Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari Reja
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Download 0.82 Mb.
|
3-mavzu\'
3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida amalga oshirilgan ishlar tahsinga sazovordir. Xususan, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan hamkorlikda uzunligi 223 kilometr bo‘lgan, dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi dovon orqali o‘tadigan, Afg‘onistonning shimoliy hududlariga chiqish imkonini beradigan Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘li barpo etildi. Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘ – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha Amudaryo uzra barpo etilgan temir yo‘l va avtomobil yo‘llari o‘tadigan ko‘prikni o‘z ichiga olgan yangi temir yo‘l uchastkalari foydalanishga topshirildi. Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning boshqa tumanlari bilan birlashtiradigan, xalqaro andozalarga javob beruvchi Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan mukammal avtomobil yo‘li – tunnel (yer osti yo‘li) foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 2009 yili Angren shahrida yurtimizning barcha hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarini yil davomida transport aloqasi bilan ishonchli bog‘laydigan Xalqaro logistika markazi qurilishi yakuniga yetkazildi va ishga tushirildi. Shuningdek, 2013 yilda “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan mavjud DKS -1,2,3,4 o‘rniga Gazli siquvchi kompressor stansiyasini barpo etish uchun 261,13 million AQSH dollari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan Jizzax-Yangiyer ikki yo‘nalishli elektrifikatsiya qilingan temir yo‘l liniyasini barpo etish (1 bosqich) uchun 320,74 million AQSH dollari qiymatiga teng bo‘lgan investitsiya mablag‘lari sarflanishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarni o‘z tarkibiga biriktirib faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni 314 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ularning soni 2057 taga (7,6 martaga) oshdi va 2371 tani tashkil etgani diqqatga sazovor. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling