O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi turon zarmed universiteti «ish yuritish va xodimlarni boshqarish»


Download 37.78 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi37.78 Kb.
#1038451
Bog'liq
Moliyaviy ishlash operatsiyalari bo\'yicha hujjatlar






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TURON ZARMED UNIVERSITETI



«ISH YURITISH VA XODIMLARNI BOSHQARISH»
FANIDAN

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Moliyaviy ishlash operatsiyalari bo'yicha hujjatlar







Bajardi: 4-14 IQTS-22 guruh talabasi
Safarova Nigina
Tekshirdi: Ravshanova G.R.



Moliyaviy ishlash operatsiyalari bo'yicha hujjatlar
Reja:

  1. Buxgalteriya hisobida hujjatlar, hujjat aylanishi

  2. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi

  3. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi

  4. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi


[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
1. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).
2. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
3. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni axborot tizimlari xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
6. Boshlang‘ich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
a) korxonaning nomi;
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
g) xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarni (shaxsni) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari va imzolari.
61. Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim.
8. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar, amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi.
9. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
10. Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
11. Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
12. Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart.
13. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
14. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarni tuzish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha talablar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
15. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlang‘ich hujjatlar shartli ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv shakl bo‘yicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to‘ldirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi), mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘lanishi) amalga oshiriladi.
16. Qonunchilik hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak.
17. Tekshiruvdan o‘tgan boshlang‘ich hujjatlar ularning qayta qo‘llanilishini istisno etuvchi belgiga ega bo‘lishi lozim:
a) qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali;
b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali.
18. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) ko‘rsatish lozim.
19. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi.
20. Korxona tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.
Bunda korxonalar qo‘llayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini o‘z faoliyatining xususiyatlariga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
21. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni o‘chirishga va izoh berilmagan tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Boshlang‘ich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan to‘g‘ri matn yoki summalar yoziladi;
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni o‘qish imkoniyati bo‘lishi lozim.
23. Boshlang‘ich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo‘yilishi lozim.
24. Boshlang‘ich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanadi. Elektron shakldagi boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qog‘oz shaklidagi aynan shu maqsaddagi hujjatlar uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
26. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar buxgalteriyada maxsus xonalarda yoki yopiladigan javonlarda korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilangan shaxslar tomonidan vakolat bergan shaxslar javobgarligida saqlanishi lozim.
27. Muayyan hisob registriga tegishli bo‘lgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlang‘ich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi.
Kassa orderlari, bo‘nak hisobotlari, bank ko‘chirmalari ularga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yig‘ilishi va muqovalanishi kerak.
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yo‘qolishi yoki suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
28. Korxonalardan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qo‘yish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura idoralari va sudlar tomonidan olib qo‘yishlar, mazkur idoralarning O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo‘yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari olib qo‘yilayotgan hujjatlardan, asoslarni va olib qo‘yish sanasini ko‘rsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qo‘yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qo‘yilayotgan bo‘lsa, olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro‘yxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, imzo bilan tasdiqlashi yoki olib qo‘yilayotgan hujjatlarning ro‘yxatini har bir hujjatdagi betlar sonini ko‘rsatgan holda tuzishi kerak. Bunda ro‘yxatni olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.
29. Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotish hollarida korxona rahbari buyruq bilan yo‘qotish sabablarini tekshirish bo‘yicha komissiya tayinlashi mumkin.
Bunda, tekshiruv natijalari korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(
Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
30. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshlang‘ich hujjatlar shakli blankalari qat’iy hisobdagi blankalariga kiritilishi mumkin.
31. Qat’iy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(32. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-yil, 7-son, 42-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
33. Qat’iy hisobdagi blankalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.
34. Qat’iy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi, shuningdek Mehnat kodeksining 203-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi yozma shartnoma tuziladi.
Agar mas’ul shaxs vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan bo‘lsa, qat’iy hisobdagi blankalar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
35. Qat’iy hisobdagi blankalarni mahsulot yetkazib beruvchidan qabul qilish korxonaning mas’ul shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi mas’ul shaxs tomonidan shartli ravishda o‘rami buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan o‘ramlar miqdorining yo‘llanma kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
36. Matbaa korxonasidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qat’iy hisobdagi blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yo‘llanma xat bilan matbaa korxonasi nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga korxonada qoladi. E’tirozlar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bildirilishi lozim.
37. Qat’iy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qat’iy hisobdagi blankalarni ko‘p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularning buzilish yoki o‘g‘irlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Korxonada mavjud bo‘lgan qat’iy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini ta’minlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qat’iy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
38. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami bo‘yicha mazkur Nizomning 1-sonli ilovasiga muvofiq, raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali”da olib boradi. Jurnalning so‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
“Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Jurnalda o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
39. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan qat’iy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan mas’ul shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
40. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning nomi, miqdori va baholash bo‘yicha hisobga olinadi.
41. Hisobdor shaxslar qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi bo‘yicha hisobot berib turadi va ular tomonidan olingan har bir qat’iy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
42. Hisobdor shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarni berish mas’ul shaxs tomonidan korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirig‘i asosida amalga oshiriladi.
43. Hisobdor shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan mazkur Nizomning 2-sonli ilovasidagi shakl bo‘yicha olish-nazorat qilish varaqlarini yuritishi mumkin.
Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to‘ldiriladi va ulardan bittasi Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnalida imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish — nazorat qilish varaqlari ochiladi.
Olish-nazorat qilish varag‘ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varag‘ini qat’iy hisobdagi blankalarini to‘g‘ri ishlatilishining nazoratini amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
44. Qat’iy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17192075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2oktyabr).
45. Qat’iy hisobdagi blankalarning yo‘qolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
46. Qat’iy hisobdagi blankalarda o‘chirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qat’iy hisobdagi blankalarni to‘ldirish va ishlatilishi bo‘yicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari aniqlanganda mas’ul shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
47. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlardan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qat’iy hisobdagi blankalar”schyotiga qabul qilinadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qat’iy hisobotdagi blankalar” schyotidan hisobdor shaxslarning olingan va ishlatilgan qat’iy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va nominal bo‘yicha ularning umumiy hisob summasi bo‘yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning mavqeyi mavjud bo‘lmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
48. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
49. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalarni yo‘q qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan, zarurat tug‘ilgan hollarda, lekin yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan blankalar yo‘q qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qo‘yiladi va ular yozilgan kunning o‘zidagi kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
50. Qat’iy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash bo‘yicha javobgarlik korxona rahbariga yoki u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
51. Korxonaning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish, hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjat aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.
52. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjat aylanishi grafigini tuzish bo‘yicha ishni tashkil etadilar. Hujjat aylanishi grafigi korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
53. Grafik korxonada oqilona hujjat aylanishini ta’minlashi zarur, ya’ni har bir boshlang‘ich hujjatning harakati bo‘yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo‘linmada eng kam muddatda bo‘lishini belgilashi lozim.
Hujjat aylanishi grafigi korxonada barcha hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak.
54. Hujjat aylanishi grafigi korxonaning har bir bo‘linmasi, shuningdek barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning o‘zaro bog‘liqligini va ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish bo‘yicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki ro‘yxati ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Mazkur Nizomning 3-sonli ilovasida ishlar ro‘yxati ko‘rinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan.
55. Korxona xodimlari o‘zlarining faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni hujjatlar aylanishi grafigi bo‘yicha tuzadi va taqdim etadi. Buning uchun xar bir ijrochiga grafikdan ko‘chirma beriladi. Ko‘chirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan korxona bo‘linmalari ko‘rsatiladi.
56. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni o‘z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
57. Korxona bo‘yicha ijrochilarning hujjat aylanishi grafigiga rioya qilishini nazorat qilish korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Download 37.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling