“Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni


Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash


Download 189.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi189.47 Kb.
#1380829
1   2   3   4
Bog'liq
02OsB5htfEWoQ0FBzgT6CV1ko1Px6cU8rNPljPt6

Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash 
Kasrlarni taqqoslashda maxraji va surati hisobga olinadi.
Quyida bir xil maxrajli kasrlarni taqqoslashni ko‘rib chiqamiz: 
Masalan, 7/9 va 2/9 kasrlarni taqqoslash kerak bo‘lsin. Biz o‘quvchilarga kasr 
chizig‘ini bo‘lish sifatida tushuntirib o‘tgan edik, demak 7/9 – 7:9, 2/9 esa 2:9 ga 
teng.
O‘quvchilarga tushunarliroq bo‘lishi uchun amaliy tarzda tushuncha berib 
o‘tish mavzuning tushunarli bo‘lishiga va oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 
Masalan, 7 kg mevani 9 ta o‘quvchi bo‘lishib yesa ko‘proq yeyishadimi yoki 2 kg 
mevani 9 ta o‘quvchi bo‘lishib yesa ko‘proq yeyishadimi? Bu savolga o‘quvchilar 
tezlik bilan javob bera olishadi va natijada kasrlarni o‘zlari taqqoslay olishni 
o‘rganishadi. 
Endi surati bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslashni o‘rganamiz: 
Masalan, 4/9 va 4/11 kasrlarni taqqoslash kerak bo‘lsin. Yana avvalgidek kasr 
chizig‘i bo‘lish vazifasini bajarishi o‘quvchilarga eslatib o‘tiladi. 4/9 – 4:9, 4/11 – 
4:11.


4 kg mevani 9 ta odam bo‘lishib yesa ko‘proq yeydimi yoki 4 kg mevani 11 
ta odam bo‘lishib yesa ko‘proq yeydimi, deb o‘quvchilarga berilgan savol kasrlarni 
oson taqqoslashlariga sabab bo‘ladi.
Boshqa kasrlarni ham shu tariqa taqqoslashni o‘rgatib borish keyinchalik 
o‘quvchilarda turli maxrajli kasrlarni ham bir xil maxrajga keltirish orqali oson 
taqqoslay olishlariga zamin yaratadi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Kasr nima? 
2. 
Kasrlarning turlari haqida ma’lumot bering. 
3. 
Kasrlarni o‘rgatish metodikasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
4. 
Kasrlarga oid masalarning qisqa sharti asosan qanday ifodalanadi? 
5. 
Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslashda nimalarga ahamiyat 
qaratish lozim? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. 
S. Burxonov va boshqalar Umumiy o‘rta ta;lim maktablarining 3-sinfi uchun 
darslik. Toshkent, “Sharq” nashriyoti-2019
2. 
N.U. Bikbayeva Umumiy o‘rta ta;lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. 
Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti-2020 
3. 
M.E.Jumayev. Z.G‘.Tadjiyeva “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasi.Toshkent. ”Fan va texnologiya” 2005-yil 
4. 
 RTM konferensiya materiallari, 2020-yil 
 

Download 189.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling