Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Korxonada operativ rejalashtirish


Download 0.97 Mb.
bet56/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

3. Korxonada operativ rejalashtirish.
.Ishlab chiqarishni operativ, tezkor boshqarish haqiqiy shakllanayotgan yoki shakllangan ishlab chiqarish vaziyatida boshqaruv xodimlarining bir qarorga kelishini ifodalaydi. Keng ma’noda tezkor boshqarishga kalendar-rejalashtirish, qisqa muddatli va tezkor rejalar jarayonini tashkil etish va dispetcherlik kiradi.
Tor ma’noda esa, bu ish va resurslarning taqsimlalishi, texnologik jarayonlarga kerakli tuzatishlar kiritish, zaxiralardan unumli va ustalik bilan foydalanish, joriy vazifalar bajarilishi sifatini va vaqtini nazorat qilishdir.
Tezkor boshqarishga va rejalashtirishta quyydagilar kiradi:
- qisqa muddatga mo’ljallangan rejali vazifalarni ishlab chiqish (oylik, dekadalik, haftalik rejalar), smena-sutkali vazifalarni (ishlab chiqarish joylarida - detal va uzel kesmalarida, ish joylarda — detal va operatsiya ko’rinishida);
- boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish vaziyatiga kundalik analizi va ega bo’lishi;
- ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tezkor hisob va nazorat qilish;
- o’z vaqtida muayyan qarorga kelish va ishlab chiqarish jarayonida buzishlarning oldini olish yoki rejadan chetga chiqishni tuzatish bo’yicha ishlarni tashkil etish.
Tsexlararo darajada ishlab chiqarish dasturlari bajarilishining muvofiqlashishiga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarishning maromiyligini ta’minlash va xomashyo, texnologik asboblarni etkazib berish muddatlari moslashishining «tor joylarini» yo’qotish;
- belgilangan miqdorda, ro’yxatda va muddatda detallarni tsexlararo olib berishni birlashtirish;
- korxona omborlarida detallarning to’planib qolish holatini kuzatish;
- agregatlarda eng qiyin terma qismlar tayyorlanishini muntazam ravishda nazorzat qilish;
- shartnoma shartlariga binoan, mahsulot tayyorlash jarayonlarini muvofiqlash.
Ishlab chiqarish jarayonida dispetcherlikning vazifasi texnologayani buzish, xom ashyo bilan yomon ta’minlash va ishchilar yo’qligi kabi holatlarning oldini olish va ularni yo’kotish choralarini o’z vaqtida ko’rishdan iborat. Dispetcherlik quyidagilarda asoslanadi:
- ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash va o’tkazishni doimiy kuzatish va nazorat qilish;
- talablar mavjudligi;
- rejani bajarish;
- orqada qolayotgan bo’limlarni o’rganish;
- asbob-uskunalar, ish rejimi va texnologak jarayolar paramstrlariga rioya qilishda.
Korxona doirasida dispetcherlik yordamida bir tur mahsulot ishlab chiqarishni boshqa tur bilan almashish, xom ashyo va terma mahsulotlarni o’z vaqtida etkazib berish, mavjud rezervlarni ishlatish kabi muammolar echiladi.
Tsex doirasida dispetcherlik ishlab chiqarish dasturi, kalendar-reja, smenali vazifalar amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan, asboblarning buzilish xollarini yo’qotish, ishchilar o’rnini almashtirish va boshqa masalalarni hal etishi kerak.
Korxonaning dispetcherlik xizmatlari va bo’limlari ish ustidan joriy nazorat olib boradilar va buzilishlarni tuzatishga buyruq beradilar, tezkor majlislar o’tkazadilar, tegishli masalalarni hal etish uchun boshqaruvga axborot etkazib turadilar.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling