Mavzu; Kecha va kunduz romanida psixologizm Mundarija Kirish Reja; I bob. Kecha va kunduz romanida psixologizm ko’rinishlari va asardagi qahramonlarning psixologik kechinmalari
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 83.6 Kb.
|
Kecha va kunduz romanida psixologizm
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillik tufayli jahonga yuz tutgach,ilm-fanni rivojlanishiga o’zgacha e’tibor bilan qarala boshlandi hamda bu maqsadni amalgam oshirish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratildi. “Jamiyatda, uning taraqqiyotida ijtimoiy fanlarning o`rni beqiyos.Ular odamning aqliy kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega”. 1 Istiqlol yillarida barcha fan sohalarida bo`lgani kabi adabiyotshunoslik fani ham jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Ayniqsa,adabiyotshunoslikda struktural metodning kirib kelishi o`zbek adabiyotshunosligida ham yangicha tadqiq usullarining shakillanishida ahamiyat kasb etdi. Zero, Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tabirlari bilan aytganda: «Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak,avvalambor buyuk yozuvchilarimiz, buyuk shoirlarimiz, buyuk ijodkorlarimizni muqaddas,pok ruhida tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa – millat yashaydi»2.Darhaqiqat, adabiyot har bir insonning yurak-yuragiga kirib boradigan beqiyos tilsimki,uni faqatgina ruhiy tafakkur orqali his qilishimiz, rohatlanishimiz, quvonishimiz, achinishimiz, yig’lashimiz, nafratlanishimiz… mumkin. Adabiyotshunoslikda badiiy asarni an’anaviy usulda bir necha tomonlama turli tadqiq ( empepik,distributive,qiyosiy,qiyosiy tipolagik…) usullaridan foydalangan holda tahlil etiladi.Biz o`rganayotgan adabiyotshunoslikda struktural metodning kirib kelishi an’anaviylikdan chekinib, badiiy asarni yangicha tahlil qilish imkonini berdi. Strukturalizm –yangi fan bo’lib, u XX asrning o’rtalarida Fransiyada vujudga kelgan.Keyinchalik esa boshqa G’arb mamlakatlariga tarqala boshlagan. Boshqa mamlakatlar qatori strukturalizm atamasi Sharq adabiyotida (o`zbek adabiyotida) XXI asrning boshlarida Yevropa xalqlari adabiyoti ta`sirida kirib kela boshladi. XIX asr oxirlariga kelib, siyosiy oʻzgarishlar dinamikasi oshib, sinfiy kurash, mustamlakachilik muammolari avj oladi. Davr qahramonlari obrazini yaratishda ijodkor fojeaviy, chuqur xarakterlar psixologizmini qoʻllaydi. Uning qahramonlari maʼnaviy-axloqiy, gʻoyaviy-falsafiy izlanishlar orqali haq yoʻlga intiladi, oʻylaydi, fikrlaydi, oʻz-oʻzini tergaydi, oʻz-oʻzini ragʻbatlantiradi, hayot haqiqatini izlaydi, dunyoqarashi kengayadi, oʻz nafsi bilan kurasha oladi, ongi oʻsadi, oʻz-oʻzini inkor etadi, natijada qalb dialektikasi rivojlanadi. Choʻlpon “Kecha va kunduz” romanida psixologizmning mavjud usullaridan unumli foydalangan. Shunga qaramay, asarda ratsional-tahliliy, tanqidiy psixologizm yetakchiligi yaqqol seziladi. Bunga sabab yaratilgan obrazlarning murakkabligi va ziddiyatlarga boyligidir. Qahramonlar ichki olamida sodir boʻlayotgan psixologik jarayon ularning ichki “men”i orqali tahlil qilinadi. Yozuvchi har qanday ruhiy holatni ichki kechinmalarni tarkibiy qismlarga boʻlib ochib beradi. Sodir etilgan har bir harakatning maʼno-mohiyati, sabablari koʻrsatiladi.
Download 83.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling