Mavzu: keynsning tоvarlar va xizmatlar bоzоridagi makrоiqtisоdiy muvоzanat mоdeli


Download 97.81 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi97.81 Kb.
#1241094
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-mavzu

KAPITALLAR HARAKATI HISOBI

  • Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatbaho qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zahiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko’rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldig’i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+63).

KAPITALLAR HARAKATI HISOBI

  • Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga qilingan xarajatlar.
  • Xorijga aktivlarni sotish valyuta zahirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.

JORIY OPERATSIYALAR HISOBI BILAN KAPITAL HARAKATI HISOBINING O’ZARO ALOQALARI

  • Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
  • Y=C+I+G+Xn;
  • Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
  •  
  • Sn = I+Xn
  •  
  • (I-S)+Xn=0 (egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda), bu erda: Sn – milliy jamg’arish;
  • (I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi.

Download 97.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling