“Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni
Download 189.47 Kb. Pdf ko'rish
|
02OsB5htfEWoQ0FBzgT6CV1ko1Px6cU8rNPljPt6
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni
- Reja: 1. Ulushlar haqida ma’lumot berish 2. Kasrlar va ularning turlari 3. Kasrni o‘rgatish metodikasi 4.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari yoki O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari moduli bo‘yicha “BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI OSHIRISH” o‘quv kursining “Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Jmayeva Fotima Bekmurodovna Toshkent 2021 6-Mavzu: “Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash Reja: 1. Ulushlar haqida ma’lumot berish 2. Kasrlar va ularning turlari 3. Kasrni o‘rgatish metodikasi 4. Kasrlarga oid masalalar va ularni yechimlari 5. Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash Ulushlar haqida ma’lumot berish Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar “Ta’lim tog‘risidagi”gi qonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilganidek, har bir o‘qituvchi oldiga muhim vazifalar qo‘yilmoqda. Keyingi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlardan yagona maqsad - barkamol shaxsni va malakali mutaxassisni tarbiyalashdir. Boshlang‘ich matematika kursi bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Boshlang‘ich bilimlar yagona majmuani yaratadi, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim metodikasining xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashga ta’sirini jadallashtiradi. Bunda darsliklarda berilayotgan mavzular o‘qitish rivojiga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinfdan oldin, ya’ni maktabgacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlang‘ich tushunchalari berilgan. Chunki kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi. Masalan, olma, tarviz, bodring, non va boshqalarni bir necha bolaklarga bo‘lib ko‘rgan va boshlang‘ich tushunchalarni olgan. Shu maqsadda bolalarni ulushlar bilan tanishtirish, taqqoslashni o‘rgatish, sonning ulushlari va ulushi bo‘yicha sonni topishga doir masalalarni yechish ko‘zda tutiladi. Aytib o‘tilgan barcha masalalar ko‘rgazmali qilib ochib berildi. Ko‘rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga bo‘lish, yordamida kasr hosil qilnadi. Shunga mos olmani teng bo‘lmagan ikki bo‘lakka bo‘lib, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni, tushuntirishi kerak. Faqat teng bo‘lakka bo‘lganidagina kasr son yoki butunning ulushi hosil bo‘lishini mustahkam singdirish lozim. ”Kasrlar” mavzusini o‘rganishdan avval ulushlar haqida ma’lumot berib o‘tish yaxshi samara beradi. Bunda o‘quvchilarga yarim, chorak, nimchorak haqida tushuncha berib o‘tiladi. 1. Doira chizing va uni teng ikki bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini) bo‘yadingiz? 2. Doira chizing va uni teng to‘rt bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini) bo‘yadingiz? 3. Doira chizing va uni teng sakkiz bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini) bo‘yadingiz? Download 189.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling