Mavzu: kes uchun renkin siklining t-s va h-s diagrammasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
IES 3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruzachi: Dilmurod Asqarov Namangan 2022 MAVZU
Mavzu: KES UCHUN RENKIN SIKLINING T-S VA h-S DIAGRAMMASI. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI Ma’ruzachi: Dilmurod Asqarov Namangan 2022 MAVZU: KES UCHUN RENKIN SIKLINING T-S VA h-S DIAGRAMMASI. Reja: 1. Bug' turbina qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsipi. 2. Bug' turbinasi qurilmasining ideal sikli (Renkin sikli). 3. Renkin siklining P-V va T-S diagrammasi. 4. Renkin siklining h-S diagrammasi. 5. Renkin siklining termik FIK. Bug' turbinasini yaratishda turli mamlakatlarning mutaxassislari mehnat qilishdi va u buyuk xalqaro ixtiro hisoblandi. Birinchi bug' turbinasi ingliz olimi Person tomonidan 1885 yilda qurildi va u 6 ot kuchi quvvatiga ega edi, 1913 yilda quvvati 34000 ot kuchiga ega bo'lgan bug' turbinasi qurildi. Keyinchalik bug' turbinasi takomillashtirildi, uning iqtisodiyligi ortdi va uning quvvati tez oshdi. Tez harakatlanuvchi quvvatli bug' turbinasi o'rnini porshenli bug' mashinasi egalladi va u issiqlik elektr stansiyalarining yirik yuritgichlari bo'lib hisoblandi. Hozirgi vaqtda issiqlik elektr stansiyalarida yagona quvvatli bug' turbina qurilmalari ishlaydi, ularning quvvati bir necha yuz ming kilovatt, alohida qurilmalarning quvvati esa million kilovattdan oshadi. Bug' turbinali eletr stansiya bilan umumiy tanishish uchun uning prinsipial texnologik sxemasini ko'rib chiqamiz (1-rasm). Issiqlik elektr stansiyasi (IES) sanoat korxonasi hisoblanib, ularning xomashyosi yoqilg'i, ishlab chiqaradigan mahsuloti esa-elektr energiyasi va issiqlikdir. Yuqori bosimli va yuqori haroratli ishchi jism bug' generatorida (bug' qozonida) hosil qilinib, bug' qozoni qiyin issiqlik almashinuvi qurilmasi hisoblanadi. Zamonaviy bug' generatorining o'txona 1 sida yoqilg'i (gazsimon, suyuq, qattiq) yoqiladi. Hosil bo'lgan yonish mahsulotlari quvurchali qizdirish yuzasi 2 orqali issiqligini suvga uzatadi, suvning bir qismi bug'ga aylanadi va bug'-suvli aralashma baraban-separator 3 ga tushadi. Bug' generatorining barabanida bug' suyuqlikdan ajratiladi va bug' o'ta qizdirgich 4 ga yuboriladi, u yerda bug' yoqilg'ining yonish mahsulotlari bilan o'ta qizdiriladi. Bug' o'ta qizdirgichdan o'tgan gazlar yuqori haroratga ega bo'ladi, ularni sovitishda issiqligidan suvli ekonomayzer 5 da ta'minot suvini qizdirish va havo qizdirgich 6 da havoni qizdirish uchun foydalaniladi. Sovitilgan tutun gazlari kul tutgich 7 da uchuvchan kuldan tozalanadi va tutun so'rgich 8 yordamida tutun quvuri 9 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Yoqilg'ini yonishi uchun zarur bo'lgan havo so'ruvchi ventilyator 10 orqali atmosferadan so'rib olinadi va havo qizdirgich orqali o'txonaga uzatiladi. Havoni havo qizdirgichda qizdirish past potensialli chiqib ketuvchi gazlarning issiqligini utilizatsiyalashni va yonish reaksiyasini aktiv amalga oshishini ta'minlaydi. O'ta qizigan bug', bug' o'ta qizdirgichdan keyin bug' turbina 11 siga yuboriladi, u yerda adiabatik kengayib elektr generator 12 ga uzatiladigan texnik ish bajaradi. Barcha turbinadan o'tgan bug' kondensator 13 ga tushadi va u yerda kondensatsiyalanadi, o'zining issiqligini sirkulyatsion suvga beradi. Hosil bo'lgan kondensat kondensat nasos 14 va ta'minot nasosi 15 yordamida bug' generatorining barabaniga uzatiladi va barabanga borish yo'lida regenerativ qizdirish 16 tizimi va ekonomayzer 5 da qizdiriladi. Ta'minot suvini regenerativ qizdirish turbinaning oraliq pog'onalaridan olingan bug' hisobiga amalga oshiriladi. Bug' turbinasining aylanishi natijasida elektr generatorida mexanik ish elektr energiyasiga aylantiriladi va iste'molchiga uzatiladi. Elektrostansiya nafaqat elektr iste'molchilarni qanoatlantiradi, balki issiqlik bilan ta'minlashi mumkin, u holda teplofikasion 17 qurilma qo'shiladi, ularda turbinaning oraliq pog'onalaridan olinayotgan bug'ni kondensatsiyalanishi hisobiga suv qizdiriladi yoki ikkilamchi bug' olinadi va iste'molchiga uzatiladi. Ba'zida texnologik issiqlik iste'molchilariga bug' bevosita turbina otborlaridan uzatiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling