Reaksiyaga kirishayotgan moddalar sistemasining to‘g‘ri va teskari reaksiyalaning tezligi o‘zaro teng bo‘lgan holati kimyoviy muvozanat deyiladi.
Misol: reaksiya uchun massalar ta’sir qonunini qo‘llasek quyidagicha matematik ifoda kelib chiqadi.
- to‘g‘ri reaksiya tezligi.
- teskari reaksiya tezligi.
- Kimyoviy muvozanat.
Agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkazilsa (konsentratsiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama-qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning borishiga yordam beradi.
Misol: ushbu reaksiyada;
Vodorodni konsentratsiyasi oshirilsa muvozanat vodorodni konsentratsiyasini kamaytirish tomonga qarab siljiydi. YA’ni vodorod azot bilan birikib ammiak hosil bo‘lish tomonga, o‘ngga siljiydi.
Azotni konsentratsiyasini oshirsek, muvozanat azotni konsentratsiyasini kamaytirish tomonga qarab siljiydi. YA’ni azot vodorod bilan birikib ammiak hosil bo‘lish tomonga, o‘ngga siljiydi.
Ammiakni konsentratsiyasini oshirsek, ammiakni konsentratsiyasini kamaytirish tomonga qarab siljiydi. Ammiak vodorod bilan azotga parchalansa uning konsentratsiyasi kamayadi. YA’ni bizning misolda muvozanat chapga siljiydi.
Bosimni oshirsek kam molekulalar hosil bo‘lish tomoniga; ya’ni bizning misolda muvozanat o‘ngga siljiydi. CHunki reaksiya tenglamasini o‘ng tomonida 4 mol, chap tomonida 2 mol gazsimon modda bor. SHuning uchun bosim oshirilganda ammiak hosil bo‘lish tomoniga siljiydi.
Bosimni kamaytirsek ko‘p molekulalar hosil bo‘lish tomoniga; ya’ni bizning misolda muvozanat chapga siljiydi. CHunki reaksiya tenglamasini o‘ng tomonida 4 mol, chap tomonida 2 mol gazsimon modda bor. SHuning uchun bosim oshirilganda ammiak parchalanish tomoniga siljiydi.
Temperaturani oshirsek muvozanat endotermik reaksiya tomoniga, temperaturani kamaytirsek muvozanat ekzotermik reaksiya tomoniga siljiydi. Bizning misoldagi reaksiya ekzotermik, ya’ni issiqlik ajrab chiqishi bilan boradigan reaksiyadir. SHuning uchun muvozanat chapga siljiydi. Temperaturani kamaytirsek muvozanat o‘ngga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |