Mavzu: “Katta o’yin” kontseptsiyasi va uning geosiyosiy mohiyati (l-bosqich) Reja


O’zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari


Download 181 Kb.
bet2/6
Sana13.02.2023
Hajmi181 Kb.
#1193301
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Katta o’yin” kontseptsiyasi va uning geosiyosiy mohiyati(1-bosqich)

2. O’zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari. O’rta Osiyo va Rossiya xalqlari o’rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Volgabo’yi orqali Rus savdogarlari ham, O’rta Osiyo savdogarlari ham ikki mintaqa o’rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaganlar. XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo’lib olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etadi. Natijada
Rossiya va O’zbek xonliklari bir - biriga bevosita qo’shni bo’lib qoladi. Bu holat ularning o’zaro munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi. O’rta Osiyoning savdo - hunarmandchilik doiralari o’z mahsulotlarini, ayniqsa, ipak, paxtadan to’qilgan matolarni talab qilayotgan Rossiya bilan savdo - tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan g’oyat manfaatdor edi. Rossiyaning movut, temir, mis, mo’yna, charm va boshqa mollari o’rta Osiyoda xaridorgir edi. Savdo - sotiq ishlari uchun qulay shart - sharoit yaratishda O’zbek xonliklari va Rossiya o’rtasidagi elchilik munosabatlari muhim o’rin tutardi.
Rossiya va xonliklar o’rtasida XVIII asrda olib borilgan elchilik munosabatlari ham muhim ahamiyat kasb etdi. l6l9-yilda Imomqulixonning elchisi Odambiy Moskvaga boradi va podsho Mixail Romanov qabulida bo’ladi. Podsho Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. I. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o’z saroyidagi 23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I. Xoxlov l620-l622 - yillarda Buxoro xonligining ichki va tashqi siyosati haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi. U qimmatli sovg’alar bilan Moskvaga kuzatiladi. Yozma manbalarga ko’ra, XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan l2 marta elchilar kelishgan. l583-l600 - yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva elchilari bo’lishgan. Bu misollar o’rta Osiyo va Rossiya o’rtasida savdo - diplomatik aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi.
XVIII asrdan boshlab Rossiya imperiyasining O’zbek xonliklari bilan bo’lgan munosabatlarida tazyiq o’tkazishi ustunlik qila boshladi. Bu Rossiya imperiyasining siyosatida O’rta Osiyo xonliklarini savdo - sotiqda kamsitish, ularning tabiiy boyliklariga ko’z olaytirish, strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarish kayfiyatining kuchayganligida yaqqol namoyon bo’la boshladi.
Pyotr I Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb hisoblab, ularga tazyiq o’tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz l700 - yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so’ragan. l709 - yili toj - u taxt vorisi Muhammad ham shunday qilgan edi. Pyotr l Xiva xoniga jo’natgan yorlig’ida shunday gaplar yozilgan edi: «Shohona muruvvat ko’rsatib, xonning qo’l ostidagi jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz». Biroq bu niyat u davrda amalga oshmay qoldi. Xivada boshlanib ketgan ichki urushlar va chor Rossiyasining «Shimoliy urush» bilan bandligi bunga sabab bo’ldi.
l7l3 - yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma’murlariga, Sankt - Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko’p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu ma’lumotlar ta’sirida Pyotr I O’zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich - Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi.
Bekovich - Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo’shin bor edi. Ular l7l7 - yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy to’qnashuvlar bo’ladi. Xiva xoni Sherg’ozixon hiyla ishlatib Bekovich - Cherkasskiyni qabul qiladi va uning qo’shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I uyushtirgan ekspeditsiyaning halokati Xiva - Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi.
Buxgols «ekspeditsiyasiga» kelsak, uning qo’shini l7l5 - yili Toboldan Irtish bo’ylab Yorkentga yo’l oladi. Bu guruh Yamishchev ko’lida bo’lib, u yerda istehkom quradi. Biroq ular qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo’ladilar.
l7l7 - yili Buxoro xoni Peterburgga o’z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o’z maktubida ayni paytda Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so’ragan edi. Bunga javoban Rossiya hukumati l72l - yili Florio Benevenini elchi qilib jo’natadi. Rossiya elchisiga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yo’llarini o’rganish; rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko’ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; xonlikdagi qal’a va qo’shinlari ahvolini o’rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish vazifalari yuklatilgan edi. F. Beneveni Buxoroga yetib keladi va Abulfayzxon qabulida bo’ladi.
F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o’z oldiga qo’yilgan masalalar bo’yicha qimmatli ma’lumotlar to’plashga muvaffaq bo’ladi. Ularni Sankt - Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali jo’natib turadi. Hukumatning barcha topshiriqlarini bajargan F.Beneveni l725 - yilda Peterburgga qaytib ketadi.
XVIII asrning birinchi choragida Kichik, o’rta, Katta juzga bo’lingan qozoq sultonlari o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi. Natijada ular nochor ahvolga tushib, tashqaridan yordam so’rashga majbur bo’ldilar. l730 - yilda Kichik juz sultoni Abulxayr Rossiyaga elchi jo’natib, Rossiya tobeligiga o’tish istagini bildiradi. l732 - yilda Kichik juz, l739 - l740 - yillarda Semekexon boshchiligidagi O’rtajuz, l747 - yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga o’tadi. Natijada Rossiya hukumati uchun o’rta Osiyoni o’z ta’siriga bo’ysundirish yo’lida qulay imkoniyat yuzaga keladi.
l734 - yili senat kotibi Kirilov boshchiligida harbiy guruh tayinlanadi. U «Orol dengizida Rossiya bayrog’ini ko’tarish», «Buxoro va undan Hindistonga» boradigan yo’lni ochishi, oltin konlarini izlashni davom ettirishi lozim edi. l735 - yilda Kirilov guruhi Or daryosi bo’yida Or qal’asini qurdi (keyinchalik bu qal’a atrofida Orenburg shahri vujudga keladi), Yoyiq va Irtish sohillari (Sibir)da istehkomlar barpo etdi. Xonliklar savdogarlari Rossiya bilan Orenburgda savdo - sotiq qiladigan bo’lishdi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya savdo - iqtisodiy aloqalarida o’rta Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada orta bordi. Bunda, birinchidan, Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish, ikkinchidan, Osiyoda, xususan Hindistonda Buyuk Britaniya ta’sirining kuchayib borayotganligi sabab bo’lgan.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida rus sarmoyasi o’rta Osiyo bozorida yetakchi o’rinni egalladi. Ingliz mollari Rossiya orqali olib kelinar edi. Nijegorod yarmarkasida rus savdogarlaridan tashqari O’zbek xonliklari, Eron va Hindistondan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. XIX asr boshlarida Rossiya O’zbek savdogarlari uchun katta imkoniyatlar yaratdi, ba’zi cheklashlar bekor qilindi. Endi ular Rossiyaning ichkari shaharlariga ham borib savdo qila oladigan bo’lishdi.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling