Mavzu: Katta ma’lumotlarni aniqlash. Katta ma’lumotlarni saqlash texnologiyasi


Download 108.94 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi108.94 Kb.
#1193604
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1.2-ma\'ruza


Mavzu: Katta ma’lumotlarni aniqlash. Katta ma’lumotlarni saqlash texnologiyasi
(Business Intelligence sinfidagi ma’lumotlar bazasini tahlil qilish. Dasturiy karkaslar va Hadoop loyihasidagi kutubxonalar)


Reja:

  1. Business Intelligence haqida

  2. Hadoop haqida ma’lumot

  3. Hadoop loyihasidagi kutubxonalar



Biznes intellektual tizimlari
Business intelligence(biznes-analitika) - aniq strukturaga ega bo'lmagan juda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash natijasida muqobil biznes yechimlar izlashga aytiladi.
Effektiv biznes-analitika ichki va tashqi ma'lumotlarni analiz qiladi - ham bozor axborotlarini, ham mijoz-kompaniyaning hisobotlarini hisobga oladi. Bu biznesni butunlay tushunishga yordam beradi, shu bilan birga, strategik va operatsion qarorlar qabul qilishga zamin yaratadi(mahsulot narxini aniqlashda, kompaniya rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini belgilab olishda).
Bu atama 1958-yilda IBM taqdiqotchisi Xans Piter Lun maqolasida birinchi bo'lib ko'rsatilgan. 1996-yilda axborot texnologiyalari bozorini o'rganishga asoslangan Gartner analitik agentligi business intelligence tarkibiga data mining metodikasini ham qo'shgan.
Ilk marta «business intelligence» atamasi muloqotga 1980 yillar oxirida Gartner tomonidan “axborotlarni olish va tadqiq etish, uni tahlil qilish, yaxshilangan va rasmiy bo‘lmagan qaror qabul qilishga olib keluvchi sezgi va tushunishni tanlash” sifatida kiritildi. Ushbu atama shuningdek, “maxlumotlarni tahlil qilish, biznesfoydalanuvchiga ma’lumotlarning juda katta hajmiga ulardan muhim axborotlarni sintezlash uchun qayta ishlashda yordam berishi mumkin bo‘lgan hisobot va so‘rovlarni o‘rnatish uskunalari , bugun, bu uskunalar umumiylikda biznes-intellekt (Business Intelligence) deb nomlanuvchi toifaga mos keladi” tushunchasining mavjudligini ham taxmin qiladi.
BI ning bunday belgilanishi ushbu fan sohasiga axborot va bilimlar bilan ishlash usullari va uskunalarining etarlicha ko‘p miqdorini qamrab olishni, shuningdek ularni biznesda qo‘llashga imkon beradi (3.3.16-rasm). Ularning ko‘lami nihoyatda keng. Hozirgi vaqtda dasturiy BI mahsulotlar ikkita asosiy sinfga bo‘linadi: BI-uskunalar va BI- ilovalar.

Download 108.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling