Mavzu: Kichkina “s” tovushi va harfini o’rgatish Darsning maqsadi: a ta’limiy


Download 39.75 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi39.75 Kb.
#1497743
1   2   3   4
Bog'liq
Kichik s harfi

Didaktik o’yin
1-guruh
Soat,sakkiz,sochiq,son,salom,sen,sabzi
2-guruh
Hassa,asra,asal,asil,rosa,doska,somsa
3-guruh
Raqs,mis,atlas,to’kis,olmos,kosmos,is

_yaxshi mana tilimizni ham ancha o’rgatib oldik endi kitobdagi bo’g’inlarni va so’zlarni o’qiymiz. Avval men o’qib beraman keyin sizlar davom ettirasizlar.


_Bolajonlar mana bu rasmdagi nima?
_so-at
_qani katakchalarga qo’yib ko’raylikchi to’g’rimikin,to’g’ri ekan-a?
_ha
_soat bizga judayam kerak,sababi soat bo’lmasa biz vaqtni bilmaymiz.Qachon ertalab bo’lganini,tanaffuz qaysi payt bo’lishini,tushlik,kechki ovqat vaqti qachon bo’lishini bilolmay qolamiz.Soatlarni bolajonlar,soatsozlar yasaydilar.Soatsozlik sharafli kasb.Ular yasagan soatlardan hamma har daqiqa,har soat,har kunida foydalanadilar.
_keyingi rasmdagi nima?
_sochiq
_buni ham katakchalarga qo’yib ko’ramiz
_to’g’ri ekanmi,sochiqdan biz har kuni ertalab yuz qo’llarimizni yuvganimizdan so’ng foydalanamiz.Sochiq bizni toza-ozoda bolishimiz uchun xizmat qiladi.Shuning uchun uni ishlatib bo’lganimizdan so’ng pala-partish qilib tashlab ketmasdan joyiga osib qo’yishimiz kerak,hamma shunday qiladi ,to’g’rimi?
_ha
_albatta ,axir sizlar aqilli bolasizlar!
Charchamadikmi bolajonlar,hozir so’z o’yinini o’ynaymiz.
Ixtiyoriy 8 ta o’quvchi doskaga chiqsin.


Mana bu harflardan so’z yasaysiz.
_bolajonlar endi mana bu o’rtadagi rasmga qaraymiz,nima tasvirlangan?
_keling ularga ism qo’yamiz.Said bob ova Salim deb
_endi matnni o’qiymiz.
Ona yurt
Salim bobosidan so’radi:
_Bobo,nega kattalar ona diyoringni asra,deydilar?
_Ona yurtni asrasak omonlik,to’kinlik bo’ladi,-dedi bobosi.

_Ona yurt,ona diyor deganda biz tug’ilib o’sgan qishlog’imizni,shahrimizni tushunamiz.Hammamiz ona yurtimizni asrab-avaylashimiz kerak.Asrash degani-gullar,daraxtlar ekish.Yerga chiqindi tashlamasdan uni olib qo’yishimiz,qushlarni o’ldirmasdan ularga uyalar qurib berishimiz,suvni behuda oqizib qo’ymasdan tejab ishlatishimizni tushunamiz.


Ona diyorimizni asrab-avaylasak u bizga o’zining barcha ne’matlarini non,suv,olma,anor,uzum hamma hammasini beraveradi.Shunda to’kinlik omonlik bo’ladi !
Tushindikmi bolajonlar,hammamiz ona yurtimizni asraymizmi?
_albatta
_barakalla!

Download 39.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling