Nuqta harakatining tabiiy usulda berilishi. Nuqtaning traektoriyasi avvaldan ma‘lum bo`lsa, harakatni tabiiy usulda berish maqsadga muvofiqdir. Nuqta O1xyz koordinatalar sistemasiga nisbatan qandaydir AB egri chiziq bo’ylab harakatlanayotgan bo’lsin. Shu traektoriya ustidan ixtiyoriy qo’zg’almas O nuqta tanlaymiz. O nuqtani sanoq boshi deb ataymiz hamda musbat va manfiy harakat yo’nalishini belgilab olamiz.
U holda M nuqtaning traektoriyadagi holati egri chiziqli yoy koordinatasi bilan aniqlanadi. M nuqta harakatlanishi natijasida holatlarni egallaydi va vaqt o`tishi bilan s masofa o’zgarib boradi va t vaqtning bir qiymatli funksiyasidan iborat bo’ladi:
Tenglamaga M nuqtaning traektoriya bo’ylab harakat tenglamasi yoki harakat qonuni deyiladi.
Agar 1) nuqtaning traektoriyasi, 2) traektoriyada musbat yoki manfiy harakat yo’nalishini ko’rsatuvchi sanoq boshi, 3) nuqtaning traektoriya bo’ylab qiladigan s=f (t) harakat qonunlari avvaldan ma‘lum bo`lsa, nuqtaning harakati tabiiy usulda beriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki dagi S kattalik nuqtaning bosib o’tgan yo’lini emas, balki nuqtaning holatini aniqlaydi. Masalan, nuqta O sanoq boshidan harakatlanib М1 nuqta kelib, yana iziga qaytib M nuqtaga kelsin. Bunday holda nuqtaning koordinatasi bo’ladi. Bosib o’tgan yo’li ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |