Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


Download 144.43 Kb.
bet14/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

Xulosa


Mana bir necha yildirki respublikamiz iqtisodiyoti bozor munosabatlari qonuniyatlari asosida rivojlanish yoʻli tomon bormoqda. Mulkiy munosabatlardagi, boshqaruv tizimidagi oʻzgarishlar bizni koʻproq faoliyat samaradorligi haqida, resurslar tejami va iqtisodi haqida oʻylashga majbur qilmoqda.
Bozorning asosiy subektlari boʻlgan korxona va tashkilotlar yagona bitta maqsad asosida ishlamoqdalar, u ham boʻlsa, foyda olish va faoliyat samaradorligini oshirish. Bu jarayonda, albatta, pul mablagʻlaridan samarali foydalanish taqozo qilinadi.
Shuningdek, hozirgi kunda respublikamiz hukumati chet el investorlarini jalb etishda koʻp ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi, qoʻshma tadbirkorlik va xorijiy kapitalni jalb qilish va ularga imtiyozlar berishga qaratilgan Prezident Farmonlari va bir qator qonunlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlarning qabul qilinishi chet el sarmoyalarini jalb qilishni yanada jadallashtirib, bu sohada tub oʻzgarish yasashi shubhasizdir. Shuningdek, ular xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy huquqlarini yanada kengaytirib, faoliyatini ragʻbatlantirish uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Shularni inobatga olgan holda, quyidagi asosiy takliflarni kiritmoqchiman.

  1. Maʼlumki, inflyatsiya asosan naqd pul oborotining sekinlashuvi natijasida yuzaga keladi. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining asosiy vazifalaridan biri - milliy valyutamiz qadrini koʻtarish hisoblanar ekan, asosiy eʼtiborni naqd pul emissiyasini qisqartirishga qaratish lozim. Respublikamizda naqd pul muomalaga ish haqi va mukofotlar berish, nafaqalar toʻlash, kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash va boshqa maqsadlar uchun chiqariladi. Ushbu maqsadlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishda asosan plastik kartochka tizimini keng qoʻllash lozim. Zero, mamlakatimiz pul oborotida plastik kartochka tizimini joriy etish davr taqozosi boʻlib, bu tizim soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishda hamda inflyatsiyani jilovlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

  2. Chet el valyutasida muomalalarni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar oʻzlarining valyuta tushumlaridan majburiy ravishda sotadigan qismini, yaʼni 50 foizini kamaytirishga harakat qilish kerak. Chunki majburiy ravishda sotiladigan valyutaning foizi qanchalik kam boʻlsa, korxona va tashkilotlar ixtiyorida shunchalik koʻp valyuta mablagʻi qoladi. Bu esa, oʻz navbatida, korxona va tashkilotlarning kengaytirishga hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga turtki boʻladi.

  3. Amalda qoʻllanilib kelayotgan soliq undirish tartibidan koʻrinib turibdiki, nizom fondidagi tomonlar ulushining arzimagan 1 foizga yoki boʻlmasa nizom fondidagi belgilangan miqdorning kattaligidan 1 dollarga oshishi yoki kam boʻlishi korxona uchun sezilarli holda soliq imtiyozi berayapti va aksincha, imtiyozdan mahrum qilmoqda. Bu holat korxona uchun ham, byudjet uchun ham qanday moliyaviy taʼsir koʻrsatishi koʻrinib turibdi.

Shu oʻrinda bizning taklifimiz, soliq differensiyasini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Ushbu taklifga koʻra, soliq stavkasi yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) belgilanganligi boʻyicha 20 foiz boʻlib, biroq xorijiy investorning ulushidan kelib chiqqan holda soliq summasiga nisbatan differensiatsiyasi oʻrnatilsa, talabga javob bergan boʻlar edi.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi audit milliy andozasi №70-“Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot boʻyicha auditor xulosasi” andozasiga qoʻshimcha ravishda xalqaro amaliyotda qoʻllanilayotgani kabi tushuntirish qismi mavjud auditorlik xulosasini amaliyotga kiritish menimcha maqsadga muvofiq boʻlardi. Sababi amaliyotda korxona moliyaviy hisoboti shakllanilayotganda chet el valyutasidagi debitorlik qarzlari boʻyicha ijobiy kurs tafovutlari foyda shakllanishida muhim oʻrin tutishi mumkin. Biroq qarzdor korxona bu qarzni toʻlay olmasa, u korxonaga tabiiyki zarar olib kelishi mumkin yoki korxona kreditorlik qarzi boʻyicha salbiy kurs farqi Oʻebekiston Respublikasi Moliya Vazirligining №119 Nizomiga muvofiq korxona zarar bilan chiqmasligi uchun faqat olgan foydasi bilan qoplanadigan qismigina hisobdan chiqariladi va bu ham korxona moliyaviy natijasini shakllanishida muhim hisoblanadi. Shu sababdan bu holatlarda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar bu muhim, deb hisoblangan omillardan boxabar boʻlishlari uchun auditorlar oʻz hisobotlariga tushuntirish qismini kiritishlari maqsadga muvofiq boʻlardi.


Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling