Ba’zi moddalar qattiq katalizatorlarning aktivligini kamaytiradi yoki butunlay yo‘qotadi. Bunday moddalar katalitik zaharlar deyiladi.
Misol: Mishyak, simob, oltingugurt, qo‘rg‘oshin birikmalarini, sianli birikmalarni keltirish mumkin Ular ayniqsa platina katalizatoriga tez ta’sir ko‘rsatadi. ushbu reaksiyaga platina katalizator, agar reaksiyaga kirishayotgan moddalarga katalitik zahar qo‘shilib qolsa katalizator bilan katalitik zahar o‘rtasida reaksya ketadi. Ammiak hosil bo‘lish reaksiyasiga katalizatorlik qila olmaydi. YA’ni katalizator zaharlandi, katalizatorlik xususiyatini to‘xtatdi degani.
Katalizatorlar tanlab ta’sir etadi, shu sababli turli katalizatorlarni ishlatib, bitta moddaning o‘zidan turli xil mahsulotlar olish mumkin.
Misol:
reaksiyalardan ko‘rinib turibdiki, bir hil haroratda turli xil katalizatorlar ishlatib, bitta moddadan turli xil moddalar olish mumkin. Bu katalizatorni tanlab ta’sir etishi deyiladi.
Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar ohirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi.
Quyidagi hollarda reaksiyalar qaytmas bo‘ladi:
Hosil bo‘ladigan mahsulotlar reaksiya doirasidan chiqib ketadi – cho‘kma holida tushadi, gaz holida chiqadi. Masalan:
Kam dissotsialanadigan birikma, masalan suv hosil bo‘ladi:
Reaksiyada ko‘p energiya chiqadi, masalan magniyning yonishi:
Qaytmas reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlariorasiga tenglik ishorasi yoki strelka qo‘yiladi.
Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
Qaytar reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan ikkita strelka qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |