavaqali, ichkari tomonida metall zanjiri, koʻrish tuynugi boʻlgan, ichkari tomonida ikkita qulf bilan yopiladigan tashqi eshik bilan;
b) ichkariga ochiladigan, poʻlat panjara koʻrinishida tayyorlangan va kassaning ichkari joylashish tomoniga osma qulf yoki devorga kiritilgan qulf bilan yopiladigan, shuningdek, metall loʻkidonli ichki eshik bilan.
Xoʻjalik organi xodimlari yoki mijozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish uchun ichkaridan metall yoki yogʻoch eshikcha bilan yopiladigan, ikki tomoni quyma metall bilan qoplangan maxsus darchaga ega boʻlish. Ichkari tomondan mustahkam osma qulfli metall nakladka bilan yopish.
Romlar oʻrtasidagi deraza oʻrinlariga yoki xonaning ichkari tomonida, issiq suv oʻtadigan quvurlar, dudburonlar, ventilyatsiya kanallarida, yupqa toʻsiqdevorlar va kassaning unga tashqaridan kirish mumkin boʻlgan boshqa joylarida metall panjaralar oʻrnatish.
Pul va boyliklarni saqlash uchun albatta yonmaydigan seyfga ega boʻlish. Sozlangan oʻtoʻchirgichga ega boʻlish.
Zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan holda koʻp qirrali himoya tizimlari uskuna-jihozlari.
Koʻp qirrali (qoʻriqlash-yongʻindan ogoh etish) signalizatsiyadan tashqari trevoga berish signalizatsiyasi ham nazarda tutilishi kerak.
Kassirlarning ish joylari trevoga berish signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Markazlashtirilgan qoʻriqlash pultiga:

  • Bevosita abonent telefon liniyalari boʻyicha:

  • Zichlashtirish apparaturasi yordamida ulanadi.

Ichki devorlar va toʻsiqdevorlar mustahkamlik boʻyicha ular oʻrtasiga poʻlat panjara qoʻyilib, har biri qalinligi 80 mm boʻlgan juftlashtirilgan gips-beton panellarga yoki muvofiq boʻlishi yoki metall setka bilan armaturalangan, qalinligi kamida 120 mm boʻlgan gʻisht devordan iborat boʻlishi kerak.
Eski binolarda ichkari tomondan poʻlat panjaralar bilan mahkamlangan, taxtalar bilan zichlangan nokapital toʻsiqdevorlar boʻlishiga ijozat beriladi.
Kassa darchasining hajmi 200x300 mm dan oshmasligi kerak, tashqi tomondan esa u "chiqayotgan quyosh" turidagi metall panjara bilan mahkamlanadi.
Eshik kesakisi poʻlat uchburchakdan yasaladi. Ilgari qurilgan binolarda poʻlat uchburchak bilan mahkamlangan yogʻoch eshik kesakilarining saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Barcha hollarda ular devorga poʻlat yershlar yordamida mahkamlanadi.
Tashqi kirish eshigi, deraza eshiklari, kassa darchasi eshikchasi va toʻsiqdevorlar qalinligi kamida 40 mm boʻlgan taxtalardan yasaladi, ular
ikki tomondan ruxlangan, tunuka chetlari ichki tomonga bukilgan poʻlat tunuka bilan qoplanadi, bunda metall listlari old tomonda tutashtirilmaydi. Metall listlar taxtalarga uzunligi kamida 40 mm boʻlgan mixlar bilan, perimetr va diagonallar boʻyicha 60 mm ga qadar masofada mahkamlanadi.
Tashqi devorlar zich qilib, ichki oshiq-moshiqda tirqish qoldirmasdan oʻrnatiladi va butun boʻyi boʻyicha eni 40-60 mm va qalinligi kamida 5 mm boʻlgan metall nakladkalar bilan jihozlanadi, ular xona ichida gaykalar bilan, diametri 12-15 mm li boltlar bilan mahkamlanadi (boltlar uchi ushbu tomondan mahkamlanmaydi).
Nakladkalar qulf bandida payvandlangan plastinalar bilan puxta osma qulflarda (tashqi tomonda - omborbop) bekitiladi.
Militsiya va idoradan tashqari qoʻriqlash tizimining qurolli xodimlari qoʻriqlaydigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar binolarida ichki ishlar mahalliy organlari bilan kelishgan holda kassalarning tashqi eshiklari metall nakladkalar bilan jihozlanmasligi mumkin.
Barcha panjaralar hajmi 150x150 mm dan koʻp boʻlmagan uyachalar hosil qilib, diametri kamida 16 mm boʻlgan poʻlat chiviqdan tayyorlanadi va panjaralar devorga qoqilgan uchi qayrilgan mixlarga payvandlash yoʻli bilan mahkamlanadi.
Uchi qayrilgan mixlar diametri kamida 16 mm boʻlgan poʻlatdan tayyorlanadi va qurilish konstruksiyalariga kamida 150 mm ichkariga qoqiladi.
Panjaralarning romlari hajmi 30x40 mm va qalinligi kamida 5 mm boʻlgan poʻlat uchburchakdan tayyorlanadi. Ular bilan perimetri boʻyicha kassa darchasi, eshik kesakilari va devorlar, pol hamda shiftdagi, muhandislik tarmoqlari oʻtishi uchun moʻljallangan barcha boshqa teshiklar jihozlanadi. Mazkur tarmoqlarning diametri 200 mm dan oshmasligi kerak.
Kassalar quyidagi talablarni hisobga olgan holda qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalarining ikkita himoya marrasi bilan jihozlanishi kerak:
Birinchi marrada xonalar perimetri qurilish konstruksiyalari, deraza va eshikdagi teshiklar, tuynuklar, ventilyatsiya kanallari, issiqlik quvurlari kiradigan joylar, yupqa toʻsiq devorlar va xonalarning tashqaridan kirish mumkin boʻlgan, shu jumladan, poʻlat panjaralar bilan jihozlangan unsurlari ham himoyalanadi.
Ikkinchi marrada ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radiotoʻlqin xabarlagichlari va nazorat qilinuvchi makonda huquqbuzarlar yurganini aniqlaydigan qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalarining boshqa xabarlagichlari yordamida seyflar hamda pul va boyliklarni saqlash uchun metall javonlar himoyalanadi.
Qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalari qoʻriqlash turiga bogʻliq holda markazlashtirilgan qoʻriqlash pulti, idoraviy qoʻriqlash pulti, navbatchi xodimlar postiga oʻrnatiladi. Ana shu barcha shaxslarning navbatchilik joylari ichki ishlarning hududiy organlari bilan radio va telefon aloqasi vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Himoyaning ikkinchi marrasi ishdan tashqari vaqtda markazlashtirilgan qoʻriqlash pultining alohida raqamiga yoki navbatchi xodimlar postidagi moʻjaz konsentratorga ulanadi, ish vaqtida esa trevoga signalizatsiyasining pedali yoki tugmachasiga qaytadan ulanadi.
Himoyaning birinchi marrasida signalizatsiya shleyflarining nazoratini taʼminlaydigan qabul qilish - nazorat asboblari qoʻllanishi kerak. Bunday asbob va xabarlagichlar moʻjaz konsentratorlarga ulanib, keyin markazlashtirilgan qoʻriqlash yoki nazorat qilish pultiga topshiriladi.
Qoʻriqlash-yongʻindan ogoh etish vositalari va kassani yoritish alohidaalohida montaj qilinadi hamda elektr taʼminotini turli manbalardan oladi. Simlarning barcha turlari panalanadi. Favqulodda hollarda shleyflar va metall quvurlarni xona ichida, temirbeton va beton qurilish konstruksiyalari boʻylab oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalari tizimi amaldagi "Binolar va inshootlarning oʻt oʻchirish avtoma tikasi" qurilish meʼyorlari va qoidalarining talablariga hamda qoʻriqlash-yongʻindan ogoh etish vositalari jihozlanadigan obyektlarning idoraviy roʻyxatlariga muvofiq kelishi va doimo ishlashga qobil holatda boʻlishi kerak.
Ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etishning texnik vositalari bilan xizmat koʻrsatishga qabul qilinadigan kassalar ushbu boʻlinmalar rahbariyati koʻrsatmasiga koʻra himoya vositalari bilan qoʻshimcha ravishda jihozlanishi mumkin.
Yongʻin xabarlagichlari ularning kunu tun faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida mustaqil shleyflar va qabul qilish-nazorat pultlariga kiritilishi kerak.
Seyflar joylashgan xonalar va kompyuter zallari tutun chiqadigan yongʻin xabarlagichlari bilan jihozlanishi lozim.
Kassa xonalarini qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalari bilan jihozlashga doir ishlar qoʻriqlash - montaj boʻlinmalari yoki oʻzbekiston Respublikasi IIV qoshidagi "qoʻriqlash" RB bergan maxsus litsenziyalarga (ruxsatnomalarga) ega boʻlgan firmalar kuchi bilan amalga oshiriladi.
Kassa xonalarida montaj qilingan qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalarini montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash ichki ishlar organlari qoshidagi qoʻriqlash boʻlinmalari, davlat yongʻindan nazorat qilish idorasi va xoʻjalik organlari vakillari bilan birgalikda komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qoʻriqlash - yongʻindan ogoh etish vositalari montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yoʻriqnomasini taqdim etadi.
Ish haqini berish va boshqa toʻlovlar kassirlardan tashqari boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan korxonalarda ular kassa operatsiyalarini yuritish joylarida, pul va boyliklar butligini taʼminlash maqsadida, kassa punktlari jihozlanadi.
Pol va devorning qurilish konstruksiyalariga metall javon yoki ikki seksiyali quti mustahkam biriktirilgan maxsus xizmat xonasi kassa punkti deb nomlanadi. Ulardagi eshiklar ichkari tomondan mustahkam qulfzulfinlar, metall zanjircha va koʻrish tuynugi bilan jihozlanadi, derazalar, tuynuklar va boshqa shu singari joylar belgilangan konstruksiyadagi metall panjaralar bilan himoyalanadi.
Kassa punktlarida pul berilishi faqat barcha kassalar uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan maxsus darcha orqali amalga oshiriladi.
Ishdan tashqari vaqtda kassa punktlarida pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni qoldirish qatʼiyan man etiladi. Ish kuni tugashiga qadar barcha pul va boyliklar ishonchli qoʻriqchi hamrohligida xoʻjalik organining bosh (markaziy) kassasiga topshirilishi kerak.
Xuddi shunday kassa punktlari pul tushumlari inkassatsiyalanadigan yoki kredit muassasalari yoxud aloqa muassasalariga topshiriladigan, belgilangan limit qoldigʻi 300 soʻmdan oshmaydigan savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shu singari tashkilotlarda jihozlanadi. Tashkilotda ish haqini berish va boshqa toʻlovlarni berish uchun tushum toʻplanganida koʻrsatilgan summaning hajmi oshib ketgan hollarda kassa yuqorida bayon etilgan talablarga muvofiq jihozlanadi.

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling