Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 1.01 Mb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1475609
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

MAVZU: KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI


1. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi
2. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi
3.Kichik maktab yoshi davrida kognitiv-affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari
4. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari
MAVZU: KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi

Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10(11) yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinf (1-4 sinf) o‘quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat'iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. CHunki xalqta'limi tizimida yuz beradigan ayrim o‘zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o‘z ta'sirini o‘tkazadi.


Jumladan, bola maktab ta'limiga bog‘chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko’ra boradi, buning uchun u, dastavval ta'lim-tarbiya tomonidan o‘quvchi shaxsi oldiga qo‘yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik - jismoniy, ham psixologik jihatdan jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning

  • Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning

Ob’ektiv
Sub’ektiv
jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi.
O’quvchi maktab ta'limiga keng ma'noda psixologik jihatdan ob'ektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o‘z idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixoxligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o‘quvchilardan (jumladan, o‘smirlardan) ajralib turadi.
Maktabda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog‘ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o‘qishning muvaffaqiyat garovidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis taraqqiy etadi, uning bo‘yi va og‘irligi, o‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling