Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Korxona strategiyasini shakllantirish


Download 0.97 Mb.
bet55/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

2. Korxona strategiyasini shakllantirish
. Strategiya – bu:
- istiqbolni tadqiq qilish, turli vaziyatlar va variantlarni taxlil etish san’at;
- istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;
- korxonani umum faoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va hok.) ni nazorat qiluvchi keng qamoqli tizimdir.
Strategik rejalashtirish – korxona (firma)ga uzoq davrga berilgan topshiriq bo’lib, u firma doirasidagi joriy, yillik rejalashtirish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. Bunday rejaning asosiy shakllari besh, o’n yil va undan ko’proq muddatlarga mo’ljallangan rejalardir.
Strategik rejaning o’ta muhim va zarurligi quyidagilar bilan izohlanadi. U:

  • korxonaning aniq maqsadini aniqlashga va shakllantirishga imkon beradi;

  • korxonani tashqi muhitga moslashtirishga yordam beradi;

  • samarali boshqarish tarkibi va tizimini yaratishga imkon beradi;

  • yirik korxonalar tarkibidagi barcha bo’g’inlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga sharoit yaratadi;

  • korxonaning barcha resurslarini, ya’ni ishchi kuchi, moliyaviy, aylanma, hamda asosiy fondlarning samarali taqsimotini ta’minlaydi va hok.

Korxona maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan batafsil, har tomonlama puxta va kompleks tuzilgan reja strategik rejalashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi. Strategik reja korxonaning yuqori rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi, hayotga tadbiq qilishda esa korxonaning barcha bo’g’inlari ishtirok etadi.
Strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va ma’sulyatli bosqichi bu -korxona maqsadi va vazifalarini tanlash. Bu jarayon rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlari uchun mo’ljal vazifasini o’taydi.
Korxona faoliyatining bosh maqsadi – bu mahsulot ishlab chiqarishda tejamli va oqilona harajat sarflagan holda is’temolchilarga sifatli mahsulot etkazib berish bo’yicha rejalar, topshiriqlar, shartnomalarni bajarishdan iborat. Strategik rejalashtirishning sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik to’g’ri tanlanganligi va qabul qilingaligiga bog’liq.
Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo’jalik yuritish va hayotiy jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib, unga choraklarga bo’lingan yillik rejalar asos qilib olinadi. Ushbu rejalar qoidaga ko’ra, o’zgaruvchan bo’lib, joriy yilning birinchi uch oyi uchun qat’iy, hayotiy ko’rsatkichlar belgilanib, keyingi to’qqiz oy davomida ularga to’g’rilashlar (korrektirovka) kiritiladi. Ular qisqa muddatli rejalarga qaraganda, ayniqsa, ishlab chiqarish harakati va moddiy tovar boyliklari zaxirasi, bahoni shakllantirish qismida yanada aniqroq hisoblanadi. Umuman olganda, korxonaning turli bo’lim va xizmatlari vazifalari bunday rejalarda o’zaro bog’lanadi.
Rejalashtirishning istalgan turi korxona faoliyatining biron-bir jihatini aks ettiruvchi, umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlariga asoslanadi.
Umumiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar korxonada ishlab chiqarish rivojlanishining yo’nalishi va darajasini aks ettiradi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi, mehnat, tannarx va jamg’armalar bo’yicha ko’rsatkichlarni kiritish mumkin.
Miqdor ko’rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatini xajm o’lchamida izohlaydi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ishlayotgan xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi, mashina va asbob-uskunalar parki, ishlab chiqarish dasturni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan materiallar miqdori, tsex hamda ish joylari soni va hokazolarni kiritish mumkin.
Sifat ko’rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi o’zgarishlarnn nisbiy kattaliklar: mehnat mahsuldorligining o’sishi, mahsulot tannarxinnng bazis davrga (yoki reja hisobotiga) nisbatan foizlarda kamayishni, mahsulotning to’liq tannarxiga nisbatan foizlarda daromad hajmi, korxona rentabellik darajasining o’sishi va shu kabilar yordamida tavsiflaydi.
Sifat ko’rsatkichlari aksari hollarda pul qiymatida ifodalanishi sababli, korxonalarning xo’jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilish amaliyotida asosiy va aylanma fondlar, asbob-uskuialar, sarflanayotgan yoqilg’i, energiya va boshqa materiallar kabi qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Qiymat ko’rsatkichlari korxrna faoliyatida qo’llaniluvchi turli xildagi vositalarni statistika va dinamikada taqqoslash imkonini beradi. Bundan tashqari, soliqlar va turli xil to’lovlar hamda korxona daromadi foizlardan tashqari pul ko’rinishida ham o’lchanadi.
Korxona faoliyatini rejalashtirish korxona va uning bo’linmalari faoliyatini taxlil qilishdan boshlanishini aytib o’tish muhim. Mazkur tahlil davomida rejaning sifat, miqdor va qiymat ko’rsatkichlari bo’yicha bajarilishiga baho beriladi hamda talofat va yo’qotishlar aniqlanib, korxona faoliyatini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Aynan shu chora-tadbirlar va yangi maqsadlardan kelib chiqqan holda joriy rejalashtirish amalga oshiriladi hamda yangi reja davriga korxona faoliyati rejalari ishlab chiqiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling