Mavzu: kes uchun renkin siklining t-s va h-s diagrammasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1764534
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IES 3 mavzu

+7 (343) 345-85-07 raqamiga qo‘ng‘iroq 
qiling va biz sizga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etamiz.


Issiqlik elektr stansiyalarida doimo ishchi moddaning yo'qotilishi 
mavjud, ayniqsa issiqlik iste'molchilariga bug' bevosita turbina 
otboridan uzatilganda bilinadi. Bu yo'qotilishlar tashqi suv 
ta'minoti manbaidan to'ldiriladi. Bunda suv mexanik va erigan 
aralashmalardan tozalanadi, buning uchun stansiyada maxsus
suv tayyorlash qurilma 18 si mavjud.


Bug' turbinasi qurilmasining ideal sikli (Renkin sikli).
Bug'li issiqlik energetik qurilmalarida ishchi jism uzluksiz oqimda yopiq jarayonda holatini 
o'zgartiradi. Kengayish (bug' mashinasi yoki turbinada) va bosimni ortish (nasosda) jarayonlari juda 
tez sodir bo'ladi, shuning uchun bu jarayonlar faqatgina adibatik bo'lishi mumkin. Yuqori haroratli 
manbadan issiqlikni olish va issiqlikni sovitgichga berish jarayonlari qizdirish yuzasi orqali issiqlik 
uzatilishida sodir bo'ladi va anchagina vaqtni talab qiladi. Uzluksiz oqim sharoitida ushbu jarayonlar 
izobarik bo'lishi mumkin.
Ishlash koeffitsiyentini oshirish maqsadida ishchi jismni past bosimli sohadan yuqori bosimli sohaga 
uzatishni minimal solishtirma hajmda, ya'ni tomchili suyuqlik holatida uzatish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday siklning FIK issiqlik uzatilishining o'rtacha termodinamik haroratini ortishi bilan ortadi. 
Bug'li siklda FIKni oshirish bug'ning boshlang'ich bosimini va boshlang'ich haroratini oshirish bilan 
erishiladi. Amalda sikldagi maksimal harorat konstruksion materiallarning issiqlik bardoshligi bilan 
chegaralanadi. Ushbu harorat suvning kritik haroratidan yuqori bo'ladi.


2-rasm. Bug' turbina qurilmasining prinsipial sxemasi:
BQ-bug' qozoni; BO'Q-bug' o'ta qizdirgich; T-turbina;
EG-elektrogenerator; K-kondensator; N-nasos.
Issiqlik energetik qurilmalarida sovitgich 
vazifasini doimo tashqi muhit bajaradi, shuning 
uchun u turbinada ishlatib bo'lingan bug'ning 
kondensatsiyalanish haroratini aniqlaydi. Yuqorida
aytib o'tilgan fikrdan kelib chiqib bug' turbina 
qurilmasining asosiy ideal sikli ikkita adiabata va 
ikkita izobara jarayonlarining yig'indisidan 
iboratdir. Oddiy holda uni amalga oshirish uchun 
bug' turbinali qurilma zarur bo'ladi (2-rasm). Bug' 
turbinali qurilma bug' generatori, bug' o'ta 
qizdirgich, bug' turbinasi, kondensator va 
nasosdan iborat bo'ladi.


Bug'ning boshlang'ich bosimi o'ta yuqori bo'lgan ideal bug' turbinali qurilmaning P-V 
diagrammasi 3-rasmda ko'rsatilgan. Ta'minot suvi α nuqtadagi holatida, p

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling