Bitiruv malakaviy ishi obyekti va predmeti. bitiruv malakaviy ishning obyekti boʻlib, respublikamizning turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida kassa va bank muomalalari auditi maʼlumotlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti boʻlib, kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazish tartibini oʻrganish va uni takomillashtirish masalalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari boʻlib,
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari va maqolalarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga oid masalalari boʻyicha bayon etgan xulosalaridan muhim manba sifatida foydalanildi. Bundan tashqari ilmiy ishda asos boʻlib, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, Moliya Vazirligi nizom va yoʻriqnomalari, shuningdek, mamlakatimiz yetakchi olimlari va mutaxassislarining ushbu muammoga oid ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilarda oʻz ifodasini topgan:
bozor iqtisodiyoti sharoitida kassa va bank muomalalari auditini oʻtkazishing ahamiyati va zarurligi ochib berildi;
bank hisobvaraqlarida amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirish tartibi tadqiq qilindi;
korxonalarda kassa ishini tashkil qilish va kassa intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi;
kassa muomalalari auditini oʻtkazish hozirgi holatini oʻrgangan holda uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi;
bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditining ketma-ketligi yoritib berildi;
bankdagi pul mablagʻlari auditini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
auditorlik tekshiruvida pul mablagʻlari harakatiga baho berish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |