Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Sanoat korxonalarining tasniflanishi
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
3 Sanoat korxonalarining tasniflanishi .
Har bir korxona boshqa korxonalardan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarayotgani, ishlab chiqarish harakteri, miqyosi, joylashgan joyi, xalq xo‘jaligining boshqa bo‘g‘inlari bilan kooperatsiyalashganligi darajasi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Lekin bu har bir korxona uchun alohida ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish zarurligini bildirmaydi. Bularni iqtisodiyotning ishlab chiqarish tuzilmasi (strukturasi)ni yaratish, boshqarish hamda ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish kabi bir tomonlama ko‘plab muammolarini hal etish maqsadida korxonalarni tasniflash orqali aniqlash o‘zini oqlaydi. Korxonaning eng muhim xususiyati quyidagi belgilarga, chunonchi, uning tarmoqqa mansubligi; o‘lchami; ishlab chiqarishning turli bosqichlarni qamrab olish darajasi; bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘lami va ixtisoslashtirish darajasi; ishlab chiqarishni tashkil etish usullari, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash darajasi hamda tashkiliy, huquqiy shakliga bog‘liq. Tarmoq bo‘yicha korxona ishlab chiqarish va noishlab chiqarish korxonalariga; Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra sanoat, qishloq xo‘jalik, transport, moliyaviy kredit korxonalari va h.k. larga; Umumiy texnologik belgisi bo‘yicha ishlab chiqarishi to‘xtovsiz va diskret yoki mexanik yoxud kimyoviy jarayonlarga asoslangan korxonalarga bo‘linadi. Tayyor mahsulotning belgilanishi bo‘yicha korxonalar 2 ta katta guruhga: a) ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi; b) iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladi. Foydalanadigan xom ashyo harakteriga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib olish sanoati va qayta ishlash sanoati korxonalaridan; Ishlash davomiyligi bo‘yicha: mavsumiy va yil bo‘yi ishlovchi korxonalardan iborat. Bundan tashqari ular ishlovchilar soniga ko‘ra kichik va yirik korxonalarga bo‘linadi. Qonun xo‘jatlariga ko‘ra mikrofirmalar deb ishlab chiqarish tarmoqlarida yil mobaynida 10 ta, savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida 5 kishi band bo‘lgan korxonalarga aytiladi. Kichik korxonalarga sanoatda – 40; qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda – 20; ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida – 10 nafargacha ishlovchilar bo‘lgan korxonalar kiradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling