Namangan Viloyati Chortoq Tumani 48-umumiy o`rta ta`lim
Download 51.65 Kb.
|
1-soatlik dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsad va vazifalari Ta`limiy maqsad
- Tarbiyaviy maqsad
- Geografik ob`yektlar, joy nomlarini to`g`ri qo`llay olish kompetensiyasi
- O`tilgan mavzuni takrorlash.
- Mustahkamlash(5minut)
Namangan Viloyati Chortoq Tumani 48-umumiy o`rta ta`lim Maktabining geografiya fani o`qituvchisi Mirzayeva Munojatning 8-sinf geografiya Fanidan yozgan bir soatlik Dars ishlanmasi MAVZU: O`zbekistonning geografik o`rni.
Mavzu :O`zbekistonning geografik o`rni. Darsning maqsad va vazifalari Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning oldingi mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish ,ularni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish. O`quvchilar gageografi o`rin haqida tushuncha berib, O`zbekistonning tabiiy, iqtisodiy, siyosiy o`rinlarining ahamiyati haqida tushuncha berish, ma`lumot berish ,ko`nikma va malakalarni aniqlash Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga ma`lumot berish,ko`nikma va malakalarni aniqlash, jamoa bilan ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifalarni bajarishda ma`suliyat sezish , malaka va ko`nikmalarni tarkib topdirish Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`rgatish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish hozirjavoblik ,topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. Geografik ob`yektlar, joy nomlarini to`g`ri qo`llay olish kompetensiyasi:O`zbekistondagi geografik ob`yektlar, joy nomlarini,foydali qazilma konlari,daryolar, ko`llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to`g`ri qo`llay olish DARSNING BORISHI I.Tashkiliy qism( 5minut) II.O`tilgan mavzuni takrorlash (10minut) III. Yangi mavzu bayoni.(20minut) IV.Mustahkamlash(5minut) V.baholash(3minut) VI.Uygavazifa(2minut) O`tilgan mavzuni takrorlash. 1.O`zbekiston Respublikasining yer maydonini ayting? 2.Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz? 3.Qaysi sinf geografiya darslarida tabiiy geografiya kurslario`tiladi? Yangi mavzu bayoni Geografik o`rin deganda, muayyan mamlakat, hudud viloyat, shahar, tuman, mahalla va hatto hovlining o`ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror o`rni tushuniladi. Geografik o`rin mohiyatan tabiiy geografik o`rin, iqtisodiy geografik o`rin va siyosiy geografik o`rin tarzida guruhlanadi. Tabiiy geografik o`rin, asosan okean,dengiz,daryo, tog`,cho`l, o`rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o`rniga ko`ra belgilansa, iqtisodiy geografik o`rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo`llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o`rin esa muayyan davrda alohida davlatning har biy mojarolar ro`y berishi mumkin bo`lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko`ra baholanadi. O`zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishi ,hatto hudud sarhadlarining qiyofasi uni boshqarish va yuksaltirishda muhim rol o`ynaydi. O`zbekiston Respublikasining hududi 448,9ming kv.km. Poytaxti-Toshkent shahri . Mustahkamlash(5minut) 1.Iqtisodiy geografik o`ringa misol yozing? 2. O`zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishini tushuntirib bering? 3.Diplomatik aloqalar qaysi geografik o`ringa misol bo`la oladi? Uyga vazifa: Keyingi mavzuni kanspektlashtirib ,o`qib kelish. Download 51.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling