Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


Bank hisobvaraqlarida amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblar va uning shakllari


Download 144.43 Kb.
bet5/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

1.2. Bank hisobvaraqlarida amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblar va uning shakllari


Korxonalar boshqa yuridik shaxslar, davlat nazorat organlari va boshqa tashkilotlar bilan boʻladigan hisob-kitoblarini asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar koʻrinishida amalga oshiradi. Mablagʻlarni bir hisob raqamidan ikkinchi hisob raqamiga naqd pul ishtirokisiz, oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar naqd pulsiz hisob-kitoblar deyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar 1995-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisobkitoblarni olib borish toʻgʻrisida”gi 60-yoʻriqnomaga asosan olib boriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

  • korxona, tashkilotlar oʻz pul mablagʻlarini (oʻz mablagʻlari va qarz mablagʻlari) bankda saqlashlari lozim;

  • barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar bank orqali oʻtishi kerak;

  • xoʻjalik organlari hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qoʻyishlari mumkin;

  • xoʻjalik organlarining hisob-kitoblar boʻyicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak;

  • tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlar toʻlovchining roziligi bilan amalga oshiriladi;

  • toʻlovlar xoʻjalik organlarining hisobvaragʻidagi mablagʻlari hisobidan, baʼzida bank krediti hisobidan amalga oshirishi mumkin;

  • toʻlov qoidasi mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida kelishib olinadi;

  • mol yetkazib beruvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish mazkur mablagʻlarning mol sotib oluvchining hisobvaragʻidan oʻchirilganidan keyin amalga oshiriladi.

Bank muassasasida hisob-kitob varagʻini ochish uchun korxona quyidagilarni taqdim qilishi lozim:

  • hisobvaraqni ochish haqida ariza (0401025-shakl); uni korxona rahbari imzolashi shart;

  • korxonaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida hujjat;

  • korxonaning notarius tasdiqlagan ustavi nusxasi;

  • imzolar namunalari va muhr nusxasi tushirilgan, notarius tasdiqlagan varaqcha (0401026-shakl);

  • korxonani tuzish haqidagi taʼsis shartnoma (muassisning qarori, taʼsischilar umumiy yigʻilishining qarori) nusxasi;

  • soliq organida roʻyxatdan oʻtganligi va identifikatsiyalashgan soliq toʻlovchi nomeri berilganligi toʻgʻrisida notariusda tasdiqlangan guvohnoma koʻchirmasi yoki shaxs soliq toʻlovchi subyekt emasligi toʻgʻrisida maʼlumot.

Korxonaning hisobvaragʻidan olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yuboruvchiga toʻlanmalari, byudjetdan, ijtimoiy sugʻurtadan boʻlgan qarzni toʻlash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun toʻlangan pul mablagʻlari aks ettiriladi.
Odatda, bank tomonidan har qanday pul oʻtkazib berish yoki naqd pul berish korxona yoki hisobvaraqni tasarruf etuvchining buyrugʻi yoki u bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning hujjatlari boʻyicha uning hisob-kitob varagʻidan pulni majburiy oʻtkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrugʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq va yigʻimlar, shuningdek, ular boʻyicha jarima va boqimandalar summasini; qondirilgan daʼvolar summasini – ijro varaqlari, xoʻjalik sudining buyrugʻi boʻyicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini; bank tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar summasini.
Toʻlov shakllari deganda, odatda, huquqiy meʼyorlarda koʻzda tutilgan, kreditor hisobiga mablagʻlarni oʻtkazish usuli, hisob-kitob hujjati turi va hujjatlar aylanish tartibi bilan farqlanuvchi naqd pulsiz toʻlovlar shartlari koʻzda tutiladi.
Korxonalar oʻrtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi shakllari mavjud:

1-chizma. Naqd pulsiz hisob-kitob turlari.
Mablagʻlarni toʻlovchi bilan oluvchi oʻrtasidagi toʻlovlar shakli shartnoma (kelishuv) bilan belgilanadi.
Hisob-kitob hujjatlari belgilangan standartlar talablariga muvofiq kelishi va hisob-kitob hujjati nomi, hisob-kitob hujjati raqami, uning yozilgan kuni, oyi, yilini oʻz ichiga olish kerak. Kun raqamlarda, oy soʻz bilan, yil raqamlar bilan koʻrsatiladi, hisoblash mashinalarida toʻldiriladigan toʻlov hujjatlarida oy raqamlarida koʻrsatilishi mumkin, toʻlovchi bankining raqami, toʻlovchi bankining nomi koʻrsatiladi, toʻlovchi bankining nomi oʻrniga hujjat matnida uning firma belgisi; toʻlovchining nomlanishi, uning bankdagi hisob raqami; mablagʻ oluvchining nomlanishi, uning bankdagi hisob raqami; oluvchi bankining nomlanishi (chekda koʻrsatilmaydi), mablagʻ oluvchi bankning raqami koʻrsatilishi mumkin. Toʻlovchi va mablagʻ oluvchi nomining banklar va mijozlar ishini qiyinlashtirmaydigan oqilona qisqartirilishiga yoʻl qoʻyiladi, toʻlov maqsadi koʻrsatiladi (chekda koʻrsatilmagan).
Bank pul berish, naqd pulsiz oʻtkazishlar, baʼzi hollarda hisobga yozishlari ham maxsus shakldagi hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi, ularga rahbar va bosh buxgalter imzo chekib, korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan ayrim hollarda bank pul mablagʻlarini korxonaning hisob-kitob varagʻidan inkasso yoʻli bilan majburiy tarzda oʻchiradi. Bundan tashqari, bank ssudalaridan foydalanganlik uchun foizlar, toʻlash muddati oʻtgan ssudalar boʻyicha summalar, bank xizmatlari qiymati singari va hokazo pul summalarini oʻzining xohishiga qarab hisobdan oʻchiradi. Bunda bank pullarni hisobkitob varagʻidan oʻchirish, shu jumladan pullarni byudjetga oʻtkazish va kassaga ish haqi uchun berishni unga tegishli hujjatlar kelib tushgandagidek ketma-ketlikda amalga oshiradi.
Korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarda ular oʻrtasida koʻzda tutilgan toʻlov shakliga bogʻliq holda hujjatlar qoʻllanadi. Agar shartnomada korxonaning oʻzi qarzini mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va turli tashkilotlarga oʻtkazishi koʻzda tutilgan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi yoziladi.
Toʻlov topshiriqnomasi korxonaning oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka oʻz hisobvaragʻidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshirigʻi hisoblanadi. Bunda toʻlovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriqnoma taqdim etadi.
Topshiriqnomalar yozilgan kundan boshlab 10 kun davomida amal qiladi (yozilgan kun hisobga kirmaydi).
Tomonlarning kelishuviga koʻra topshiriqnomalarga asoslangan toʻlovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan boʻlishi mumkin.
Muddatli toʻlov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:

  • boʻnak toʻlovi, yaʼni tovarlarni yuklab joʻnatish yoki xizmatlar koʻrsatishdan oldin;

  • tovar yuklab joʻnatilganidan soʻng, yaʼni tovarni toʻgʻridan-toʻgʻri akseptlash yoʻli bilan;

  • yirik bitimlarda qisman toʻlovlar.

Muddatidan oldin va muddati uzaytirilgan toʻlovlar shartnomaviy munosabatlar doirasida, tomonlarning moliyaviy mavqeiga zarar keltirmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Olingan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun topshiriqnomalar bank tomonidan ular taqdim etilgan kunda hisob-kitob varagʻida mablagʻlar boʻlganda yoki bank ssudasi hisobiga imkoniyati mavjud boʻlgandagina qabul qilinadi.
Toʻlovlarning toʻlov talabnoma-topshiriqnomalari shaklida mol yetkazib beruvchi mahsulotni yuklab joʻnatgandan soʻng toʻlov talabnomasini yozib, unga xizmat koʻrsatadigan bankka topshiradi. U xaridordan pulni undirish va uni mol yetkazib beruvchining hisob-kitob varagʻiga kiritish uchun talabnomani xaridorning bankiga joʻnatadi. Toʻlovchining aksepti (roziligi) mavjud boʻlganda, hisobvaraqlar haqi toʻlanadi. Agar shartnomaga muvofiq korxonaning oʻzi xaridorlardan berilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar qiymatini undirish kerak boʻlsa, toʻlov talabnomatopshiriqnomasi tuziladi, uning shakli va mazmuni toʻlov topshiriqnomasiga oʻxshashdir.
Toʻlov talabnoma-topshiriqnomasi mol yetkazib beruvchining xaridorga bankni chetlab oʻtib, unga yuborilgan toʻlov va yuklab joʻnatish hujjatlari asosida, shartnoma boʻyicha yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabini ifodalaydi.
Toʻlovchi olingan toʻlov talabnoma-topshiriqnomasini toʻlash imkoniyatini belgilab, uni xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga topshiradi, toki toʻlov talabnoma-topshiriqnomasi boʻyicha akseptlangan summa toʻlovchi hisobvaragʻidan mol yetkazib beruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilsin.
Toʻlov talabnoma-topshiriqnomalarini mol yetkazib beruvchi 0401040 – son blankda yozadi va shartnomada koʻzda tutilgan yuklab joʻnatish hamda boshqa hujjatlar bilan birga 3 nusxada bevosita xaridorga yuboriladi.
Birinchi nusxa belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, mol yetkazib beruvchining imzolari va muhr izi qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Toʻlov talabnoma-topshiriqnomasi toʻlovchi hisobvaragʻida mablagʻ boʻlganida qabul qilinadi.
Toʻliq yoki qisman toʻlashga rozi boʻlinganda toʻlovchi toʻlov talabnomatopshiriqnomasining barcha nusxalarini hisobvaraqni tasarruf etishga vakolatli shaxslar imzolari va muhr izi bilan rasmiylashtiradi hamda ularning hammasini xizmat koʻrsatuvchi bankka topshiradi, bunda:

  • birinchi nusxa mablagʻlarni toʻlovchi hisobvaragʻidan chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi va muomala yakunlanganidan soʻng bank uchun hujjatlarda joylashtiriladi;

  • ikkinchi nusxa mol yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatadigan bankka yuboriladi;

  • uchinchi nusxasi yuklab joʻnatish hujjatlari bilan birga joʻnatish uchun qabul qilish va tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar haqi toʻlangani toʻgʻrisida tilxat sifatida toʻlovchiga qaytariladi.

  • toʻlovchi bankka akseptlangan toʻlov talabnoma-

topshiriqnomalarini taqdim etishi shart boʻlgan muddatni tomonlar shartnomada belgilaydi va uni bank nazorat qilmaydi.
Toʻlov talabnoma-topshiriqnomasi unga ilova qilingan yuklab joʻnatish hujjatlari va toʻlashdan bosh tortilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga bevosita mol yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi. Kelib tushgan va toʻlanmagan toʻlov hujjatlari hisobini toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiradi. Toʻlov talabnomasi hisob-kitob hujjati boʻlib, mol yetkazib beruvchi (yuk joʻnatuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning toʻlovchiga muayyan summani bank orqali toʻlash toʻgʻrisidagi talabini oʻz ichiga oladi.
Toʻlov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va toʻlovlarni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
Toʻlov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat koʻrsatuvchi bankka inkasso uchun toʻlovchidan muayyan summani bank orqali toʻlash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.
Toʻlovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar oʻrtasida yuklab joʻnatilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun, boshqa toʻlovlar boʻyicha esa – amaldagi qonunlar yoki shartnomada koʻzda tutilgan hollarda qoʻllanadi, talabnomada mazkur toʻlov shaklini belgilagan tegishli meʼyoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga toʻlanadi.
Toʻlovchi unga xizmat koʻrsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan soʻng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi toʻgʻrisida aytish huquqiga egadir.
Zarurat tugʻilganda korxonaning soʻroviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Bank tomonidan 10 kun mobaynida rozilik (aksept) olinmagan taqdirda bunday talabnomalar bank muassasasiga qaytarilib, hujjat akseptlanmagani koʻrsatiladi.
Akseptdan voz kechishlarni qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxslar doirasi bank rahbari tomonidan belgilanadi. Agar akseptdan voz kechish umuman asoslab berilmagan boʻlsa, uni bank ijro etish uchun qabul qilmaydi.
Xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisobkitoblarda tijorat banklarining veksellari boʻyicha hisob-kitoblar borgan sari keng qoʻllanilmoqda.
Veksel bir tomon (veksel beruvchi) ikkinchi tomonga (veksel tuzuvchiga) bergan va gerb yigʻimi toʻlangan, belgilangan shaklda tuzilib, soʻzsiz yozma qarz pul majburiyati hisoblanadi. Veksellar oddiy va oʻtkazma veksellar boʻlishi mumkin.
Oddiy veksel yozma hujjat boʻlib, veksel beruvchi (qarzdor) ning muayyan pul summasini muayyan muddatda va muayyan joyda veksel tutuvchiga yoki uning buyrugʻiga binoan toʻlashi toʻgʻrisida oddiy va hech narsa bilan shartlanmagan majburiyatidir.
Oʻtkazma veksel (tratta) yozma hujjat boʻlib, veksel beruvchining toʻlovchiga muayyan pul summasini muayyan muddatda va muayyan joyda oluvchiga yoki uning buyrugʻiga binoan toʻlashi toʻgʻrisida soʻzsiz buyrugʻidir.
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligida veksellardan amalda foydanilmayapti. Ular muomalada boʻlmasada, ammo hisobkitoblarning qulay usulidan biri boʻlib hisoblanadi.
Inkasso topshiriqnomalariga binoan toʻlovlar hisobi korxonalar hisobvaraqlarini mablagʻlarni ular roziligisiz hisobdan oʻchirishning quyidagi hollarida qoʻllanadi: byudjetga toʻlovlar boʻyicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va mablagʻlarni hisobdan oʻchirishning soʻzsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmoyishlari boʻyicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar boʻyicha.
Mablagʻlarni hisobvaraqlardan soʻzsiz tartibda hisobdan oʻchirish undiruvchilarning toʻlov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Rejali toʻlovlar tartibidagi hisob-kitoblar shakli korxonalar oʻrtasida, yaʼni mol yetkazib beruvchi va xaridor oʻrtasida doimiy aloqa mavjud boʻlgan hollarda qoʻllaniladi. Hisob-kitobning bu shakli mashinasozlik korxonalarida, koʻmir, gaz, metall sotib olishda, oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan savdo tashkilotlari oʻrtasida non, sut mahsulotlarini sotish va sotib olishda qoʻllaniladi. Uning xususiyati shundaki, hisob-kitob har bir joʻnatilgan mahsulot uchun emas, balki belgilangan muayyan muddatda, yaʼni har kuni yoki 3-5 kunda bir marta olib boriladi. Ushbu shakldagi hisob-kitobning toʻgʻri olib borilishini bank nazorat qilib turadi. Hisob-kitob hujjatlari xaridor yoki mol yetkazib beruvchi tomonidan yozilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan joʻnatilgan mahsulot va toʻlangan pul tekshirib turiladi, oʻrtadagi farq qoʻshimcha mablagʻ toʻlash yoki mahsulot joʻnatish bilan tartibga solinadi.
Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi boʻlib, bank bu hujjatni mijozning topshirigʻiga koʻra shartnoma boʻyicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga koʻra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib beruvchiga pul toʻlashi yoxud shunday toʻlovlar oʻtkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda koʻzda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib qoʻyiladi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: • qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan);
• qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan.
Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank toʻlovchining oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga “Akkreditivlar” degan alohida balans hisobvaragʻiga qoʻyish uchun mahsulot yetkazib beruvchi banki (ijrochi bank) ixtiyoriga oʻtkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv hisoblanadi.
Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari oʻrnatilgan hollarda qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvaragʻidan butun akkreditiv summasini chiqarib olish huquqini berish yoʻli bilan ochilishi mumkin.
Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq koʻrsatilishi kerak. Agar shunday koʻrsatma boʻlmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan deb hisoblanadi.
Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditiv faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun ochilishi mumkin.
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi toʻlovchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Shartnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi zarur:

  • emitent bank nomi;

  • akkreditiv turi va uni ijro etish usuli;

  • akkreditiv ochilgani toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchiga xabar qilish usuli;

  • akkreditiv boʻyicha pul olishuchun mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etadigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;

  • tovar joʻnatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni rasmiylashtirishga doir talablar;

  • boshqa zarur hujjatlar va shartlar.

Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga koʻra va boshqa bank bilan oʻrnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi. Mahsulot yetkazib beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi.
Akkreditiv ochmoqchi boʻlgan toʻlovchi oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada toʻlovchi quyidagilarni koʻrsatishi shart:

  • akkreditiv ochish uchun asos boʻlgan shartnoma raqami;

  • akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va

oy);

  • mahsulot yetkazib beruvchining nomi;

  • akkreditivni ijro etuvchi bank nomi;

  • akkreditiv ijro etiladigan joy;

  • akkreditiv boʻyicha toʻlovlar oʻtkazilishiga asos boʻladigan hujjatlarning toʻliq va aniq nomi, ularni taqdim etish muddati va rasmiylashtirish tartibi (toʻliq batafsil roʻyxat arizaga ilova qilinishi mumkin);

  • akkreditiv turi va unga doir zarur maʼlumotlar;

  • akkreditiv qanday tovarlar yuklab joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish) uchun ochilayotgani, tovarlar yuklab joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish) muddati;

  • akkreditiv summasi;

  • akkreditivni amalga oshirish usuli.

Elektron toʻlov hujjatini toʻgʻri rasmiylashtirish uchun toʻlovchilar mahsulot yetkazib beruvchidan akkreditiv boʻyicha uning nomiga ochilgan hisobvaraq raqamini aniqlab olishlari kerak.
Akkreditiv ochish toʻgʻrisidagi ariza akkreditiv shartlarini bajarish uchun toʻlovchi bankiga zarur miqdordagi nusxalarda taqdim etiladi.
Bank muassasasiga kelib tushgan akkreditivlar hisobini yuritish uchun toʻlovchi bankida “puli toʻlanadigan akkreditivlar” degan balansdan tashqari hisobvaraq ochiladi.
Ijroga qabul qilingan akkreditiv maxsus shakldagi daftarda roʻyxatga olinadi. Unda sana, tartib raqami, mahsulot yetkazib beruvchining nomi, akkreditiv muddati va summa koʻrsatiladi. Akkreditivga oʻtkazish daftarda roʻyxatga olingan tartib raqami beriladi.
Cheklar bilan hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank chiqargan qoidalarda belgilab qoʻyilgan.
Hisob-kitob cheki - hisobvaraq egasi (chek beruvchi) ning hisobvaragʻidan muayyan summani oluvchi (chek ushlovchi)ning hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisida bankning maxsus blankida tuzilib, bankka yozma ravishda bergan topshiriqdir.
Hisob-kitob cheklari, nafaqat xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan jismoniy shaxslar oʻrtasida naqd pulsiz hisob-kitob qilishda qoʻllaniladi.
Hisob-kitob cheklari quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • bank akseptlamagan cheklar;

  • bank akseptlagan cheklar;

  • egasining nomi yozilgan (hisob-kitob) cheklari – bir martalik;

  • limitlangan daftarchalar cheklari.

Chek blanklari Markaziy bank bilan kelishib belgilangan andozada, tijorat banklarining buyurtmalari boʻyicha tayyorlanadi. Chek daftarchalarining blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
Limitlangan chek daftarchalaridan berilgan cheklar ularni xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etish uchun 10 kun mobaynida amal qiladi. Bunda ular yozib berilgan kun hisobiga kirmaydi.
Cheklar toʻlov summasi belgilangan vaqtda yozib boriladi. Chek daftarchalarining egalari ularni mahsulot yetkazib beruvchilar (chek boʻyicha pul oluvchilar) ga berishi, shuningdek toʻldirilmagan chek blanklariga imzo chekib qoʻyishi taqiqlanadi.
Hozirgi kunda respublikamiz amaliyotida hisob-kitob shakllarining bir necha turi amal qilmoqda. Yuqorida sanab oʻtilgan hisob-kitob shakllaridan akkreditiv shakli eng samaralisi hisoblanadi. Ammo rivojlangkan mamlakatlar tajribasidan maʼlumki, koʻpgina davlatlarda hisob-kitob shakllarining ilgʻor turlari, jumladan faktoring shakli keng qoʻllaniladi. Faktoring shakli korxona va tashkilotlar oʻrtasida boʻladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va tezkorlik bilan amalga oshirishga xizmat qiladi. Fikrimiz, respublikamiz amaliyotida ham hisob-kitobning ushbu shaklini qoʻllash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kassa va bank muomalalari auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning asosiy maqsadi: kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd mablagʻlari, bankdagi xisob-kitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan oʻtkazib, moliyaviy hisobotning“ Pul mablagʻlari” boʻlimi buyicha maʼlumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablagʻlarini hisobga olish uslubiyotining Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan meʼyoriy xujjatlarga muvofiqliligi toʻgʻrisida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining Maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini taʼminlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun kuyidagi vazifalarni xal etish zarur: inventarizatsiya oʻtkazish yuli bilan kassadagi mavjud pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldigʻini aniqlash, kassa muomalalarini xisobga olishda “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi ruyxatga olingan №65,17-dekabr 1998 y) qay darajada rioya qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi xisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar buyicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; oʻtkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzit va xulosa qilish.
Bankdagi schyotlar buyicha muomalalarni tekshirishda auditor quyidagi maʼlumot manbalaridan foydalanadi:

  • hisob yuritish siyosati toʻgʻrisidagi buyrukning pul mablagʻlari hisobiga doir boʻlimi;

-6ankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar buyicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks etgirishni tartibga soluvchi asosiy meʼyoriy hujjatlar (Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida Nizom(yangi taxririhOʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ruyxatga olingan N2496, 8-oktyabr 1999 y);
-buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (l-shakl) va pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot (4-shakl);

  • bankdagi schyotlar buyicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob registrlari;

  • bankdagi schyotlarga doir muomalalarni rasmiylashtiradigan dastlabki xujjatlar;

  • bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun

qoʻllaniledigan ishchi schyotlar rejasi;

  • buxgalteriya hisobining korxonada qoʻllaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablagʻlarni hisobga olishga doir registrlar ruyxati;

  • bankdagi schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga olish bilan bogʻliq boʻlgan dastlabki xujjatlarning xujjatlar aylanish grafigi;

  • bankdagi schyotlarga doir muomalalar buyicha pul va hisobkitob hujjatlarini imzolash xuquqiga ezga shaxslar ruyxati.

Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablagʻlari va kassa muomalalarini xujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qogʻozlar va qatʼiy hisobot blanklarini tekshiruvdan oʻtkazadi. Bunda pul mablagʻlarini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar pa meʼyoriy xujjatlarga asoslanish zarur.

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling