Nuqta harakatining berilish usullari
Nuqta harakati quyidagi uchta usul yordamida beriladi:
1) Vektor usuli,
2) Koordinatalar usuli,
3) Tabiiy usul.
Nuqta harakatining vektor usulda berilishi. M nuqta qandaydir Oxyz koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan bo’lsin. Vaqtning istalgan paytida nuqtaning holatini M nuqta va koordinata boshi O ni tutashtirishdan hosil bo’lgan radius–vektor orqali aniqlash mumkin. M nuqta harakatlanayotganida vaqtga bog’liq ravishda radius–vektorning moduli ham, yo’nalishi ham o’zgarib boradi.
Tenglamaga nuqtaning vektor shaklidagi harakat tenglamasi deyiladi. Radius- vektorlarning uchlarini tutashtirishda hosil bo’lgan chiziqqa vektorlar godografi deyiladi. Vektorlar godografi harakatlanuvchi nuqtaning traektoriyasi bo`lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |