Mavzu: Keynsning makroiqtisodiy


Download 36.33 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi36.33 Kb.
#1573892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Keyns Muvozanat nazariyas

Xakikiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar mikdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgarma va investitsiyalar mikdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan fark kiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp mikdorda yukoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funktsiyasi esa kuyidagi ko`rinishga ega: YAlpi daromadlarning oshishi bilan import xam oshadi. CHunki, bunda iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan xarajatlari mikdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) mikdoriga bevosita boglik bo`lmaydi, balki tovar olib chikib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga boglik bo`ladi. SHuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bogliklik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chikish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport mikdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga boglik emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`ligicha avtonom xarajatlar mikdoriga ko`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yigindiga teng deb olinadi.

  1. «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.

Rejalashtirilgan xarajatlar chizigi xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan (Y=E) chizikni kaysidir a nuktada kesib o`tadi. Kuyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida kiska muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chizikda xakikiy investitsiyalar va jamgarmalar tengligi saklanadi. a nuktada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. SHuningdek, bu erda rejalashtirilgan xamda xakikiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. YA`ni, makroiktisodiy muvozanat ta`minlanadi.
Agarda, ishlab chikarishning xakikiy xajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar maxsulotlarni ishlab chikaruvchilar taklif kilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining kamayishi xisobiga kondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga karab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. Milliy ishlab chikarishning muvozanat xolati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining xar birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida rejalashtirilgan
Y1 E=C+I+G+Xn E1 Zaxiralarning E0 jamgarilishi
Zaxiralarning E2 kamayishi Y2 Y0 Y1 (daromad, real xarajatlar)
tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning mikdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigini yukoriga suradi va aksincha kamayishipastga surilishga olib keladi.

Download 36.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling