Mavzu: Katta ma’lumotlarni aniqlash. Katta ma’lumotlarni saqlash texnologiyasi


Birinchi toifaga so‘rov va hisobotlar generatorini kiritish mumkin


Download 108.94 Kb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi108.94 Kb.
#1193604
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.2-ma\'ruza

Birinchi toifaga so‘rov va hisobotlar generatorini kiritish mumkin. BIuskunalar rivojlanishi — bu, eng avvalo, OLAP tezkor tahliliy qayta ishlash uskunalari, korporativ BI – to‘plamlar (Enterprise BI Suites — EBIS), shuningdek turli ixtisoslashtirilgan V1-platformalar.
Ko‘plab BI-uskunalar oxirgi foydalanuvchilar tomonidan ko‘p o‘lchamli va strukturalangan ommaviy ma’lumotlar va axborotlarga omborlarda (Data Warehouse), ma’lumotlar kioskasi va vitrinalari (Data Mart) yoki ma’lumotlarning tezkor omborlarida (Prompt Data Base) joylashgan ma’lumotlar bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish va generezatsiyalash uchun kirishda qo‘llaniladi. Stol ustida foydalaniladigan OLAP-uskunalar (Business Object Explorer, Cognos Power Play, MS Data Analyzer) vaziyatni ko‘p maqsadlarda tekshirish, amalga oshirish ehtimolini rivojlantirish va baholashning ssenariysini tayyorlash uchun foydalanuvchiga ko‘p o‘lchamli va birlashtirilgan ma’lumotlarni tezkor manipulyasiyalashga imkon beradi.
Ikkinchi toifaga keladigan bo‘lsak, BI-platformalar uskunalar to‘plamidan BIilovalarni yaratish, joriy etish, qo‘llab quvvatlash va kuzatish uchun foydalanadi. Ilova so‘nggi foydalanuvchining o‘ziga xos biznes-muammolari atrofida to‘liq tahlil qilish va iqtisodiy vaziyatlar modellari tashkillashtirilgan “buyurtma” interfeyslari bilan rivojlanishga ega. BI-platformani tanlashda arxitekturaning taqsimlanganligi, modullanganlik, o‘tkazuvchanlik, mashstablilik, XML, OLE DB for OLAP, CORBA, COM/DCOM umu3m qabul qilingan standartlarni qo‘llab quvvatlash va Internetda ishlash imkoniyati kabi tavsiflarni hisobga olish zarur.
Amaliy BI-ilovaga qarorlarni amalga oshirishni qo‘llab quvvatlash tizimining (Executive Support Systems — ESS) bir qismi hisoblangan rahbarning axborot tizimi EIS misol bo‘ladi. ESS kompaniya boshqaruvining strategik bosqichida strukturalanagan qarorni qabul qilishda va istalgan amaliy va ixtisoslashtirilgan ATga qaraganda tashqi muhitdan axborotni yaxshiroq tizimli tahlil qilishga yordam beradi.
Hadoop
Apache Hadoop – bu katta ma'lumotlar bilan o'zaro aloqani osonlashtirish uchun mo'ljallangan ochiq manbali tizim, ammo bu texnologiya bilan tanish bo'lmaganlar uchun bitta savol tug'iladi: katta ma'lumotlar nima? Katta ma'lumotlar - bu RDBMS kabi an'anaviy metodologiya yordamida samarali tarzda qayta ishlanib bo'lmaydigan ma'lumotlar to'plamlariga berilgan atama. Hadoop nozik va samarali ishlov berishni talab qiladigan yirik ma'lumotlar to'plamlarida ishlashi kerak bo'lgan sanoat va kompaniyalarda o'z o'rnini egalladi. Hadoop - bu klasterlar ko'rinishida joylashgan katta ma'lumotlar to'plamlarini qayta ishlashga imkon beruvchi ramka. Ramka sifatida Hadoop katta texnologiyalar ekotizimlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan bir nechta modullardan iborat. 

Download 108.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling