Mavzu: O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlarini kartada


Download 61.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana26.10.2023
Hajmi61.18 Kb.
#1725278
1   2   3   4   5
Bog'liq
geoekologiya mustaqil ish — копия

8. Zarafshon davlat qo‘riqxonasi. Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy 
tumanlari hududida Zarafshon daryosi sohillarida 47 km masofadagi vodiy-
qayirida joylashgan. U 1975 yilda tashkil etilgan. Maydoni 2352 ga dan iborat 
bo‘lib, shuning 6680 ga si o‘rmon bilan qoplangan o‘simliklar dunyosining 308 
turdagi namoyondalari uchraydi. O‘rmon hosil qiluvchi daraxt, butalar 18 turdan 
iboratdir. Turong‘il, jiyda, tol, maymunjon va chakanda (oblepixa) tabiiy holda 
o‘sadi. Hudud O‘zbekistonda chakanda tekislikda o‘sadigan yagona joy 
hisoblanadi. 


Tabiiy oziqaning nisbatan boyligi ko‘plab hayvon va qushlar uchun makon 
hisoblanadi. Hayvonlarning 359 turi uchratilsa, yilning turli mavsumlarida 160 
turdan ortiq qushlarni ko‘rish mumkin. Tulki, quyon, Zarafshon tustovuqlari 
ancha va nazoratga olingan. Qo‘riqxonada asosan muhofazaga olingan turlar: 
chakanda o‘simligi va Zarafshon tustovug‘i hisoblanadi. Hozirda qo‘riqxonada 
Zarfashon tustovug‘ining soni 5000 dan ortdi (1978 yilda 2000 tadan ortig‘i 
hisobga olingan edi) hongul soni 30 tadan ortdi, noyob turlar 32 ta. 
Qo‘riqxonaning asosiy maqsadi ham Zarafshon daryosining o‘rta 
oqimidagi to‘qay majmualari va kamyob zarafshon tustovug‘i turini saqlash va 
tiklash. Hozirda Buxoro bug‘usini ko‘paytirish borasida ishlar olib borilmoqda. 
9. Qizilqum davlat qo‘riqxonasi. 1971 yilda tashkil etilgan bo‘lib Buxoro 
viloyatining Romitan va Xorazm viloyatining Do‘stlik tumanlari hududida 
joylashgan. Maydoni 10311 ga, shundan 5144 ga i o‘rmon, 6964 ga i qumli cho‘l, 
3177 ga i Amudaryo qayiriga to‘g‘ri keladi (30 km), 160 turdagi o‘simliklarni 
uchratish mumkin: oqsaksovul, turang‘il, tol, qandim, miduza, bosh juzg‘uni, 
cho‘llarga hos o‘t o‘simliklari o‘sadi. Taqir tuproqlarda yantoq, qora saksovul 
kabilar, allyuvial – botqoq tuproqlarda qamishsimonlar uchraydi. Hayvonot 
olamida daryo vodiysi va qumli – cho‘l hududlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 
Qushlarning 197 turi, sut emizuvchilarning 37, reptiliyalarning 23 turi mavjud. 
Qumliklarda qisman jayron, ko‘proq dasht mushugi, quyon, to‘ng‘iz, tulki va 
bo‘ri yashaydi. Amudaryo tustovug‘i alohida qimmatga ega, yana ko‘p qushlarga 
boy (burgut). Asosiy muhofaza hayvoni shu joyga xos Buxoro bug‘usi bo‘lib, ular 
soni qo‘riqxona tashkil etilgandan buyon 10 martadan ortiqqa ko‘paydi. 
Qo‘riqxona qumli cho‘l ekotizimlari, Amudaryoning quyi oqimidagi to‘qay 
o‘rmonlari va hayvonot olamini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan. 


Xulosa 
Hozirgi kunda inson o‘zining xo‘jalik faoliyati natijasida nafaqat ayrim 
biogeosenozlarni o‘zgartirib yuborishga sezilarli darajada hissa qo‘shmoqda, 
balki landshaftlarni tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Ayniqsa, birlamchi 
(yovvoyi) va ikkilamchi, insoniyat tomonidan o‘zgartirilgan (antropogen) 
biogeosenozlarning potensial mahsuldorligidan eng unumli foydalanish 
maqsadida ularning mavjudligi va rivojlanish qonuniyatlarini bilib olish 
muhim ahamiyatga ega. 
Biogeosenozlar va landshaftlarning insonlar tomonidan turli darajada va 
shakllarda o‘zgarish tezligi va yo'nalishlarini oldindan bilish ayniqsa zarur. 
Biosferaning o‘ta xilma-xil tabiiy majmualarini o‘rganish birlamchi va 
o'zgargan tizimlarni solishtirish orqali amalga oshiriladi. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‘zbekiston milliy atlasi 1 jildi, T-2020 
2. P.Sultonov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
“Musiqa” nashriyoti T-2007 
3. Sh.M.Sharipov va boshqalar Geoekologiya o‘quv qo‘llanma T-2017 
4. A.A.Рафиқов Геоэкологик муаммолар T-1997 
5. XODJIMATOV A.N va boshqalar Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
Guliston-2021
 
6. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonun 3.12.2004.
7.  
www.ziyonet.uz
 
8. 
www.google.uz
 

Download 61.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling