Uzluksiz jarayonlarda barcha texnologik operatsiyalar to’xtovsiz. tanaffuslarsiz bajariladi va ularning jami uzluksiz ishlab chikarishni tashkil qiladi
Kimyo va neft-kimyo sanoatida ko’pchilik asosiy jarayonlar apparaturali uzluksiz jarayonlardan iborat. M-n: sintez, polimorizatsiya, tayyor maxsxlotni ajratish, tozalash va xok.).
Uzlukli jarayonlarda texnologik operatsiyalar bajarilishi transport yoki yordamchi operatsiyalar aralashuvi bilan uziladi, ya’ni barcha operatsiyalar ketma-ket amalga oshadi va ular uzlukli ishlab chiqarishni takshil qiladi . M-n: lak-buyok, plastmassa buyumlari, bitum, koks ishlab chiqarish.
Uzlukli va uzluksiz jarayonlarning umulashuvi aralash ishlab chiqarishni tashkil qiladi . M-n: katalizator ishlab chiqarishda, metall sintezi, xom ashyoni tayyorlash va aktiv komponentlarni sovutish uzluksiz, kizdirish va kuritish jarayonlar esa uzlukli ravishda amalga oshiriladi.
Uzluksiz jarayonlar uzluklilarga nisbatan samaralidirlar, chunki mahsulot ishlab chiqarish davri qisqaradi, dastgoxlarni maksimum darajada ishlatish mumkin, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoni yuzaga keladi, texnologik tartib (rejim)ining stabillashuvi natijasida mahsulot sifati oshadi va xok.
2. Ishlab chiqarish tsikli
Ishlab chiqarish jarayoni nafaqat makon bo’ylab, vaqt buylab ham amalga oshadi.
Ishlab chiqarish tsikli - bu mehnat buyumlarining barcha texnologik va ishlab chiqarish bosqichlarini utish vaqti bo’lib , xom ashyoni ishlab chiqarishga kiritilishidan boshlab tayyor mahsulot chiqarilishiga qadar o’tgan kalendar davrdan iborat.
Ishlab chiqarish tsikli ikki strukturali element: ish vaqti – tish va tanaffuslar vaqti - ttan lardan iborat. Ish davri texnologik, yordamchi, ta’minlovchi va tabiiy operatsiyalarni bajarish uchun ketgan vaqt sarflaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |