Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet5/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari
Korxona – tadbirkorlik ob’ekti, mulkchilik majmui yoki asosiy ishlab chiqarish birligi. Qonuniy nuqtai nazaridan – u huquqiy shaxs. U birlamchi xo‘jalik bo‘g‘ini bo‘lib, 4 ta asosiy belgiga ega: asoslangan mulkka, tashkiliy birlikka, mulkiy javobgarlikka va xo‘jalik faoliyatida mustaqil qatnashishga.
O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi.
Korxonaning barcha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonunining quyidagi bo‘limlari orqali tartibga solinib turiladi:
1. Umumiy qoidalar;
2. Korxonalarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;
3. Korxonaning mulkdori va mol – mulki;
4. Korxonani boshqarish;
5. Korxona xo‘jalik faoliyatining asoslari;
6. Korxonaning ijtimoiy kafolatlari;
7. Korxona va davlat;
8. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish.
Korxonani turli omillar bo‘yicha harakterlash mumkin:
I. Ishlab chiqarishning texnik munosabati – bu, tizim soni va quvvati, ishlab chiqarilayotgan mashinalarning soni va turlariga hamda ularni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq;
II. Ijtimoiy munosabat – bu turli kategoriyadagi ishchilarning o‘zaro munosabatlarini huquqi va majburiyatlari asosini jamlovchi mehnat jamoasi;
III. Ma’muriy, huquqiy-tashkiliy munosabatida korxona huquqiy shaxs sifatida amal qiladi;
IV. Moliyaviy-iqtisodiy munosabat – bu, bozor munosabatlari tamoyillarida, ya’ni harid qobiliyati, o‘zini moliyaviy ta’minlash, o‘zini - o‘zi boshqarish asosida faoliyat yurituvchi mustaqil tarmoq bo‘g‘ini(zvenosi).
Amal qiluvchi qonunlarga binoan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng huquqiy shaxs deb tan olinadi.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ta’sischining arizasi; korxona nizomi; korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror yoki ta’sischilarning shartnomasi; davlat boji to‘langanligi haqidagi guvohnoma.
Har bir korxonaning nizomi tasdiqlanadi. Unda korxonaning nomi; joylashgan joyi; korxona bevosita bo‘ysunuvchi yuqori tashkilotning nomi; korxonaning ustav fondi va bank muassasidagi hisob raqami; korxona rahbari lavozimining nomlanishi, uning huquq va majburiyatlari; tuzilmaviy(strukturaviy) birlik ro‘yxati (perechen); bosh tuzilmaviy(strukturaviy) birlikning nomlanishi; hisobot tartibi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling