Mavzu: Kichkina “s” tovushi va harfini o’rgatish Darsning maqsadi: a ta’limiy


Download 39.75 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi39.75 Kb.
#1497743
  1   2   3   4
Bog'liq
Kichik s harfi


Mavzu: Kichkina “s” tovushi va harfini o’rgatish
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: “s”tovushi va harfi haqida bilimlar berish,tushunchalarini shakllantirish.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash,vatanni sevish his tuyg’ularini rivojlantirish,milliy g’oya tuyg’ularini shakllantirish,tarbiyalash.
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmalarini shakllantirish,yozma nutq qo-nun qoidalarini yanada rivojlantirish,erkin, sog’lom fikrlashga o’rgatish.
c) kasbiy:o’quvchilarga soatsozlik kasbi haqi-
da bilimlar berish berish,kasbga humat va muhabbat hissini singdirish,qiziqtirish.
Darsning tipi: Ananaviy-o’tilganlarni mustahkamlovchi,yangi bilimlar beruvchi.
Darsning metodlari: savol-javob,tushuntirish,
didaktik o’yinlar,subat,hikoya.
Darsning jihozi:”Alifbe”darsligi,doska,o’quv qurollari,ko’rgazmali qurollar.
Darsning borishi:a)tashkiliy qism:
_O’qituvchi-Assalomu alaykum o’quvchilar!
_O’quvchilar-Assalomu alaykum!
_Voalaykum assalom,yaxshi keldingizmi,hamma sog’-salomatmi,kayfiyatlar a’lomi?
_ha
_qani menga aytingchi,bugun sinfda kim navbatchi?
Ruhangiz-bugun sinfda men navbatchi.
_sinf tozaligini bajardingizmi,changlarni artib chiqdingizmi?
_ha ustoz, hammasini bajardik!
_balli,sinfimiz toza- ozoda bo’lsa sog’lig’mizga foydali.Chang-g’ubor insonning umrini qisqartiradi.Shuning uchun ,aziz bolajonlar,har kungi navbatchilar biroz ertaroq kesinlarda gullarning tuvaklarini,javonlarni,derazalarning tokchalarini artib,doskani dars o’tishga tayyor qilib qo’yishdan hech ham erinmasin,xo’pmi,aytganlarimni bajarasizlarmi?
_xo’p ustoz,albatta bajaramiz.
_juda yaxshi,xo’sh, bugun darsga kim qatnashmayapti?
_bugun darsga Orasta qatnashmayapti.
_nega darsga kelmabdi,sababini bilasizlarmi?
_ustoz,gripp bo’lib qolibdi.
_iya shunaqami,xa mayli sog’ayib ketsin!Hech qachon kasal bo’lmanglar bolajonlar,kunlar sovuq bo’lib boryapti qlin kiyinib yuringlar,uni-buni kiyaman deb xarxasha qilmang,muzdek suv ichmang.
_bugun sanamiz nechchi?
_bugun 15-noyabr,haftaning ikkinchi kuni seshanba.
_noyabr oyini qaysi faslga kiritgan edik?
_kuz fasliga
_to’g’ri
Asosiy qism:
_biz kecha qaysi tovushni,harfni o’rgandik?
_”ng” harfini
_xo’p,”ng” qanaqa tovush ekan,so’zning qayerida kelishi mumkin,qanday bo’g’inga ko’chiramiz?
_Jasur-“ng” undosh tovush
_Javohir-“ng”so’zning o’rtasida,oxirida kelishi mumkin,biroq hech qachon so’zning boshida kelmaydi.Masalan,bodring,tong,tingla,angla kabi.
_malades, Javohir juda yaxshi tushunibdi!Qanday bo’g’inga ko’chirilishini Bonu aytadi.
_Bonu-“ng” harfi har doin bir butun holda bo’g’inga ko’chiriladi,hech qachon uni ajratib bo’g’inga ko’chirmaymiz.
_ofarin,juda to’g’ri!Xo’sh,uyga vazifa nima berilgan?
_uyga vazifa “Bekatta”hikoyasini o’qib o’ganish va maqolni yoddan aytib,ma’nosini aytish berilgan.
_hamma tayyormi?
_ha,tayyormiz

Download 39.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling