Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi
Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi
Download 144.43 Kb.
|
13 «Касса ва касса муомилалари исоби
2.3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditiBankdagi schyotlarra doir muomalalarni hisobra olish va nazorat qilishning holatini tekshirish. Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda ularga ilova qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavvalbankda ochilgan schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligini aniqlanadi. Bu maʼlumotlar auditorga barcha schyotlar buyicha bank koʻchirmalarini va har bir schyot buyicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak buladi. Soʻngra auditor korxona va bank oʻrtasidagi uzaro munosabatlarning yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi. Bankdagi schyotlar buyicha pul mablagʻlari kirimi va chiqimiga doir muomalalar bankda tegishli dastlabki xujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki xujjatlarning shakllari na tuldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki yoʻriqnomalarida belgilangan. Bunday xujjatlarga kuyidagilar kiradi: - bank kuchirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilona qilingan hisob-kitob tulov xujjatlarining shakllari bilan); toʻlov topshiriqnomasi, tulov talabnomasi, tulov topshiriqnoma-talabnomasi, toʻlov orderi, inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi), hisob-kitob schyotiga nampul topshirish uchun ariza, valyutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma, valyuta sotib olish uchun topshiriqnoma, rezidentning sotib olingan valyutani sumga aylantirish toʻgʻrisidagi farmoyishi va boshqalar; -bank hisob-kitob xujjatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki xujjatlar. Auditor xujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishini tekshiradi, xujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar buyicha amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan oʻtkazadi. Auditor bankdagi schyotlardan akseptsiz (roziliksiz) hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirishga alohida eʼtibor qaratishi lozim. Bunday holatlar faqat sud qarori, bevosita qonun koʻrsatmalari, mijozning bank shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin. Bankdagi schyotlar buyicha muomalalar Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar yoki yigʻimlarni undirish toʻgʻrisidagi qarorni taʼminlash uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu cheklashlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ijro qilish navbati soliq toʻlashga doir majburiyatlardan oldin tulanadigan tulovlarga taalluqli emas. Bankdagi muomalalarni toʻxtatish soliq organidan bunday muomalalarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorolingan paytdan to ushbu qaror bekor qilingunga qadar amal qiladi. Buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun undagi qoʻrsatkichlarning sintetik va analitik hisob, bank koʻchirmasi maʼlumotlariga mosligini tekshirish kerak Bunday tekshiruvni quyidagi chizma buyicha amalga oshirish maqsadga muvofiq. Tekshiruv jarayonida bajariladigan amallar auditorning ishchi xujjati bilan rasmiylashtiriladi. Tafovutlar aniqlanganida farq summalarini koʻrsatish va ularning sabablarini ochib berish zarur. Shunday qilib, bankdagi 5110 “hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Xorijdagi valyuta schyotlari”, 5510“Akkreditivlar”, 5520 “Chek daftarchalari” va 5530 “Boshqa maxsus schyotlar” buyicha amalga oshiriladi bank muomalalarini tekshirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: -korxonaning nechta, hisob-kitob schyoti, valyuta schyoti va maxsus schyoti borligi, shuningdek ular qaysi bank muassasalarida ochilganligirni aniqlash; -schyotlar sonini aniqlab, balansning “hisob-kitob schyoti”, “Valyuta schyoti”, “Bankdagi maxsus schyotlar” -moddalari buyicha qoldiqlarni va bu schyotlar buyicha bank koʻchirmalaridagi ushbu balans sanasiga bulgan qoldiqlarni solishtirish, shuningdek bank koʻchirmalarida aks ettirilgan summalarni ilova qilingan dastlabki xujjatlarda aks ettirilgan summalar bilan taqqoslash lozim; -amalga oshirilgan muomalalarning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan. qonunchilik va meʼyoriy xujjatlarga muvofiqligini tekshirish; -bankdagi schyotlardan olingan koʻchirmalar va koʻchirmalarga ilova qilingan, muomulalarni tasdiqlovchi xujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirishini tekshirish; -bank koʻchirmalarida va bankdagi pul mablagʻlari hisobga olinadigan registrlarda pul mablagʻlarining kirimi va chiqimi boʻyicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga qoldiq chiqarishning toʻgʻpiligini arifmetik tekshirish; -bank koʻchirmalaridagi buxgalteriya hisobi registrlaridagi va Bosh daftardagi yozuvlarni hamda Bosh daftardagi qoldiqlar va balans moddalarining mosligini tekshirish; -bank muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida toʻgʻri aks ettirilganligini aniqlash zarur. (Masalan: kassaga olingan nakd pullarni 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyoti debetida aks ettirish urniga boshqa schyotlarga olib borish hollariga yul qoʻyilmaganligini aniqlash); -bank kuchirmasida aks ettirilgan xar bir muomala tegishli dastlabki xujjatlar (schyotlar, toʻlov topshiriqlari, toʻlov talabnomalari, shartnomalar, akt protsentovkalar va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim. Bank firmalariga ilova qilingan -dastlabki xujjatlar hyyidagi tartibda guruxlanadi; oldin bank koʻchirmalariga kirim xujjatlari, ulardan keyin esa barcha chiqim xujjatlari ketma-ket ilova kilinadi; -bank koʻchirmalarini bunday tartibda tekshirish bank xujjatlarini amalga oshirilgan muomalalarning mohiyatiga kura tekshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak Bunda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: -tovarsiz schyotlar va boshqa noqonuniy muomalalar buyicha avanslar va toʻlovlarning notoʻgʻri oʻtkazilishiga yul koʻyilmayotganligi (tekshirilayetgan korxonaga aloqadop bulmagan, boshqa korxonalar xaridi va sarflariga doir schyotlarni tulash va x. k.); -Tovar-material qiymatliklarni mavsumiy jamgʻarish, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar tomonidan tamim qilingan schyotlarni toʻlash maqsadida olingan bank ssudalaridan oʻz vaqtida va toʻgʻpi foydalanish, ssuda olish uchun taqdim qilingan xujjatlarning toʻgʻriligi; -bankdan olingan limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining hisobda toʻgʻpi aks ettirilganligi va qonuniy foydalanilayotganligi (ularning hayotiy hisobda turadigan xujjatlar sifatida hisobga olinishi), ular hisobdor shaxslarga tilxat buyicha berilayotganligi; -hisobdor shaxslar tomonidan chek daftarchalarining ishlatilishi toʻgʻrisida xisobot tuzilishi, hisobdor shaxslar hisobotlaridagi qoldiq va oborotlarning maxsus ssuda -schyoti buyicha qoldiq va oborotlarga moye kelishi; -cheklarning nomerlari, sanalari va summalarning transport xujjatlarida koʻrsatilishi va h.k.; -akkreditivlar orkali amalga oshiriladigan muomalalarning toʻgʻriligi va qonuniyligi, shu bilan birga bunday hisob-kitoblarni ham aniqlash zarur; Bulardan tashqari, korxonaning toʻlovga layoqatsizligi yuzaga kelmayotganligi va bunday holda korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida qanday choralar kurilganligi ham aniqlanadi. Bank muomalalarini tekshirish chogʻida auditor 5710“Yuldagi pul joʻnatmalari” schyotida, ake ettirilgan summalarning xaqqoniyligini ham tekshirish lozim. Koʻpchilik hollarda buyurtmachilar bajarilgan ishlar uchun oldindan oʻtkazilgan rylovlar muddati oʻtib ketganida debitor qarzlarni hisobotda kamaytirib koʻrsatish maqsadida summalarni 5710 schyotga olib boradilar. Amaldagi tartibga koʻra 5710 schyotda bank muassasayei kassasiga yoki pochtaga topshirilib, biroq korxonaning 5110 “Xisob-kitob schyoti” yoki maxsus schyotiga kelib tushmagan pullar (daromadlar) shuningdek, tekshirilayotgan korxonaga boshqa korxona yoki yuqori tashkilotdan oʻtkazilgan, lekin tekshirilayotgan korxonaning hisob-kitob schyotiga hisobot oyida kelib tushmagan, yaʼni oy oxiriga yulda bulgan summalar aks ettirilishi lozim. Buxgalteriya hisobida 5710-schyotga doir muomalalarni aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar asos buladi; daromad topshirilganda bank muasasasi kassasi yoki pochta tomonidan berilgan, pul topshirilganligi haqidagi patta; pul muomalalarini oʻtkazishda esa pulni qabul qilibolgan bank muassasasi yoki pochta boʻlimining nomi, nomeri, sanasi va summa ,koʻrsatilgan korxona avizosi. 5110-“Xisob-kitob schyoti” ga kelib tushgan pul mablagʻlarini tekshirishda, ularni kirim qilishning toʻgʻpiligi aniqlanadi. Chunonchi, kassa muomalalarini tekshirib jarayonida barcha bank koʻchirmalarida bankka topshirilgan naqd pul badallari alohida belgilab qoʻyilishi lozim. Xisob-kitob va valyuta schyotlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish buyicha bankdan olingan naqd pullarning oʻz vaqtida toʻliq qabul qilinishi xamda maqsadga muvofiq ishlatilishiga alohida eʼtibor qaratish zarur. Pul mablagʻlarini oʻtkazish, mol yetkazib beruvchilarga qarzlarning qoplanishi, ulardan foydalanishning xaqqoniyligi va asosliligini taʼminlash maqsadida ushbu schyotlar tekshiriladi. Auditor akseptlangan topshiriqlar bilan aloqa boʻlimi orqali pul oʻtkazilganda xatoga yul qoʻyilmaganligini xam tekshirishi lozim. Bunda joriy va deponentlangan ish xaqi, ijro varaqalari buyicha ushlangan summalar yeki xisobdor summalar va h.k. tekshiriladi. Pul oʻtkazilayotgan vaqtda oʻtkazilish xususiyatlari va oʻtkazilayotgan summa toʻgʻriligi (dastlabki hisob xujjatlariga solishtirish yuli bilan) shuningdek oʻtkazishlarni oladigan shaxslar ruyxatining ishonchliligi tekshirilishi lozim. Auditor dastavval, hisob-kitob schyoti bilan bogʻliq bulgan bank muomalalariga doir namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan tanishib chiqishi zarur. Bu eng koʻp uchraydigan muomalalarni aniqlash va schyotlar bogʻlanishining toʻgʻriligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada bunday tasniflagich yoʻq bulsa, Bosh daftardagi schyotlar boshlanishidan foydalanib, tegishli axborotga ega bulish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga xos bulmagan muomalalarga doir schyotlar bogʻlanishiga alohida zʼtibor qaratish zarur. Agar bank xizmati koʻrsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul mablagʻlaridan foydalanishi kuzda tutilgan bulsa, auditor olingan foizlarning korxonada haroyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisobkitob schyotiga haqiqatda oʻtkazilishiga qarab aks ettirilishini tekshirishi lozim. Olinadigan foizlarni notoʻgʻri aksettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy natijalarningbuzib koʻrsatilishiga, balki korxonaga nisbatan soliq organi tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarimalar) qoʻllanilishiga olib kelishi mumkin. Shuningdeq auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida quyidagilarni ham tekshiradi: -xisob registrlarini yuritish tartibi; -bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti buyicha sintetik hisob registrining yuritilishi, yigʻma registr tuzilishi; -hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlari harakatiga doir muomalalarning sintetik hisob registrlarida uz vaqtida aks etririlishi; har bir bank koʻchirmasi maʼlumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi; -bank kuchirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi. Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlarining tuliq kirim qilinishini tekshirish chogʻida 5110-“hisobkitob schyoti” ning debeti buyicha yozuvlar 4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” buyicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur. -banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit koʻrinishida olingan pul mablagʻlarining kirimi, pul mablagʻlarining boshqa hisobkitob schyotlaridan qabul qilinishi 6810-“Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6820-“qisqa muddatli qarzlar”, 7810-“Uzoq muddatli bank kreditlari”, 7820“Uzoq muddatli qarzlar”, 5510-“Akkreditivlar”, 5520- “Chekdaftarchalari”, 5530-“Boshqa maxsus schyotlar”, hamda bank koʻchirmalari va ularga ilova qilingan xatlar buyicha buxgaltermya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yuli bilan tekshiriladi. Bank kassasiga topshiriladigan nakd pul mablagʻlarining toʻliq kirim qilinishini tekshirishga auditor alohida eʼtibor qaratishi lozim. Buning uchun bank koʻchirmalari, ularga ilova qilingan xujjatlar bilan 5010- “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyotining krediti boʻyicha yuritiladigan hisob registri maʼlumotlari qarama-qarshi tekshiriladi. Pul mablagʻlaridan qanchalik ,haqqoniy va asosli foydalanishni aniqlash uchun ularning mol yetkazib beruvchilardan qarzlarni qoplashga hisob-kitob schyotidan oʻtkazilishini, 6010-“Mol yetkazib beruvchilar ,va pudratchilarga tulanadigan schetlar” schyoti buyicha hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish boʻlimida tashkil qilish kerak. 5110 hisob-kitob schyoti»ning krediti va 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”, 2310-“ Yordamchi ishlab chiqarish”, 2510“Umum ishlab chiqarish xarajatlari”, 2720-“Boshqa ishlab chiqarishlar” va boshqa xarajat schyotlarining debeti buyicha muomalalar sinchiklab tekshirilishi kerak. Chunki, mazkur holatlarda bajarilmagan ishlar va koʻrsatilmagan xizmatlaruchun pul oʻtkazish yashiringan bulishi mumkin. Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablagʻlarining hisobdan uchirilishini tasdiqlovchi dastlabki xujjatlarni, xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar bilan bogʻliqlikda batafsil tekshirish va taxlil qilish, ilmiy-tadqiqot- ishlariga qilingan sarflarni, i:jtimoiy-madaniy xizmatlar uchuntulash va boshqa xarajatlarni xisobdan uchirishga doir xatolar aniqlashga yordam beradi. Bunday xatolar moliyaviy natijalarning buzib koʻrsatilishiga va soliq bilan bogʻliq noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bankdagi xisob-kitob schyotidan xisobdan oʻchirilgan naqd pul summalari (bank koʻchirmasi va unga ilova qilingan xujjatlar, 5110schyotning kredit oboroti yuritiladigan registr buyicha) va naqd pul mablagʻlarining kassaga kirimini(kassir hisoboti va 5010-schyot debet oboroti yuritiladigan registr buyicha) tekshirish xisob-kitob schyotiga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvdan oʻtkazishda qarama-qarshi tekshiruv bulib xisoblanadi. Bunda auditor tomonidan kuyidagilar aniqlanishi lozim: -hisob-kitob schyotidan nam pul mablagʻini hisobdan uchirish muomalasi aks ettirilgan bank koʻchirmasiga kassa kirim orderi kvitansiyasi ilova qilinganligi vauning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi; -5110-“Xisob-kitob schyoti” ning kredit oboroti (2-jurnalorder) va 5010-“Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyotining debet oboroti (ljurnal-orderning vedomost tomoni) buyicha sintetik xisob registrlari yozuvlarining tengligi tekshiriladi. Xisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chogʻida aniqlangan kamchiliklarni auditor ish xujjatlarida qaydqilib boradi, va auditorlik tekshiruvining mazkur boʻlimi buyicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik xisobotida aks ettiradi. Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablagʻlarining toʻliq. kirimga olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining xisobda toʻgʻri aks ettirilishini tekshirish muxim masala xisoblanadi. Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida maxsulot (ish, xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar buyicha tulovlarni amalga oshiradilar, xorijga xizmat safarlari buyicha sarflarni tylaydilar va Oʻzbekistonda xamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish tartibi va ular buyicha muomalalarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi xamda Markaziy Bankining meʼyoriy xujjatlari bilan tartibga solinadi. Shuni aloxida taʼkidlash lozimki, bank xujjatlarida xalqaro xisobkitoblar buyicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari; turlari: AQSH dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h.k. buyicha koʻrsatiladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valyuta schyotlariga ega bulishlari mumkin: -tranzit valyuta schyoti - eksportdan olingan valyuta tushumini tuliq xajmda xisobga olish uchun muljallangan; -maxsus tranzit valyuta schyoti - Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida chet el valyutasini sumga sotib olish va uni yana sotishga doir muomalalarni xisobga olish uchun muljallangan; Joriy valyuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir qismini majburiy sotganidan sung uning ixtiyorida qoladigan mablagʻlarni va valyuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muomalalarni amalga oshirish uchunmuljallangan xorijdagi valyuta schyoti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvofiq xorijda vakolatxonalariga ega tashkilotlar uchun ochiladi. Bankdagi valyuta schyotlari buyicha muomalalarni tekshirish chogʻida auditor quyidagilarga aloxida eʼtibor qaratishi lozim: -joriy valyuta muomalalari va kapitalning xarakati bilan bogʻliq valyuta muomalalari xuquqiy rejimiga rioya qilinishi; -valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bulgan, vakolatli banklar orqali valyuta muomalalarini amalga oshirish; -vakolatli banklarda ayrim valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respu6likasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va litsenziyalarning mavjudligi; -yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud boʻlgan, legal kelib chiqishga ega valyuta mablagʻlari chegarasida chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish; -5200-“Xorijiy valyutadagi pul mablarlari schyotlari” schyoti boʻyicha ochilgan 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” va 5220-“Xorijdagi valyuta schyotlari”dagi valyuta mablagʻlariga doir muomalalar hisobi. Valyuta schyotlari buyicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti buyicha amalga oshiriladi. Bunda shuni eʼtiborga olish kerakki, agar Oʻzbekiston korxonasining xorijiy bankda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi Buyicha ochilgan schyoti boʻlsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini kabul qilish uchun asos boʻla olmaydi. Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma boʻlishi lozim. Rezident boʻlib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi kabul qilinishining toʻliqligi va toʻgʻpiligini tekshirishda, vakolatli banklardagi ularning valyuta schyotlari buyicha quyidagilarni aniqlash kerak: -tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima toʻlash yoki zararlarni koplash, yaʼni oʻzaro talablarni hisobga olish toʻgʻrisidagi talablarni; -eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chogʻida ham uzaro qarz surishish hollariga yoʻl qoʻyilmaganligi; -Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilishi lozim bulgan va xorijdagi rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga oʻtgan tushumdan toʻlovlar amalga oshirilmaganligi. Olingan daromad pul oʻtkazish amalga oshirilgunga kadar faqat ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bogʻliq bulgan bank komissiyalari va chiqimlarni toʻlash uchun ishlatilishi mumkin. Valyuta tushumining toʻliq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davomida tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi. Valyuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chogʻida valyuta sotish va sotib olishga doir muomalalarning toʻgʻri aks ettirilganligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Chunki korxonalar buxgalterlari koʻp hollarda hisobga olish uslubiyotida xam, kurs farqlarini xisob-kitob qilishda xam valyutani sumga xisoblab oʻtkazishda koʻplab xatolarga yul qoʻyadilar. Valyutani sotib. olishga doir muomalalarning valyuta qonunchiligiga va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibiga muvofiqligini tekshirish quyidagi tartibda oʻtkaziladi Valyuta qonunchiligiga muvofiq valyuta sotish yidagicha turkumlanishi mumkin: Majburiy sotish; Qaytarib sotish; 3. Erkin (ixtiyoriy) sotish. Valyutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intellektual faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valyuta schyotiga kirim qilingan valyuta tushumlarini, hamda boʻnaklar va oldin tulovlar sifatida olingan kirimlarni oʻz ichiga oladi. Valyutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan pa maxsus tranzit schyotga qabul qilingan valyutalarni sotishni uz ichiga oladi. Vu agar sotib olingan valyuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident tomonidan xizmat safari xarajatlarini tulash uchun ishlatilmagan valyutatar maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi buyichabelgilangan muddatlarda xisobdan ychirilmagan xollarda. Valyutani ixtiyoriy sotish valyuta tushumining majburiy sotiladigan summasidan oshgan summasini va joriy valyuta schyotidan valyuta sotishni uz ichiga oladi. Valyutani majburiy va qaytarib sotish chogʻida qonunchilikda belgilangan, sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya xisobida aks ettirish xamtekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu muomalalarning buxgalteriya xisobida aks ettirishi tekshiriladi. Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti va valyuta schyotlaridan tashqari maxsus schyotlarga ham ega boʻlishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa tulov xujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsusschyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablagʻlarini hisobga olish uchun muljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar urtasida ayrim hisobkitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot buyicha oʻtkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar boʻyicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510“Akkredetivlar”, 5520-“Chek daftarchalari”, 5530-«Boshqa maxsus schyotlar), tayinlangan bulib, ularda pul mablagʻlari x.arakati ham sumda, ham valyutada aks ettiriladi. Aloxida saqlash talab qilinadigan pul mablagʻlari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar maʼlumotlari tekshiriladi. Pul mablagʻlarining maqsadli tayinlanishiga koʻra 5530-“Boshqa maxsus schyotlar” schyotiga kuyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin: -maqsadli (tadbirlarni) mablagʻ bilan taʼminlashni (bolalar bogʻchasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobgaolish uchun; -kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlashga mablagʻlarni tuplash uchun; -bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablagʻlarini saqlash uchun muljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti. Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar buyicha analitik hisobning tuzilishi pul mablagʻlarining maqsadli tayinlanishturlari buyicha mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olish imkonining taʼminlashini tekshirishi lozim. Maxsus schyotlar buyicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot buyicha amalga oshiriladi. 5510 - “Akkreditivlar” schyotigadoir muomalalarni tekshirishda qoʻshimcha ravishda hisobkitoblarning akkreditiv shaklini qoʻllash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur: -hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada koʻzda tutilganligi; -akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi; -akkreditivdan nakd pul mablagʻlarining toʻlanmaganligi; -akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning toʻgʻriligi. 5530 - “Boshqa maxsus schyotlar” schyoti “maxsus kartochka schyoti” analitik schyoti buyicha muomalalarni tekshirishda kuyidagilarga eʼtibor qaratish lozim: -maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ kartasiga ega shaxslar ruyxati,berilgan bank kartasining tiplari; -trans chegara toʻlovlarini amalga oshirish chogʻida amaldagi valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi (Oʻzbekiston Respublikasi xududidan tashqaridagi chet el valyutasidagi hisob- kitoblar); -nakd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi; -korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi; -ish haqi va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni tulash uchun korporativ kartalar ishlatilma-anligi; -kurs farqlarini toʻliq aks ettirish va hisob-kitob qilish toʻgʻriligi. Yuqorida sanab oʻtilgan qoidalarga rioya qilishni tekshirish auditorlik tekshiruvning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Download 144.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling