Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Download 1.17 Mb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1052109
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jaxongir Tog`ayev


О‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIYVAО‘RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TERMIZ FILIALI
“Tabiiy va aniq fanlar” fakulteti
“Matematika va Informatika fanlarini o’qitish” kafedrasi
“Informatika o’qitish metodikasi” fanidan

Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani:Xasanov F
____” _______ 2020 yil

Kurs ishi
MAVZU: Excel electron jadvalda kremer usuli bilan masalalar yechish

Himoyaga tavsiya etilsin
kafedra mudiri:To`rayev X
____” ____ 2021 yil
Ilmiy rahbar: To`rayev R
Talaba: 2 – kurs 201 - guruh
Talabasi Tog‘ayev Jahongir
TERMIZ 2021




Mundareja


Kirish 3
II BOB.Nazariy qisim 6
2.1 Excel dasturini yuklash va unda ishni tugatish 6
2.2 Microsoft Excelda formula va funktsiyalar bilan ishlash. 13
2.3 Oylik ish haqqini hisoblash dasaturini tuzish 17


Kirish


Kupchilik hollarda qayta ishlanadiga ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida tasvirlaymiz. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang’ich ma’lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadagan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Masalan: o’quvchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mexnat haqini hisoblash talab qilinsin, u holda terilgan paxta miqdori –A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to’lanadigan ish haqi bahosi (sumda) –B, boshlang’ich ma’lumot sifatida va har bir o’quvchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma’lumot bo’lib hisoblanadi.
Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko’rinishida tasvirlash maqsadiga muvofiqdir. Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash ularni taxlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun kupchilik hollarda hisob- kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqilgan bo`lib ular elektron jadvallar yoki jadval protsissori deb ataladi. Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni echish uchun mo’ljallangan, lekin uning yordamida injenerlikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar bo’yicha hisob-kitoblar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p, masalan: moliyaviy, buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar, kundalik ho’jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi programma bo’lib, u Windows operatsion sistemasi boshkaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga muljallangan.
Excel da tayyorlangan har bir xujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLS kengmaytmadan iborat fayl buladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlardan iborat. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan buladi.
Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farki barcha hisob ishlarini uning uzi bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Varaqlarning beshta tipi mavjud. Bu tiplardan: Varaqdan raqamli ma‘lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash uchun; Diagrammadan diagramma tuzish va saqlab qolish uchun foydalaniladi. Ikki tipdagi varaq mikro dasturlashda qo‘llaniladi. Ulardan Makros MS EXCEL 4.0 versiyadagi dasturda EXCEL 4.0 da tuzulgan makroslarini qo‘llash imkonini beradi. Ikkinchi tip mejdun deb nomlangan. Makroslar varag‘i ijrosi milliy sozlanishga bog‘liq bo‘lmagan makros buyruqlarini tuzish uchun xizmat qiladi. EXCEL 5.0 muloqot darchasi varag‘i muloqot darchalarini tuzish uchun mo‘ljallangan.
An’anaviy buxgalterlik grassbux (katta kitobi) da bo‘lganidek, kitobning ish varaqlarini to‘r bilan qatorlar ustunlariga bo‘ling. Har bir ustunga uning sarlavhasi sifatida paydo bo‘ladigan ma‘lum harf mos keladi. Ustunlarning sarlavhalari A dan to IV gacha (Z ustundan keyin AA, AZ ustunidan so‘ng BA keladi va shu tarzda IV gacha davom etadi) bo‘lgan diapazondagi o‘lchamlarga kirishi mumkin. Shunday qilib, jadvaldagi ustunlarning maksimal miqdori 256 tani tashkil qiladi. Har bir ustunga varaq to‘rining chap tarafidan qatorning sarlavhasi sifatida yoziluvchi butun son belgilanadi. Qatorlarning tartib raqamlari 1 dan 65536 gacha o‘zgartirilishi mumkin.
Qatorlar va ustunlarning kesishgan joyida katak joylashgan. Kataklar har qanday ish varag‘ining asosiy qurilish bloklaridir. Har bir katak varaqda faqat o‘ziga xos bo‘lgan nodir o‘rinni egallaydi, unda axborotni aks ettirish va saqlash mumkin va u kataklar manzili yoki ishora deb ataluvchi hamda beshta ma’noga ega bo‘lgan koordinatlarga egadir. Masalan, A ustuni va 1-qatorning kesishuvida joylashgan katak А1 manziliga ega. Ajratilgan katak faol yoki joriy katak deb ataladi. Faol katakning nomi formulalar qatorining chap chetidagi nom hoshiyasiga chiqariladi.
Uskunalar panellarining ostida formulalar qatori joylashgan, u kataklarning ichidagi ma‘lumotlarni qayta ishlashga (ma‘lumotlarga ishlov berishga) mo‘ljallangan. Bu qator uch qismga bo‘lingan. Qatorning chap qismida topilgan katakning manzili, nomi yoki katakning vazifalari ko‘rsatilgan nom hoshiyasi joylashgan, o‘ng qismida esa tanlangan katakning ichidagi ma‘lumotlar ko‘rsatiladi. Ma‘lumotlarni tahrir qilish, yo katakda, yoki formulalar qatorida amalga oshiriladi.
Ma‘lumotlarni tahrir qilish rejimiga o‘tish uchun formulalar qatorida F2 tugmachasini bosish yoki formulalar qatorining o‘ng qismini chertish kerak. Ma‘lumotlarni katakning ichida tahrir qilish rejimini o‘rnatish uchun uni qo‘shaloq qilib chertish zarur. Buning oqibatida katak faol katakka aylanadi va unda kiritish kursori paydo bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, formulalar qatori katakning ichida bo‘lgan ma‘lumotlarni ishlovdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tuzilmalarga ega. X belgisi qo‘yilgan tugma oxirgi harakatni bekor qilish uchun qo‘llaniladi. Bu tugma chertilganidan so‘ng katak ichidagi ma‘lumotlarning so‘nggi o‘zgarishlari bekor qilingan hisoblanadi (bu tugmaning harakati Esc tugmachasining harakatiga o‘xshashdir). V tаvsifli tugma ma‘lumotlarning kiritilishini yoki yacheykaning ichidagi ma‘lumotlarning o‘zgarganini tasdiqlash uchun xizmat qiladi, u Enter tugmachasiga mos keladi. Uchinchi tugma yordamida formulalar kiritiladigan va tahrir qilinadigan formulalar panelini faollashtirish mumkin.
Formulalar qatorining chap qismida faol katakning manzili yoki ajratilgan diapazonning o‘lchami ko‘rsatiladigan nomlar hoshiyasi joylashgan.

II BOB.Nazariy qisim


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling