Mavzu: Kichik guruhlar psixologiyasi


Guruh ichidagi tanlanishlar tizimini tavsiflovchi eng muhim xususiyatlar


Download 132.2 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi132.2 Kb.
#1495190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Otaxonova Guli

Guruh ichidagi tanlanishlar tizimini tavsiflovchi eng muhim xususiyatlar.
Tizimning birinchi tavsifi – bu guruh a’zolarining sotsiometrik statusi.
Sotsiometriya natijalariga ko‘ra, mavqe guruh a’zosi tomonidan qabul qilingan tanlanishlar va rad etishlarning yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqiladi. Statuslar ijobiy tanlovlar ulushiga qarab har xil “vazn”ga ega va guruhning barcha a’zolarining mavqelarining umumiyligi statusli iyerarxiyani belgilaydi, ular quyidagilar bilan ajralib turadi:
a) sotsiometrik “yulduzlar” – iyerarxiyaning yuqori qismida turgan guruhning eng ko‘p tanlangan a’zolari;
b) ijobiy holatlar soni bilan belgilanadigan va ko‘p sonli rad etishlarga ega bo‘lmagan yuqori, o‘rtacha va past mavqeli;
c) ajratilgan – ijobiy ham salbiy ham tanlovga ega bo‘lmagan guruh a’zolari;
g) e’tiborsiz qoldirilgan – ko‘p sonli salbiy va oz miqdordagi ijobiy tanlovlarga ega bo‘lgan guruh a’zolari;
e) rad etilgan – sotsiometriya natijalariga ko‘ra ijobiy tanlovlarga ega bo‘lmagan, biroq faqat salbiy tanlovga ega bo‘lgan guruh a’zolari.
Biroq, sotsiometrik mavqening miqdorini bilish guruhdagi hissiy munosabatlar tizimi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli emas.
Tizimning ikkinchi tavsifi – bu guruh a’zolarining hissiy tanlashining o‘zaro munosabatidir.
Shunday qilib, talaba guruhida faqat bitta ijobiy tanlovga ega bo‘lishi mumkin, ammo agar ushbu tanlov o‘zaro munosabatda bo‘lsa, bu talaba bir nechta guruhdoshlar tomonidan ma’qullanishiga qaraganda guruhda ancha o‘zini ishonchli his qiladi, lekin u boshqalarga, ya’ni unga e’tiborsiz yoki undan ham yomoni, uni rad etayotganlarga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, “yulduz” uchun ham nafaqat ko‘plab tanlanishlarga ega bo‘lishi, balki guruhdagi mavqeining barqarorligi va qulay holatini ta’minlash uchun o‘zaro munosabatlar muhim hisoblanadi.
Sotsiometrik tizimning uchinchi tavsifi – shaxslararo tanlanishlar barqaror bo‘lgan guruhlarning mavjudligi.
Bunday mikroguruhlarning mavjudligi yoki mavjud emasligini nafaqat tahlil qilish, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, ular qanday printsip asosida amalga oshishini tushunish muhimdir. Bu guruhning ajralib qolgan va ajratilgan a’zolari qaysi guruhlarga yo‘naltirilganligi, turli guruhdagi odamlar ushbu guruhlarga qanday munosabatda bo‘lishlari muhimdir. Guruhda paydo bo‘lgan kichik uyushmalar o‘zlarining ichki tuzilishi va birlashmasida juda farq qilishi mumkin yoki ularning ichida bir-birini rad etadigan a’zolari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin, bu ham guruhning umumiy xususiyatlari uchun muhimdir.

Download 132.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling