9-Mavzu: Osmotik bosim qonunlari. - Reja:
- Diffuziya va osmos. De friz qonuni.
- Osmotik bosim qonunlari. Vant-Goff qonuni.
- Taqsimlanish koeffitsienti.
- Ekstraktsiya.
Diffuziya va osmos. De friz qonuni. - Diffuziya. Aralashma kontsentratsiyasining tashqi ta’sirlarsiz o’z-o’zidan tenglashish jarayoni diffuziya deyiladi.
- Termodinamik nuqtai nazardan, diffuziya qaytmas jarayon bo’lib, sistema entropiyasining ortishi bilan boradi. Molekulyar-kinetik nuqtai nazardan diffuziya molekulalarning xaotik issiqlik harakati natijasi bo’lib, zarrachalarni geometrik fazoda teng taqsimlanishga olib keladi.
-
Diffuziya tezligi diffuziyalanuvchi moddaning tabiati, diffuziya o’tayotgan muhit va haroratga bog’liq. - Diffuziya tezligi diffuziyalanuvchi moddaning tabiati, diffuziya o’tayotgan muhit va haroratga bog’liq.
- Fik diffuziyaning quyidagi asosiy qonunini o’rnatgan: T=const da diffuziya tezligi diffuziyalanuvchi modda kimyoviy potentsialining gradientiga to’g’ri proportsionaldir.
- Fik qonuni quyidagicha yozilishi mumkin:
- bu yerda: – birlik uzunlik uchun kontsentratsiyaning o’zgarishi (eng sodda holdagi diffuziya);
- D – diffuziya koeffitsienti deb ataluvchi doimiy kattalik.
- Fikning 1-qonuni faqat statsionar jarayonlar uchun qo’llanishi mumkin bo’lgani sababli, undan D ni aniqlab bo’lmaydi:
- kontsentratsiyaning gradienti fazoda va vaqtda o’zgaradi. SHu sababli, bu maqsadlarga Fikning 2-qonunidan foydalaniladi:
-
- Fikning 2-qonuni ko’rsatishicha, kontsentratsiyaning o’zgarish tezligi kontsentratsiya gradientining masofa bo’yicha o’zgarishiga to’g’ri proportsional. Ushbu teglamadan D ni hisoblash mumkin.
Osmos va osmotok bosim. - Osmos tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Hujayralardagi barcha modda almashinishlar – ozuqa moddalarning hujayralarga borishi, almashinish mahsulotlarining ulardan chiqib ketishi – osmotik tabiatga egadir. SHu sababli osmos hodisasini birinchi bor fizikaviy kimyo sohasi olimlari emas, balki botanik Pfefer o’rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |