Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning to’liq reaksiya mahsulotlariga aylanishi yoki aylanmasligiga ko’ra reaksiyalar 2 xil bo’ladi: Qaytmas reaksiyalar faqat reaksiya mahsulotlarining hosil bo’lishi tomonga boradi. Zn+H2SO4 = ZnSO4 + H2 Bir vaqtning o’zida bir-biriga teskari ikki yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. H2 + J2 =2HJ
To’gri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat kimyoviy muvozanat deb ataladi. v1 –to’g’ri reaksiya tezligi, v2 –teskari reaksiya tezligi (v1=v2).
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta’sir etadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga o’tishi kimyoviy muvozanatning siljishi deyiladi.
Ko’p sonli tadqiqotlar kimyoviy muvozanatning siljishi Le-Shatelye prinsipi deb ataladigan quyidagi qoidaga muvofiq ro’y berishini tasdiqlagan: Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (temperatura, bosim yoki konsentratsiya) o’zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi. Chapdan o’ngga boradigan reaksiyani to’gri reaksiya va o’ngdan chapga boradigan reaksiyani teskari reaksiya deyiladi:
Massalar ta'sir qonuniga muvofiq HJ moddasi uchun muvozanat xolatida to’gri va teskari reaksiyalar tezliklari quyidagicha yoziladi: Qaytar reaksiyalarda, tenglik ishorasi o’rniga bir-biriga qarama- qarshi strelkalar qo’yiladi. Masalan:
H2 + J2 2HJ
V1 = K1[H2][J2] tugri reaksiya tezligi
V2 = K2[HJ]2 teskari reaksiya tezligi
Bu yerda: K1- tugri reaksiya tezlik konstantasi
K2- teskari reaksiya tezlik konstantasi
Vaqt birligida xosil bo’layotgan va parchalanayotgan HJ molekulalarining soni bir biriga teng bo’ladi V1=V2 yoki K1[H2][J2]=K2[HJ]2 yoki K1 va K2 o‘zgarmas qiymatlar bo’lgani uchun ularning nisbatlari ham o’zgarmas 1iymatdir, ya'ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |