Mavzu: Kichkina “s” tovushi va harfini o’rgatish Darsning maqsadi: a ta’limiy
Download 39.75 Kb.
|
Kichik s harfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvnoq daqiqa
- Yangi mavzu bayoni
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
_hamma kitobiga qaraydi,Mubina o’qib boshlaydi. _Mubina o’qiydi. _yaxshi,endi maqolni yoddan ayt. _Oltin olma,duo ol. _ma’nosi nima ekan,qizim. _duo oltindan qimmat,shuning uchun oltin emas duo ol deyapti,duo olish xosiyatli ish ekan. _judayam to’g’ri,barakalla mana bu rag’bat senga,yaxshi tayyorlanib kelganing uchun,har doim shunday faol bo’lgin!Endi Muhammadali davom ettiradi. _Muhammadali ham o’qib,maqolni yoddan aytib ma’nosini so’zlab beradi.Shu yo’sinda bir nechta o’quvchidan so’rab rag’batlantiriladi. _hikoya sizlarga yoqdimi? -ha _aziz bolajonlar,biz o’qiganlarimizni faqatgina aytibgina qo’ymasdan bajarishimiz ham kerak.Kattalarni hurmat qilib,bekatda,aftobuslarda joy berishimiz lozim,shunda ular bizni duo qiladi.Bularni yodingizdan chiqarmang.Mana o’tilgan mavzuni ham takrorlab oldik.Ana endi bugungi yana bir yangi tovush bilan tanishamiz.undan oldin bir quvnoq daqiqa o’tkazib olamiz-a,hamma o;rnidan turib oladi Quvnoq daqiqa Sanamay sakkiz demaymiz Sira sababsiz qolmaymiz Soat sakkiz bo’lganida Sinfimizda saflanamiz _bolalar she’rda qaysi tovush ko’p ishtirok etdi? _''s''tovushi _barakalla,she’rda “s’’tovushi ko’p qatnashgan va bugun o’tadiganimiz ham “s’’ tovushi va harfi Yangi mavzu bayoni: _hammamiz kitobimizning 40-betini ochamiz va diqqat bilan qaraymiz _bu soyabon,uni hammamiz ko’rganmiz va ishlatganmiz va ko’pchiligimizda ham bor. U bizni quyoshdan va yomg’irdan saqlaydi shuning uchun soyabonni ishlatganimizdan so'ng ehtiyotkorlik bilan yig'ib olib qo'ying.Xo’pmi bolajonlar? -xo’p bo’ladi ustoz! _xo’sh bugun qaysi tovushni o’rganar ekanmiz? _”s"tovushini _ana endi hammamiz birgalikda aytamiz _”s”,”s”,”s” _”s’’deganimizda biz uni ko’rmayapmiz faqat quloqlarimiz bilan eshityapmiz shuning uchun ham u tovush hisoblanadi,uni aytganimizda tillarimiz tishlarimizga yaqin kelib til oldidan sirg’alib chiqadi.”s” tovushi jarangsiz undosh tovush hisoblanadi. _mana bu bosma katta “S” ,bunisi esa kichik bosma “s”.Biz undan kitob,jurnal,gazetalarda foydalanamiz. _bunisi esa yozmasi: _mana bu rasmdagilarning nomini aytamiz _”s’’harfi so’zning boshida,o’rtasida va oxirida kelishi mumkin. Hozir uchta guruhga bo’linamiz va o’yin o’naymiz.bunda 1-guruh so’z boshida kelgan,2-guruh so’z o’rtasida kelgan va 3-guruh so’z oxirida kelgan so’zlarni topib aytadi. Download 39.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling