Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilganidek, xar bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo‘ymoqda1.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishini tushunamiz.
Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomonidan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuasini yaratadi, ikkinchi tomonidan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri o‘qitishning yuqori rivojlantiruvchi samaradorligi oshirishni ta’minlash, bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |