Mavzu: O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlarini kartada


Download 61.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi61.18 Kb.
#1725278
  1   2   3   4   5
Bog'liq
geoekologiya mustaqil ish — копия



Mavzu: O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlarini kartada 
ko‘rsatish.
Reja 
1. Qo‘riqxonalar haqida ma’lumot 
2. Qo‘riqxonalarning kartalarda joylashuvi 
3. Boshqa qo‘riqxonalar haqida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Qo‘riqxonalar tabiiy hududlarni alohida muhofaza qilishning eng oliy 
shaklidir.
Davlat qo‘riqxonalari tabiiy ob’ektlar va majmualarni muhofaza qilishning 
qattiq rejmiga ega bo‘lgan asosiy ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning 
irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat 
ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlardir. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimyati tashkilotlari, shuningdek maxsus 
vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Qo‘riqxonalarga quyidagilar kiradi.  
1. Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi. Toshkent viloyati hududida 
Chotqol tizmasining g‘arbiy tarmoqlarida joylashgan bo‘lib, ikkita alohida: 
Maydontol va Boshqizilsoy hududlaridan iborat. O‘rmonli еrlar maydoni 14088 
ga yoki umumiy maydonning 39 % ini ishg‘ol etgani holda, shuning 6959 ga i 
Maydontol, 7129 ga i esa Boshqizilsoy hududlariga to‘g‘ri keladi. O‘rmon bilan 
bevosita qoplangan jami maydoni 8336 ga bo‘lgani holda, archa o‘rmonlari 3444, 
7 ga ni tashkil etadi. Archa o‘rmonlari asosan dengiz sathidan 1600 m dan 2400 
m gacha balndliklarda o‘sadi. Qo‘riqxonada 7047 ga maydon o‘tloqlar, 81 ga suv 
havzalari bilan band. Qo‘riqxona o‘simliklar dunyosi 1168 turdan iborat. 
Hayvonot olami 221 turni tashkil etgani holda: qushlarning 168 turi, yana 
shuningdek sut emizuvchmilar (44 tur), reptiliyalar, suv va quruqda yashovchilar 
va baliqlar mavjud. Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, qor barsi, Menzbir sug‘uri kabilar 
noyob turlardir. Qushlarning 23 turi ham noyob va alohida muhofazaga muhtoj 
turlar hisoblanadi. Qo‘riqxona umuman G‘arbiy Tyanshan tog‘ ekotizimlarini 
saqlash va atrof-tabiiy muhit holati yuzasidan ekologik monitoringni amalga 
oshirish maqsadida tashkil etilgan. 1995 yili biosfera qo‘riqxonalari tizimiga 
kiritilgan. 

Download 61.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling