Mavzu: keynsning tоvarlar va xizmatlar bоzоridagi makrоiqtisоdiy muvоzanat mоdeli


Download 97.81 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi97.81 Kb.
#1241094
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-mavzu

TO’LOV BALANSI TARKIBI

  • To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar. Shunga ko’ra to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:
  • 1. Joriy operatsiyalar hisobi;
  • 2. Kapital harakati hisobi.

JORIY OPERATSIYALAR HISOBI

  • Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zahirasini kamaytiradi.

JORIY OPERATSIYALAR BALANSI QOLDIG’I

  • Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi:
  • X – M = Xn = Y-(C+I+G); bu erda: X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;
  • C + I + G -YAIMning bir qismi (absorbtsiya)

JORIY OPERATSIYALAR BALANSI KAMOMADI

  • Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.

SOF XORIJIY AKTIVLAR (NFA)

  • Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni bildiradi.
  • Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi.

KAPITALLAR HARAKATI HISOBI

  • Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.

Download 97.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling